Kerakli jihozlar: metodika namunasi, javoblar varaqasi
Shaxs xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan juda ko‘p usullar mavjud. Taqdim etilayotgan uslub esa o‘zining samaradorligi bilan alohida ajralib turadi. Mazkur test natijalari odatda ilmiy psixologiyada qabul qilingan "Ekstroversiya", "Introversiya" (ichki), "Neyrotizm" (asabiy muvozanat) holatlarining shakllanganlik darajalariga qarab talqin qilinadi. Bu talqin esa har bir shaxs tarbiyasi va taraqqiyotiga baho berish uchun ma’lum darajada xulosalar qilish imkonini beradi.
Tavsiya etilayotgan metodika asosida turli mualliflar (Kettell, Leongard, Ayzenk, Lichko) tomonidan bir xil maqsadga yo‘naltirilgan metodik ishlanma mahsuli bo‘lib, uning asosida shaxsning umumpsixologik sifatlarining namoyon etilishi yotadi.
Mazkur metodika G.Ayzenkning 60 talik savolnomasi (o‘smirlik varianti)ga tayangan holda shaxsda “Ekstroversiya” va “Neyrotizm” holati namoyon etilishi va uning o‘zaro nisbati (ustunligi) natijalari asosida har bir o‘smir shaxsi uchun xarakterli bo‘lgan shartli variantlar belgilanadi va shu variantlarga mansub o‘smirlar xarakterini psixologik jihatdan muhofaza uchun olib borilishi lozim tavsyalar ko‘lami ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |