Kredit hajmi:
Umumiy-6,0SHundan: semestr–3,0kredit;
JN – 3,0 kredit
ON – 0 (o‘tilishi majburiy)
semestr–3,0kredit;
JN – 3,0 kredit
YAN – 0 (o‘tilishi majburiy)
Modul o‘tilish davri:
4-5 semestr
ECTS value: 5,0/6,0
Ta’lim yo‘nalishi
5510100-Davolash ishi
5111000 – Professional ta’lim (5510100 – Davolash ishi)
2 va 3 bosqich bakalavrlari
Modulning davomiyligi
36 hafta
O‘quv soatlari hajmi:
Jami soat:
108
SHu jumladan:
ma’ruza
36
amaliy mashg‘ulot
54
mustaqil ta’lim
36
O‘quv modulining
statusi
Klinik oldi modullar bloki
OTM nomi, Manzili
Toshkent tibbiyot akademiyasi, Farobiy 2 uy
Kafedra nomi
farmakologiya
Mazkur kursning o‘qituvchilari
haqida ma’lumot
Ma’ruzachilarning F.I.SH.
Amaliy mashg‘ulot o‘tkazuvchilarning F.I.SH.
E-mail:
E-mail:
Mashg‘ulot vaqti va
joyi
Modulning mazmuni
Farmakologiya (yunoncha pharmacon- dori, logos– ta’limot) - kimyoviy birikmalarning tirik organizmlar bilan o‘zaro ta’siri haqidagi fandir. farmakologiya asosan turli kasalliklar va patologik holatlarni davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan dorilarni o‘rganadi.
Amaliy tibbiyot uchun farmakoterapiyaning ahamiyati beqiyos ekanligi inobatga olinadigan bo‘lsa farmakologiyani bilish har qanday mutaxassislikdagi shifokor uchun mutlaqo zarurdir. YAngi zamonaviy dori vositalar juda yuqori faollkka ega, shuning uchun ularni tayinlashda eng kichik noaniqlikka yoki xatolarga yo‘l qo‘yish bemorning holatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
SHu sababli tibbiyot oliygohlari talabalarining farmakologiya modulida belgilangan mavzu va topshiriqlarni chuqur o‘zlashtirishi
g‘oyat muhimdir. Talabalar ta’limning IV semestrida retseptura, periferik va markaziy nerv sistemasining fundamental
farmakologiyasi, V semestrida esa ijro a’zolarining fundamental farmakologiyasiga oid bilim va ko‘nikmalarini o‘rganadilar. Ta’limning keyingi bosqichlarida uning amaliy jihati –
farmakoterapiya bilan tanishib boradilar.
Prerekvizitlar
Farmakologiya modulini o‘qitish uchun biologiya, biokimyo, gistologiya, anatomiya, normal fiziologiya, patologik fiziologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, lotin tili kabi fanlar nazariy zamin bo‘lib
xizmat qiladi.
UASH tayyorlash jarayonida zamonaviy farmakologiyaning yutuqlari asosida talabalarda materialistik dunyoqarashni shakllantirish, dori vositalarining guruhlarini, ularning ta’sir mexanizmlarini, yoshga qarab terapevtik miqdorlarini, dori shakllariga retseptlar yozishni, kiritish yo‘llarini, kasalliklarda qo‘llanilishiga doir ko‘rsatmalarini, nojo‘ya ta’sirlarini va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni o‘rgatish, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan
mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir.
Modulning vazifalari
Oila shifokorlariga turli kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdan iborat. Modulning umumiy retseptura bo‘limida dori moddalarning shakllari, tayyorlanishi va retsept yozishning qonun-qoidalarini o‘rgatish, umumiy farmakologiya bo‘limida dori moddalarning farmakokinetika va farmakodinamikasini tahlil qilish, xususiy farmakologiya bo‘limida nerv tizimiga, ijrochi a’zolarga, metabolizmga ta’sir etuvchi, mikroorganizmlarga va o‘smalarga qarshi bo‘lgan moddalar farmakologiyasini o‘rgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qo‘llay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni, bolalarda dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasinining turli omillar ta’sirida o‘zgarishini o‘rgatish, shuningdek, O‘zbekistonda farmakologiya fanining rivojlanish tarixi va farmakolog
olimlarning erishgan yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.
Modul bo‘yicha talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan
talablar