Кафедрнинг ўқув йилига тайёргарлиги


Modul bo‘yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi



Yüklə 382,5 Kb.
səhifə15/19
tarix25.09.2023
ölçüsü382,5 Kb.
#148430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
3 курс даволаш ишчи дастур 2023 2024 укув йили печатга

Modul bo‘yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:




ORALIQ NAZORAT (ON)
ONda talaba tomonidan modulning bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi baholanadi.
Farmakologiya moduli bo‘yicha bo‘yicha ON semestrda bir marta o‘tkaziladi. ONga JN bo‘yicha tegishli kreditlarni to‘plagan tarabalar kiritiladi. ON kafedra majlisining qarori bilan yozma, og‘zaki yoki test (OSKE) shakllarida o‘tkaziladi. ONda saralash bali (55ball) yig‘a olmagan talaba Sinov (YAN)ga qo‘yilmaydi.
Oraliq nazoratni o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish
tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi va oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi.


YAKUNIY NAZORAT (YAN)
JNga ajratilgan kreditlarni to‘liq to‘plagan talaba YANga kiritiladi. YANda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YAN modul bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng test markazida test shaklida o‘tkaziladi. YAN 55 saralash ballini ololmagan talaba YANdan o‘tmagan va modulni o‘zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda to‘liq kreditni yig‘gan bo‘lsa ham).
Ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YANni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinadi va YAN qayta o‘tkaziladi.
Kasalligi sababli YANdan o‘tolmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
Semestr yakunida YANdan o‘tolmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, modul bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.



Ball

ECTS
baho

ECTS ning ta’rifi

Baho

Ta’ri
fi

6-100

A

«a’lo» – a’lo natija, minimal hatoliklar
bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o‘z qarashlarini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni echishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda to‘liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni to‘liq egallashi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;
modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qo‘llay olishi;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi
lozim;

5

a’lo

81-85

B

«juda yaxshi» – o‘rtadan yuqori natija, ayrim hatoliklar

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan,

4

yaxshi










bilan

ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida
mustaqil hal qila olishi;
amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda to‘liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni to‘liq egallashi;
amaliy mashg‘ulotlarda normativ- huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini etarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;







71-80

C

«yaxshi» – o‘rtacha natija, sezilarli hatoliklar
bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;










o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida
mustaqil hal qila olishi;
amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni egallashi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
amaliy mashg‘ulotlarda normativ- huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini etarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega bo‘lishi lozim;







60-70

D

«qoniqarli» – sust natija, qo‘pol kamchiliklar bilan

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida etarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
amaliy ko‘nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil

3

Qoni qarli










ammo hatoliklar bilan to‘liq bajara olishi;
kompetensiyalarni mustaqil, ammo hatoliklar bilan egallashi;
modulining umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda
etarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;







55-59

E

«o‘rta» – minimal natijaga teng

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida qoniqarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda va hatolarga yo‘l qo‘yganda, modul bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
amaliy ko‘nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil emas va hatoliklar bilan to‘liq bajara olishi;
kompetensiyalarni mustaqil emas va hatoliklar bilan egallashi;
modulining umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;
o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda










pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda etarli madaniyat darajasiga ega
bo‘lishi lozim;







31-54

FX

«qoniqarsiz»
– minimal darajadagi bilimlarni olish uchun qo‘shimcha mustaqil
o‘zlashtirishi zarur

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa;
amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay
olmasa.

2

Qoni qarsiz

0-30

F

«mutloq qoniqarsiz» – to‘liq qayta o‘zlashtirishi lozim

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va qo‘pol mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa yoki umuman javob bermasa;
nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa yoki umuman bajarmasa;
amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.








Yüklə 382,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin