Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

 

57.“Hodisa va sabab” o’yini 

Bu  o’yinni  fizikaning  biror  bob  yoki  bo’limini  o’tib  tugatgandan  keyin 

o’tkazgan  ma’qul.  Ayniqsa,  turli-hayotiy  misollar  bilan  hodisani  fizika  fanida 

bog’lab  tushuntirishda  bu  o’yin  o’z  afzalliklariga  ega.  O’quvchi  bu  o’yinda 

qatnashib  tezkor  fikrlashga  o’rganibgina  qolmay,  o’z  xotirasini  ham 

mustahkamlaydi.  O’yin  tezkor  savol-javoblar  asosida  o’tkaziladi.  Masalan 

o’qituvchining  “kosa  sinib  qoldi,  sabab?”  degan  savoliga  o’quvchi  “chunki,  u 

qo’ldan  tushib  ketdi”  qabilida  javob  berib,  yo’ldan  tushib  ketganida  kosaga 

Yerning tortish kuchi ta’sir qilganini anglab yetadi. 

O’qituvchi savollarni va javobini bir marta o’qib berganidan keyin, o’quvchi 

uni  eslab  qolib,  aynan  o’ziday  takrorlab  xotirasini  sinaydi  va  mustahkamlaydi. 

Javob  berishdagi  ortiqcha  yoki  xato  aytilgan  so’z,  turli  xil  to’xtalishlar  uning 

o’yinda mag’lub bo’lganini bildiradi. 

t/r 


Savollar  

Javoblar  

1. 

Jism harakat qildi, sabab? 



Chunki, unda kuch ta’sir qilgan edi. 

2.   Mashina birdan to’xtadi, sabab? 

Chunki, u tormozlangan edi. 

3. 


Dinamometr prujinasi cho’zildi, 

sabab? 


Chunki, u kuchni o’lchayotgan edi. 

4. 


Yoqoriga otilgan jism qaytib tushdi, 

sabab? 


Chunki, uni Yer tortayotgan edi. 

5. 


Koptokni  suvga  botirgan  edim,  u 

qalqib chiqdi, sabab? 

Chunki, unga Arximed kuchi ta’sir 

qilayotgan edi. 

6.   Jism aylana chizdi, sabab? 

Chunki, uning tezlanishi markazga 

intilma edi. 

7. 


Mayatnik tebrandi, sabab? 

Chunki,  u  muvozanat  vaziyatidan 

chiqarilgan edi. 

8.   Jism energiyasi kamaydi, sabab? 

Chunki, u ish bajargan edi. 

9. 


Muhitda tovush tarqalmadi, sabab? 

Chunki, bu muhit bo’shliq edi. 

10.  Jism impulsi ortdi, sabab? 

Chunki, uning tezligi ortgan edi. 

 


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin