Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/81
tarix30.03.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#54469
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
INTERFAOL TA\'LIM METODLARI VA ULARNI FIZIKAGA TADBIQI

Javob:  


 

64 


Oq rang-tozalik, pokizalik. 

Zangori-oliy e’tiqod. 

Qora-motam, qorong’ulik. 

Sariq – muqaddaslik  

Ko’k –moviy osmon, tinchlik. 

16. Ibn Sino “chanog’ suyagi chiqqan ayolni qo’l tekizmay davoladi. Qanday 

qilgan? 

Javob:  Ayolni  tuyaga  mindirgan.  Tuyani  choptirgan,  chopish  vaqtida  lo’ng-

lo’ng qilgan, ayolning “chanog’ suyagi joyiga kelgan. 

17. Tabiatan oq rangli narsalarga misollar yozing.  

Javob: Paxta, pilla, un, nishallo, qor. 

18.  Musiqadagi  notalar  qatnashgan  fizik  so’zlar  (asbob  nomi,  fizik  nomi, 

birlik nomi va hokazo) toping.      Javob: Do-Ahmad Donish, donor.  

Re-rele, reostat, reoxord, rezistor. 

Mi-  minut,  mil,  Milliken,  mikroskop,  millimetr,  mikro,  milli,  miqsol,  mis, 

mikroolam. 

Fa-fazo, Faradey,  Farobiy, fan, Fales. 

Sol-sol(qayiq), solishtirma,  

Lya-akkumlyator, kalkulyator, lyamda. 

Si-sigma, siljish qoidasi, simmetriya. 

19. Alisher Navoiyning quyidagi misralarini izohlang. 

Oltinu, durga yo’qdir baqo, 

Lek somonniki, chekar qahrabo. 

Javob: Qahrabo haqida so’z boradi. Qahrabo o’ziga somonni tortadi, oltin va 

durni tortmaydi. 

20. Alisher Navoiyning quyidagi misralarini fizika tili bilan izohlang. 

Ranj ko’rmayin kishi toparmu farog’ 

Kangul o’rtanmayin yonarmu chirog’. 

Tuxum yerga kirib, chechak bo’ldi. 

Qurt jonidin kechib ipak bo’ldi. 

Lola tuxumiday himmating yo’qmu? 

Pilla  qurticha  xislating  yo’qmi?                Javob:  Harakat,  moddaning  bir  turdan 

ikkinchi turga aylanishi haqida so’z boradi. 

21 savol:  Nima  uchun  yongan  sham  voronka  orqali puflanganda  o’chmaydi?      

Javob: Voronka orqali puflanganda chiqqan havo oqimi voronka devorlariga urilib, 

qaytishi natijasida sochiladi. 

22  savol:  Yonayotgan  shamni  shisha  lampa  bilan  qoplaymiz,  sham  o’chadi. 

Shisha lampa ichiga T simon tunuka to’siqni taxminan qo’yib tajribani qaytaramiz, 

sham yonishda davom etadi. Nima uchun? 

Javob:  To’siq  shisha  lampa  ichida  konveksiya  oqimlarining  hosil  bo’lishiga 

imkon beradi. Buning natijasida yonish maxsulotlari uzoqlashadi va shisha lampa 

ichida shamning yonishiga yordam beradigan yangi havo kiradi. 

23 savol: Odamning ko’zi nima uchun sovuqni sezmaydi? 

Javob: Sovuqni his etuvchi asab tolalari joylashgan ayrim nuqtalar orqali his 

etamiz. Ko’zda esa bunday nuqtalar yo’q. 



 

65 


24 savol: Kosmik kema ichida go’girt yonadimi? 

Javob:  Yonmaydi.  Kosmik  kema  ichida  hamma  narsa  vaznsizlik  holatida 

bo’lganligi sababli konveksiya yuz bermaydi. 

25  savol:  Choynakdagi  suv  qaysi  vaqtda  tez  soviydi.  Muz  choynak  ostida 

bo’lgandami yoki ustida bo’lgandami? 

Javob:  Ustida  qo’yilganda.  Chunki  muz  atrofida  sovuq  suv  qatlami  hosil 

bo’ladi. Bu qatlamdagi suv og’ir. Shuning uchun pastga tushadi va konveksiya yuz 

beradi. 


26 savol: Nima uchun sovuq paytida hayvonlar g’ujanak bo’ladi? 

Javob: G’ujanak bo’lib yotgan hayvon tanasining yuzasi kichik bo’ladi. kam 

yuzadan kam issiqlik chiqadi. 

27 savol: Sandiqga nimani yashirib bo’lmaydi?       Javob: Yorug’lik nurini. 

28 savol: Nima joydan qimirlamaydi lekin harakat qiladi?   Javob: Soat 

29 savol: Chopsa chopilmaydi, ko’msa ko’milmaydi?    Javob: Soya 

30.  Ingliz  yozuvchisi  Jyul  Vernning  “Kapitan  Gattenning  sayohati”  kitobida 

sayohatchilar katta shaffof muz bo’lagidan pichoq va bolg’a yordamida qandaydir 

asbob yasaydilar. 

Savol:  Sayohatchilar  qanday  asbob  yoki  buyum  yasaganlar  va  bu  asbob 

yordamida qanday qilib olov hosil qilganlar. 

Javob: Ular linza yasaganlar va quyosh nurlarini fokuslab olov hosil qilganlar. 

31  Ma’lumki  qishda  sovuq  qotmaslik  uchun  palto  va  telpak  kiyamiz.  Ular 

odamni  isitadi.  Agar  biz  ikki  bo’lak  muz  olib  alohida-alohida  salofan  xaltachaga 

solib  mahkamlab,  birini  ochiq  holda  ikkinchisini  paltoga  o’rab  qo’ysak.  Biroz 

vaqtdan so’ng qaralsa ochiq holdagi ancha yariydi. Paltoga o’ralgan esa erimagan. 

Savol: Nima uchun paltoga o’ralgan muz erimaydiyu, lekin palto bizni isitadi.    

Javob: Palto issiqlikni yomon o’tkaradi. 

32.  Buyuk  nemis  fiziki  Albert  Eynshteyn  XX  asrgacha  Nyuton  fizikasi 

hamma  joyda  qo’llash  mumkin  emasligini  aytdi  va  hammani  hayratga  solib, 

quyidagi  fikrni  qo’lladi.  Uzunlik,  vaqt  va  massa  o’zgaruvchan  kattalikdir.  Ular 

faqat ma’lum holatgina vaqt to’xtaydi, jism o’lchami yo’qoladi, massa esa cheksiz 

ortib ketadi. 

Savol:  Albert  Eynshteyn  qanday  fizik  kattalikda  bunday  o’zgarishlar  kelib 

chiqadi.    Javob: Yorug’lik tezligida. 

33.  Tabiatda  shunday  jonzotlar  borki,  bizdan  sezgir,  lekin  ular  oddiy  ko’z 

bilan  hech  narsa  ko’rmaydilar.  Biz  yorug’lik  nurlari  yordamida  ko’rsak,  ular 

o’zidan  chiqargan  tovushlar  yordamida  ko’radilar.  Bunday  jonzotlar  tovush 

yordamida jismni o’lchash va koordinatalarini aniqlaydilar. 

Savol: Bu qanday jonzot?      Javob: Ko’rshapalak. 

34. Qo’limda shunday suyuqlik borki, u temir oltin, mis va boshqa bir qancha 

metallardan  zich  va  juda  xavfli  hisoblanadi.  Uning  3  l  i  (Uni  metallar  safiga 

qo’shadilar) 40 kg ni tashkil etadi. 

Savol: Bu qanday suyuqlik yoki metall?      Javob: Simob. 

35.  Yonilg’i  quyish  shahobchalarida  benzin  litrlab  sotiladi.  Biz  benzinni 

kunning qaysi qismida olganimizda foydaliroqdir. 

Savol: Kunning ertalabidami yoki tushlikdami?    Javob: Ertalab. 



 

66 


36.  Yorug’lik  cpektrini  yorug’lik  nurlarining  to’lqin  uzunligi  va  ranglariga 

qarab  7  taga  ajratgan  edik.  Xuddi  shunday  tovushni  ham  to’lkun  uzunligi  va 

tonlariga qarab 7 ga ajratamiz. 

Savol: Tovushning 7 turini sanab bering        Javob: Do-re-mi-fa-sol-lya-si. 

37.  Qo’limizda  ingichka  va  uzun  ip,  sekundomer  hamda  sharchalar  bor, 

boshqa hech qanday asbob yo’q. 

Savol: Qanday qilib uyning hajmini aniq o’lchay olasiz? 

Javob:  Ip  va  sharcha  yordamida  matematik  mayatnik  yasaladi  va  ipning 

uzunligi aniqlanadi. 

38.  Afandi  shunday  topishmoqni  aytib  bermoqda.  Bizlar  ekizaklarmiz. 

Mening  ismim  Mavjud,  uning  ismi  Mavhumdir.  Men  uni  faqat  ma’lum 

joylardagina  ko’ra  olaman.  Biz  doimo  qarama-qarshi  harakatlar  qilamiz.  Lekin 

men uni yorug’likda ko’raman. 

Savol: Afandining mavhum ekizi kim yoki nima edi? 

Javob: Afandining ko’zgudagi aksi. 

40  Fizikada  shunday  tushuncha  borki  u  hozirgi  kunda  juda  ko’p  ishlatiladi. 

Fizikaning  “Arvoh”  tushunchasi  “Arvohni  tekshirish”,  “Arvohni  ko’rish” 

tushunchalari bilan birgalikda ham ishlatiladi. 

Savol: Bu “Arvoh” tushunchasi fizikada nima deb yuritiladi? 

Javob: Spektr deyiladi. 

41.  Bundan  2200  yil  avval  qadimgi  yunon  faylasufi  Arximed  hammomda 

cho’mila  turib  shoh  tojining  qancha  qismi  oltindan  iborat  ekanligini  suvni 

to’kilishiga qarab “Evrika-evrika” ya’ni “Topdim-topdim” deb qichqirib yuborgan. 

Savol: Arximed “Evrika” qichqirig’i ostida qaysi fizik kattalikni aniqlagan. 

Javob: Zichlik. 

42.  Olimtoy  deraza  oldiga  keldi  va  deraza  oynasidan  tashqariga  qaradi.  U 

tashqarida  mushukni  ko’rib  qoldi.  So’ngra  “Tashqarida  havo  sovuq  issiqroq 

kiyinib olish kerak” dedi. 

Savol: Olimtoy nimaga asoslanib tashqari sovuqligini aniqladi? 

Javob:  U  tashqarida  xurnaygan  mushukni  ko’rib  qoladi.  Mushuk  sovuqdan 

himoyalanishi  uchun  xurkayadi.  Bu  vaqtda  xurnaygan  jun  orasida  havo  qatlami 

hosilbo’ladi, bu havo qatlami issiqlikni yomon o’tkaradi. 

43.  Jazirama  issiq  kunlarida  biz  yupqa  matodan  tikilgan  kiyimlar  kiyamiz, 

lekin  cho’ponlar  bu  kunlarda  telpak  va  chaponga  o’ralib  oladilar.  Ular  bir 

terlaganidan so’ng bizdan ko’ra isib ketadi. 

44.  Biz  “ko’rinmas  odam”  degan  kitob  va  kinolarni  o’qib  ko’rganmiz 

haqiqitda bunday qilish mumkin emas. 

Savol:  Agar  xayolam  ko’rinmas  odamni  yarata  olsak,  xonada  turgan  odam 

qachon ko’rinmas bo’lib qoladi. 

Javob: Inson tanasi yorug’lik uchun ko’rsatgichi havo sindirish ko’rsatkichiga 

teng bo’ladi. 

45. Tabiatda shunday qizil jism borki, u o’z to’plamida 4 o’rinda turadi. Bu 

jismda “qo’rqinch” i va “dahshat”i bor. Bu jismni oddiy ko’z bilan ko’rik qiyin. 

Savol: Bu qanday jism?      Javob: Mars sayyorasi. 




 

67 


46.  Tabiatda  shunday  hodisa  borki  u  konveksiya  orqali  yuzaga  keladi.  Bu 

hodisa pastga janubga qarab harakat natijasida hosil bo’ladi. 

Savol: Bu qanday hodisa?        Javob: Shamol. 

47.    Savol.  Yo’ldoshning  tashqi  soyali  tomoniga  termometrning  ko’rsatishi 

nimalarga bog’liq bo’ladi? 

Javob.   Termometr nurlanishiga. Yo’ldosh, yulduzlar, planetalar nurlanishiga 

ham. 

48.  Savol.      Kun  davomida  ko’chada    kuzgi  sovuq  yomg’ir  maydalab 



yog’moqda. Oshxonaga yuvilgan  kirlar yoyilgan.Agar  fortochka ochilsa , kir tez 

quriydimi? 

Javob.      Ha  tez  quriydi.  Ko’chadagi  va  fortochkasi  yopiq  oshxona  ichidagi 

bug’ to’yingan bo’ladi.  Ammo ko’chadagi temperatura xonadagiga nisbatan past 

bo’ladi. Demak ko’chadagi  bug’ bosimi  ham xonadagiga nisbatan kichik bo’ladi.  

Shuning  uchun  ham  fortochkani  ochganda  oshxonadagi  bug’  ko’chaga  chiqadi.  

Natijada  oshxonadagi  bug’ hamma vaqt  to’yinmagan bo’ladi va kir tez quriydi. 

49. Oxirida “lik” bo’g’ini  qatnashadigan fizikaviy terminlar toping. 

Javob.O’tkazuvchanlik, kattalik, issiqlik,og’irlik, yoryg’lik, elastiklik, zichlik, 

tezlik,  gidravlik,  kapillyarlik,  radioaktivlik,  qarshilik,  namlik,  suyuqlik 

yoritilganlik, ravshanlik. 

50. “metr” so’zini qo’shib fizika faniga oid so’zlar tuzing. 

Javob.  Termometr,barometr,    manomatr,  elektrometr,  ampermetr,  voltmeter, 

ommetr,  mikrometr,  santimetr,  millimeter,  detsimetr,  dinamometr,  kalorimetr, 

galvonometr,  avometr,  mikromanometr,  vattmetr,  gigrometr,  psixrometr, 

milliampermetr, mikroampermetr, spidometr, radiometr. 

51.  Harflar  o’rnini  to’ldirib  fizik  terminlarni  hosil  qilingva  ular  haqida 

bilganlaringizni aytib bering.(eniga) 





 



 





Yo 



 

g’ 





 







 



ya 


 







sh 



ch 

 

52.  Harflar  o’rnini  to’ldirib  fizik  terminlarni  hosil  qilingva  ular  haqida 



bilganlaringizni aytib bering.(eniga) 



 



O’ 


Ch 

 

sh 



 



 







 





 





 

 





 






 

68 


 





 





 



 





 



53. “Ish” qo’shimchasini qo’shib fizik terminlar tuzing. 

Javob.  Erish,  qotish, bug’lanish,    tushish,  yuklanish,  uzatish,  sinish,  qaytish, 

nurlanish, tebranish, terqalish, yonish, sindirish, tortishish, tortish, saqlanish, idish, 

kuzatish, qizish, o’rganish, yozish, ko’rsatish, Ishqalanish, sirpanish, dumalanish. 

54.  “tsiya” qo’shimchasini qo’shib fizikaga oid so’zlar tuzing. 

Javob:.  inertsiya,  deformatsiya,  kondensatsiya,  konvektsiya,  dispertsiya, 

induktsiya,reaktsiya ozolyatsiya, interferentsiya, elektrostansiya. 

55. Harflar o’rnini to’ldiring va fizik terminlarni izohlang.(bo’yiga.) 



 

Ya 


Ya 



 

 





 



 



 



 





 







 

 



 



 



 





56.  Harflar  o’rnini  to’ldiring  va  hosil  bo’lgan  fizik  terminlarni 

izohlang.(bo’yiga) 

 

Ch 



 



 





 



ch 



 







 



 

ch 






ya 

 







57 Bo’sh harflar o’rnini to’ldiring va hosil bo’lgan so’zlar haqida bilganlaringizni 

aytib bering. 

 

Yu 



 



 

 





 



 



 



 

 



 



o’ 

 



 





Ch 

 



 



58. Rebusni yeching. 

a) – K 3 

Javob: Kuch 




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin