KARBONAT ANGIDRIT GAZIDAN KARBAMID OLISH TEXNOLOGIYASI
(NH2)2 CO
1-rasm. (NH2)2CO-HNO3-H2O sistemasining holat diagrammasi.
Karbamid kuchsiz asos xossasiga ega bo’lganligi uchun (25°S xaroratdagi dissotsiatsiya konstantasi 1,5*10-14) kislotalar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi. Masalan, karbamid nitrat (NH2)2CO*HNO3suvda oz eriydi, qizdirilganda esa portlash bilan parchalanadi, karbamid fosfat (NH2)2CO*H3RO4 esa suvda yaxshi eriydi va to’la dissotsilanadi.
Karbamid ammiak bilan ta’sirlashib ammiakat (NH2)2CO*NH3 hosil qiladi. Uning tarkibida 77,9% gacha karbamid bo’ladi va 46°S da inkongurent suyuqlanadi. Xaroratning ko’tarilishi bilan suyuq, ammiakda karbamidning eruvchanligi ortib boradi. Xarorat 30°S bo’lganda eruvchanlik suvdagiga nisbatan ham ko’proq bo’ladi.
Karbamid tuzlar bilan ham kompleks birikmalar hosil qiladi. Masalan, Ca(NOz)2*4(NH2)2CO va Ca(H2R04)2*4(NH2)2SO larning xar bir komionenta ham mineral o’g’it xisoblanadi.
Karbamid suvli eritmalarda 80°S xaroratgacha turg’un, xarorat ko’tarilganda esa u ammoniy izotsianat (tsianat — N) ga va undan ammoniy karbonatga aylanadi:
(NH2)2CONH4HSO; NH4HSO + 2H20 (NH4)2HOz
U esa ammoniy gidrokarbonatga, so’ngra ammiak va karbonat angidridga parchalanadi:
(NH4)2CO3 NH4HCO3 +NH3; NH4HCO3 C02 + NH3 + H2O
Karbamid tarkibida 46,6% N bo’lib, ballastsiz azotli o’g’it hisoblanadi. Karbamidning ammiakli selitraga nisbatan bir necha afzallik tomonlari: azot miqdorining ko’pligida, kam gigroskopikligida (gigroskopiklik nuqtasi 20°S da 80% ga teng), portlash xavfi yo’qligida va kam yopishkoqligida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari uning tuproqda yuvilishi sekin kechadi.
Tuproqda karbamid namlik ta’sirida ammoniy karbonatga aylanadi va nordon
(kislotali) tuproqni neytrallaydi. So’ngra mikroorganizmlar ta’sirida ammoniy ioni nitratlashadi va tuproqni nordonlashtiradi.
Karbamid tarkibidagi o’simlikka taksik ta’sir etadigan modda biuret xisoblanadi. Ayniqsa uning suvli eritmasini o’simlikka sepilganda uning tarkibida 0,25% dan ortiq, miqdordagi biuret bo’lsa, o’simlik barglari «kuyadi». Tuproqqa to’g’ridan —to’g’ri berilganda esa u zararsizdir.
Karbamid protein qo’shimchasi sifatida uglevodlari ko’p va oqsil miqdori kam bo’lgan chorva yemlariga ham qo’shiladi. U ozuqa yemda 25-30% gacha oqsil o’rnini bosa oladi.
Sanoatda sun’iy smola, plastmassalar, kley, lak, farmatsevtik preparatlar, gerbitsidlar tayyorlash va chorvachilikda ozuqalarga qo’shish uchun belgilangan standart bo’yicha A markali yuqori va birinchi kategoriyali donador va kristall shaklidagi karbamid ishlab chiqariladi. Mahsulot sifatidagi karbamid tarkibida belgilangan kategoriyaga mos holda: 46,3% va 46,2% N. 0,6% va 0,9% dan kam miqdorda biuret, 0,2% va 0,3% suv bo’ladi. CHorvachilik ozuqalari tayyorlashda ishlatiladigan karbamid tarkibida esa 3% gacha biuret bo’lishi belgilangan talab darajasiga javob bera oladi.
O’g’it sifatida ishlatiladigan karbamid esa B markada ishlab chiqariladi. Uning tarkibida 46,0% N 0,9% atrofida biuret va 0,25% gacha namlik bo’ladi. O’g’itning donadorligi esa: 1-4 mm li donachalar 94% dan kam emas, 1 mm li donachalar 5% dan ortiq emas. Uni 6 oygacha qopsiz saqlanganda ham yopishib qolmaydi.