Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich


-BOB. DAVLAT XARIDI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

3-BOB. DAVLAT XARIDI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH 

ISTIQBOLLARI 

3.1. Davlat xaridini tashkil etishning xorijiy mamlakatlar tajribasi 

O‘zbekistonda  davlat  xaridini  samarali  tashkil  etishda  xorijiy  mamlakatlar 

tajribasi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  davlat  xaridi  mukammal  yo‘lga 

qo‘yilgan rivojlangan davlatlarning ushbu sohada bosib o‘tgan yo‘lini chuqur tahlil 

qilish,  bu  yo‘lda  erishilgan  yutuqlarining  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy 

sharoitlariga  mos  jihatlarini  o‘zlashtirish  davlat  xaridining  takomillashgan,  davlat 

buyurtmachilari  ehtiyojlarini  o‘z  vaqtida  va  yetarli  darajada  qondirishni 

ta’minlaydigan  hamda  mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  muhim  richag 

vazifasini bajaradigan mexanizmini joriy qilish imkoniyatini yaratadi. Rivojlangan 

mamlakatlar  amaliyoti  davlat  xaridini  takomillashtirish  borasida  amalga 

oshirilayotga ishlarda o‘ziga xos tajriba maktabi rolini o‘taydi. 

Mazkur  tadqiqotimizda  davlat  xaridi  sohasida  orttirilgan  tajribalari  tadqiq 

etiladigan  mamlakatlar  sifatida  hozirgi  vaqtda  jahon  iqtisodiyotida  o‘zining 

mustahkam  pozitsiyasiga  ega  bo‘lgan  hamda  xalqaro  munosabatlar  doirasiga 

muhim ta’sir ko‘rsatayotgan Janubiy Koreya va Xitoy Xalq Respublikalari olindi. 

O‘zbekiston  hamda  ushbu  mamlakatlarning  rivojlanish  yo‘llari,  aholisining 

mentalitetidagi  o‘xshashliklar,  shuningdek,  bu  davlatlar  bilan  bugungi  kunda 

yo‘lga  qo‘yilayotgan  mustahkam  aloqalar  tanlovimizda  muhim  omillar 

hisoblanadi. 

Janubiy  Koreya  bugungi  kunda  davlat  xaridi  sohasida  jahon  hamjamiyati 

tomonidan  tan  olingan  mukammal  tizimga  ega  bo‘lgan  mamlakat  sifatida  ajralib 

turadi.  Ushbu  tizimning  amal  qilishi  puxta  ishlab  chiqilgan  huquqiy  asos  bilan 

bog‘liq.  Shuning  uchun,  dastlab,  ushbu  mamlakatda  davlat  xaridi  sohasining 

huquqiy asosini yoritamiz.   

Janubiy  Koreyada  davlat  xaridi  sohasidagi  munosabatlar  quyidagi  qonunlar 

bilan tartibga solinadi: 

Umumiy qonunlar: 



44 

 

1) “Davlat shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonun; 



2) “Mahalliy hokimiyat organlari to‘g‘risida”gi Qonun. 

Maxsus qonunlar: 

1) “Davlat xaridi to‘g‘risida”gi Qonun; 

2) “Qurilish sanoati to‘g‘risida”gi Qonun; 

3) “Mudofaa sohasida xarid dasturi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa bir qator 

qonun hujjatlari. 

“Davlat  shartnomalari  to‘g‘risida”gi  Qonun  davlat  ishtirokida  tuziladigan 

shartnomalarga  taalluqli  asosiy  qoidalarni  belgilab  berish  orqali  shartnoma 

boshqaruvini  sifatli  tashkil  etish  maqsadida  qabul  qilingan.  Qonun  quyidagi 

shartnomalar doirasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi: 

-  davlat  ishtirokidagi  shartnomalar  (shu  jumladan,  xalqaro  tender 

jarayonlariga taalluqli davlat xaridi shartnomalar); 

-  davlat hamda fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar. 

“Mahalliy  hokimiyat  organlari  to‘g‘risida”gi  Qonun  davlat  hokimiyatining 

mahalliy bo‘g‘inlari boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida 

tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etiladi.  

Davlat  xaridi  sohasidagi  maxsus  qonunlar  ichida  “Davlat  xaridi 

to‘g‘risida”gi  Qonun  alohida  o‘rin  tutadi.  Mazkur  qonun  davlat  ehtiyojlari  uchun 

xarid  qilish,  yetkazib  berish,  shuningdek,  ro‘yxati  Prezident  qarori  bilan  belgilab 

beriladigan  zarur  tovarlar  va  zaxira  tovarlar  ta’minotini  shakllantirish  sohasidagi 

munosabatlarni tartibga solidi. Qonun shartnomalar tuzishda alohida holatlar, xarid 

jarayoni, 

zaxira 

tovarlarining 

sotish 

narxlarini 

aniqlash, 

zaxiralarini 

shakllantirishda  davlat-xususiy  sherikchiligidan  foydalanish,  xarid  sohasidagi 

qonunchilikni  buzganlik  uchun  javobgarlik  choralari  kabi  tarkibiy  qismlarni  o‘z 

ichiga oladi.  

“Qurilish  sanoati  to‘g‘risida”gi  Qonun  qurilish  ishlari  (shu  jumladan 

muhandislik  ishlari,  qurilish,  sanoat  korxonalarini  asosiy  vositalar  bilan 

qurollantirish,  landshaftlar  yaratish,  infratuzilma  obyektlarini  saqlab  turish  va 

ta’mirlash),  mazkur  ishlarni  bajarish  bo‘yicha  shartnomalar  tuzish,  asosiy 



45 

 

pudratchilar  tomonidan  qurilish  jarayoniga  subpudratchilarni  jalb  qilish  kabi 



munosabatlarni  tartibga  solidi.  Ushbu  qonun  qurilish  ishlari  bo‘yicha  shartnoma 

tuzish  tamoyillari,  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  shartnomalar  tuzish  mezonlari,  qurilish 

ishlarida  subshartnomalar  tuzishga  doir  cheklovlar,  kichik  va  o‘rta  biznes 

subyektlarini  qo‘llab-quvvatlash,  ishlarni  bajarish  jarayonida  yuzaga  kelgan 

nizolarni  hal  etish,  qonunchilik  buzilish  holatlarida  ko‘riladigan  javobgarlik 

choralari kabi masalalarni qamrab oladi.  

Davlatning  mudofaa  tizimi  xarid  dasturlarini  ijro  etish,  qurol-yarog‘lar  va 

harbiy  texnikalar  xarid  qilish  sohasidagi  munosabatlar  “Mudofaa  sohasida  xarid 

dasturi to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.  

Yuqorida  keltirilgan  qonunlar  hamda  boshqa  bir  qator  qonun  hujjatlari 

Janubiy Koreyada davlat xaridining huquqiy asosini shakllantiradi.  

Davlat  xaridi  sohasidagi  vakolatli  organ  sifatida  Davlat  xaridlari  xizmati 

(Public  Procurement  Service  –  PPS)  faoliyat  yuritadi  (mudofaa  sohasidagi 

xaridlardan  tashqari).  Davlat  xaridlari  xizmati  Janubiy  Koreyada  xarid  sohasi 

bo‘yicha  markaziy  hukumat  agentligi  bo‘lib,  hukumat  idoralari  va  jamoat 

muassasalari  tomonidan  tovarlar,  xizmatlar,  qurilish  ishlari  xaridlari  bo‘yicha 

shartnomalar tuzish uchun mas’ul hisoblanadi. Ushbu agentlik dastlab 1949-yilda 

Xorijiy  yordam  ta’minoti  idorasi  nomi  bilan  tashkil  etilgan.  Vaqt  o‘tishi  bilan 

uning  faoliyat  doirasi  kengaydi.  Bugungi  kunga  kelib  mazkur  idora  mudofaa 

ehtiyojlari  uchun  xaridlardan  tashqari  davlat  xaridi  jarayonining  barcha 

bosqichlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus agentlik maqomini oldi.  

PPS quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-  tovar va xizmatlar xaridini tashkil etadi; 

-  davlat  mablag‘lari  hisobiga  qurilish  ishlari  xaridini  amalga  oshiradi 

hamda ushbu qurilish jarayonlarini boshqaradi; 

-  xorijiy  mamlakatlar  bilan  amalga  oshirilayotgan  xarid  jarayonlarini 

muvofiqlashtiradi; 

-  elektron  xaridlarni  amalga  oshirishning  maxsus  raqamli  platformasi 

hisoblangam KONEPS faoliyatini tashkil etadi



46 

 

Shundan,  xarid  jarayoniga  xizmat  ko’rsatish  hajmi  2012-2016-yillarda  o’rtacha 



35800 mlrd vonni tashkil etgan. Xarid xizmatlarining tarkibi, o’z navbatida, ichki 

xaridlar,  xorijiy  xaridlar,  qurilish  ishlari  hamda  arxitektura  dizayn  nazorati 

xizmatlaridan  iborat  bo’lib,  ular  ichida  asosiy  tranzaksiyalar  ichki  xaridlar  va 

qurilish ishlari amalga oshirilgan. 

 11-jadval 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin