Agar pedallarning yurish masofasi bir-biriga mos kelmasa tortqichning mahkamlagich gaykasi 1 (3-rasm) bo’shatiladi va rostlash vinti 2 ni kerakli tomonga burab uning uzunligini uzaytirish yoki qisqartirish bilan pedalning to’liq bosilish yo’lining uzunligi rostlanadi. So’ngra mahkamlagich gayka yordamida tortqich qotirib mahkamlanadi.
Sozlash ishlari tugallangandan keyin tormozlarning ishlashi traktorni harakatlantirib tekshiriladi. Traktor 20 km/soat tezlik bilan quruq, tekis asfalt yoki beton yo’lda harakatlanganda uning tormozlanish yo’li 6 metrdan oshmasligi kerak.
Transport traktorlari bir necha tirkamalar (traktor poezdlari) bilan ishlatilganda uning quruq beton yo’ldagi harakatlanish tezligi 20 km/soat bo’lgan paytdagi tormozlanish yo’lining texnik shartlari 1-jadvalda ko’rsatilgan.