Laboratoriya mashg`uloti maqsadi: talabalarda eksperimental bilimlarni shakllantirish, ularni shu orqali psixologik xususiyatlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning o`ziga xos psixik xususiyatlarini tahlil etish hamda psixofizik, psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarni tahlil etishga o`rgatishdan iborat.
Laboratoriya mashg`uloti vazifalari:
- psixik jarayonlarning psixofiziologik va sof psixologik qonuniyatlarini tahlil etish;
- eksperimental psixologiya orqali shaxsni psixik jarayonlarni turli holatlarda namoyon bo`lish qonuniyatlarini tushuntirish;
- psixologik jarayonlarni tahlil va tadqiq etish malakasini hosil etish, eksperimental psixologiyani ilmiy asoslarini o`rgatish;
- psixologik qonuniyatlarini psixofizik va psixofiziologik qonuniyatlar asosida rivojlantirish;
- fanning asosiy tushuncha va tamoyillarini o`zlashtirishda talabalarda tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga o`rgatish.
Dostları ilə paylaş: |