24-mavzu. O’simliklarning nafas olishi Nafas olishning ahamiyati; nafas olishni o’rganish tarixi; aerob va anaerob nafas
olish; biologik oksidlanish haqida tushuncha; nafas olish va bijg’ish jarayonlarining
farqi; nafas olish fermentlari va substratlari; nafas olish ximizmi; nafas olishning
glikoliz, di- va trikarbon (Krebs sikli), glioksalat, pentozafosfat sikllari; nafas olish
koeffitsienti va uning substratga bog’liqligi; nafas olish jadalligi, uning o’simlik
organlari va to’qimalarida kechish tafovutlari; nafas olish jadalligini o’simlik o’sish
va rivijlanishiga bog’liqligi;
25-mavzu. O’simliklarda suv almashinuvi Suvning fiziologik ahamiyati; suv molekulasining tuzilishi, uning qutblanganligi,
ilashuvchanligi, kuchli erituvchanligi, elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, yuqori sirt
taranglikka va issiqlik sig’imiga ega ekanligining fiziologik jarayonlarga ta’siri;
suvning xujayra va to’qimalardagi miqdori va xillari; suvning so’rilishi,
harakatlanishi, sarflanishi va transpiratsiya; transpiratsiyaning biologik ahamiyati;
26-mavzu. O’simliklarning mineral oziqlanishi O’simliklarning mineral oziqlanishining ahamiyati; mineral oziqlanishini o’rganish
tarixi; o’simliklar to’qimalarida mineral elementlarning miqdori; o’simlik uchun eng
zaruriy
elementlar
haqida
tushuncha;
makroelementlar,
mikroelementlar,
ul’tramikroelementlar va ularning to’qimalardagi miqdorlari; mikroelementlardan
Cu, Fe, Zn, Co, Mo, Mn, B o’zlashtirilishi va ahamiyati; o’simliklarning o’sish-
rivojlanish davrlarida mineral elementlarga bo’lgan talabi;
27-mavzu. O’simliklarning o’sishi va harakatlanishi O’sish haqida tushuncha; o’sish xillari va unga turli meristema to’qimalar
faoliyatining ta’siri; o’sish fazalari; o’sish tezliklari va uni o’lchash usullari; o’sishga
tashqi omillarning ta’siri; o’sishning davriyligi; o’simliklarning tinim holatlari va
uning ahamiyati; majburiy, biologik va chuqur tinim holatlari; o’simlik
harakatlarining ahamiyati; nastik harakatlar; nutatsiya xarakatlari.