Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

                                           

44

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  24-iyuldagi  “O’zbekiston  Respublikasida 



loyiha boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5120-sonli Farmoni 


57 

 

Qonun  xaridlarning  besh  tartib-taomilini  belgilaydi,  undan  ikkitasi  davlat 



xaridi bo‘yicha qaror qabul qilishda inson omilini butkul inkor etadi. Qolgan xarid 

tartib-taomillari shaffofligi maxsus axborot portalida zarur axborot chop etish yo‘li 

bilan ta’minlanadi.  

Qonun  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishning  amaldagi  tajribasini  hamda, 

xalqaro  tajribani,  shu jumladan,  BMTning  Xalqaro  savdo  huquqi  bo‘yicha 

Komissiyasining  (YUNSITRAL)  model  qonunchiligining  asosiy  qoidalarini, 

Yevropa  Ittifoqi,  AQSH,  Rossiya,  Belarus,  Qozog‘iston  va boshqa  davlatlar 

qonunchiligini  hisobga  olgan.  Xalqaro  tashkilotlar,  jumladan,  Xalqaro  bank, 

ekspert  va biznes-hamjamiyati,  vazirlik  va idoralar  vakillari  bilan  muhokamalar 

o‘tkazilgan.  

Muhokamalar  jarayonida  hujjatning  amaliy  ahamiyatini  oshirishga  alohida 

e’tibor qaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilganlik, davlat xaridlari 

bozorida  tadbirkorlik  sub’ektlarining  halol  raqobatli  kurashi  uchun  sharoitlar 

yaratish,  ushbu  sohada  davlat  hamda  jamoatchilik  nazoratining  ta’sirchan 

mexanizmlarini ta’minlash maqsadida davlat xaridlarini elektron shaklga o‘tkazish 

uning asosiy jihatlaridan hisoblanadi.   

Qonun qabul qilinishidan avval mazkur soha 30 dan ortiq normativ-huquqiy 

hujjatlar  bilan  tartibga  solingan.  Bunda  davlat  xaridlarining  yaxlit  tizimi  mavjud 

bo‘lmagan,  oqibatda  huquqiy  kolliziyalar  vujudga  kelgan.  Ko‘p  bosqichli 

kelishishlar  hamda  takrorlovchi  tartib-taomillar  korrupsiyaga  sharoit  yaratgan  va 

ko‘p vaqt yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan. 

Qonun  bilan  yuqorida  bayon  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli 

organ  sifatida  belgilandi.  Ilgari  davlat  xaridlari  sohasida  vakolatli  organ  mavjud 

emas edi. 

Qonunda  nafaqat  davlat  xaridi  sohasidagi  munosabatlarning  huquqiy 

jihatlari belgilab berilgan, balki unda davlat xaridining yangi tizimiga xos bo‘lgan 

bir qator tashkiliy xususiyatlar ham o‘z aksini topgan. Jumladan: 




58 

 

-  davlat  buyurtmachisining  ikkita  yangi  kategoriyalari  kiritilgan — 



«byudjet» va «korporativ» buyurtmachilar; 

-  davlat  xaridlarining  barcha  turlari  uchun  maxsus  axborot  portali  joriy 

etilmoqda.  Elektron  do‘kon  va auksionda  g‘olibni  aniqlash  avtomatik  tarzda 

elektron tizim orqali amalga oshiriladi; 

-  maxsus  talablar  tatbiq  etilmaydigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  elektron 

do‘kon orqali xarid etiladi. Byudjet buyurtmachilari uchun -25 EKIX, yiliga 2500 

EKIXdan  ortiq  bo‘lmagan  holda,  korporativ  buyurmachilar  uchun —  250 

EKIXdan  ortiq  bo‘lmagan  limitlar  o‘rnatildi.  Avval  elektron  savdo  orqali  birjada 

faqat 10−13 tovar, ish, xizmatlar guruhi ro‘yxatiga kirgan, 100 ming AQSH dollari 

qiymatigacha bo‘lgan faqat birinchi darajada zarur bo‘lgan tovarlar xarid qilingan; 

-  tanlov  savdolari  o‘rnatilgan  mezonlarga  javob  beradigan  tovar  (ishlar, 

xizmatlar)ning  barcha  turlariga  tadbiq  etiladi.  Ilgari  tanlov  savdolarini  o‘tkazish 

mexanizmi faqat kapital qurilish sohasida amal qilar edi; 

-  tender tanlovlari uchun so‘m limitlar o‘rnatilgan: byudjet buyurtmachilari 

uchun — 6000  EKIH  dan  yuqori, korporativ buyurtmachilar  uchun- 25000  EKIH 

dan  yuqori.  Ilgari  tender  savdolari  100  ming  AQSH  dollaridan  yuqori  bo‘lgan 

summaga o‘tkazilgan; 

-  xarid  qilish  tartib-taomillari  ustidan  monitoring  va nazorat  tartibga 

solinmoqda.   

Davlat  xaridlari  sohasidagi  shikoyatlarni  ko‘rib  chiqish  bo‘yicha 

tuzilayotgan  Komissiyaning  faoliyati  xaridlarning  barcha  turlariga  tatbiq  etiladi. 

Ilgari  davlat  xaridlarini  nazorat  qilish  masalasi  tartibga  solinmagan,  nizo 

va kelishmovichliklar  faqat  elektron  savdolar  bo‘yicha  maxsus  komissiya 

tomonidan ko‘rib chiqilgan. 

Qonunni 

realizatsiya 

qilish 

sog‘lom 


raqobat 

muhitini 

yanada 

rivojlantirishga,  tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun  davlat  xaridlariga  teng  erkinlik 

yaratish,  davlat  sektorini  optimal  muddatlarda  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  bilan 

samarali  va  oqilona  ta’minlashga  xizmat  qiladi,  hamda  mamlakatda  qulay 

investitsion muhitni shakllantirish jarayonini davom ettiradi.  



59 

 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin