Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................... 63



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ......................................... 63

 


 

KIRISH 



Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Ma'lumki,  davlat 

sektorining  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojidagi  alohida  rolidan  kelib  chiqib, 

uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun zarur tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan 

o‘z vaqtida ta'minlash muhim ahamiyatga ega. 

Davlat xaridlari esa ayni shu maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Binobarin, davlat 

byudjeti  xarajatlarining  kattagina  qismi  ham  davlat  xaridlari  orqali  amalga 

oshirilib,  bunday  xaridlar  byudjet  muvozanatini  saqlashga  bevosita  ta'sir 

ko‘rsatadi.  Shu  boisdan  davlat  xaridlari  miqdorini  eng  maqbul  darajada  saqlab 

turish  uchun  uning  yuqori  samaradorligini  ta'minlash  dolzarb  masaladir.  Bu 

masalaning  hal  qilinishi  ko‘p  jihatdan  bugungi  kunda  davlat  xaridlari  sohasida 

amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘lgan  davlat 

xaridi  jarayoniga  zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  joriy  etish  bilan  bevosita 

bog‘liqdir.  Ushbu  holatning  ahamiyati  haqida  muhtaram  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoyev  ham  fikr  bildirib,  “Yaqin  kelajakda  barcha  davlat  xaridlarini  amalga 

oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog‘ida yagona maydon tashkil 

etish  lozim.  Bu  byudjet  xarajatlarini  qisqartirish,  davlat  mulkini  samarali 

boshqarish  va  katta  moliyaviy  mablag‘larni  iqtisod  qilish  imkonini  beradi”

1

  deya 



ta’kidlagan edilar.  

Bundan  tashqari,  davlat  xaridi  yordamida  kichik  biznes  va  sanoatning 

innovatsion  sohalari  taraqqiyotini  rag‘batlantirish  mumkin.  Davlat  xaridlarining 

vazifalari  shuningdek,  raqobat  muhitini  yaxshilash  uchun  bu  jarayonga  ko‘proq 

xo‘jalik  sub'ektlarini  jalb  qilish,  mahalliy  korxonalarni  xalqaro  andozalarga  mos 

sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarishga  undashdan  iboratdir.  Mazkur  jihatlar  bitiruv 

malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi. 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin