Uz: Integral mikrosxema ingl: integral microcircuit rus: интегралная микросхема
1 O‘zaro bog‘liq elektron elementlarga ega yarimo‘tkazgich materialdan yasalgan kichik tarkibiy qism.
2 Oxirgi yoki oraliq shaklga ega bo‘lgan elektron sxema vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan
mikroelektronika mahsuloti. Uning elementlari va aloqalari mahsulot yaratilgan material hajmi va
(yoki) yuzasida ajratib bo‘lmas ravishda shakllantirilgan.
3 Bitta yarimo‘tkazgich kristall yuzasida yoki ichida yaratilgan elektron sxema. Integral mikrosxema mantiqiy amallarni bajarish va
axborotni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli elektron elementlardan iborat. Buning uchun
integral mikrosxema axborotga ishlov berish, uni saqlash va uzatishga oid turli vazifalar bajarishi
mumkin. Katta integral mikrosxemalar (KIM) bitta kristallda minglab elektron mantiqiy
elementlardan iborat bo‘lishi mumkin, o‘rta kattalari (O‘KIM) esa millionlab elementlardan
yaralgan.
Uz: Kompyuter ingl: computer rus: Компьютер
Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash uchun mo‘ljallangan mashina. Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi to compute, computer, so‘zlarining hosilasi bo‘lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko‘magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni ham bajaradilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab, kompyuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Kompyuter quyidagi asosiy bloklardan iborat:
- asosiy xotira; - protsessor; - tashqi qurilmalar.