Karantin tadbirlar.
Qo’ng’ir chirish kasalligini qo’zg’atuvchisi tugunak
ichidagi tomirlar to’plamida rivojlanadi. Shu bois ularni dezinfektsiya qilish
sezilarli darajada qiyinchilik keltiradi.Shuning uchun faqat sog’lom materiallardan
foydalanish zarur. Kasallikni tasodifan paydo bo’lishini tasdiqlovchi ma’lumot
bo’lgan hududlar karantin xodimlari tomonidan ta’qiqlab qo’yiladi va bu yerda
kasallik o’choqlarini kengayishiga yo’l qo’yilmaydi va uni tarqalishi haqida
ogohlantiriladi.
Kartoshka qora kuya kasalligi (Thecaphora solani Barrus)
Kartoshka qorakuya kasalligini bazidiomitsetlar (Basidiomycetes) sinfining,
qorakuyalar (Ustilaginales) tartibiga mansub zamburug’lar keltirib chiqaradi. Bu
kasallik kartoshkada kam uchraydi, MDH davlatlarida uchramaydi. O’rta yer
dengizi va yevropa o’simliklarni himoya qilish tashkilotining (EO’HT) bergan
ma’lumoti bo’yicha –Markaziy va Janubiy Amerikada --Meksika, Panama,
Boliviya, Kolumbiya, Ekvador, Peru va Venesuela davlatlarida tarqalgan. Bu tur
asosan 9
0
shimoliy kenglikdagidiapazonda (Venesuela) 18
0
janubiy kenglikda
(Peru) va aksincha, dengiz satxidan 3000 m balandlikda ham (And tumanlarida)
uchraydi.
Bundan kelib chiqadiki- agarda yevropaga kasallik tasodifan kelib qolganda
O’rta yer dengizidan to shimoliy hududlargacha kartoshka ekilayotgan
maydonlarda tarqalishi mumkin.
Tuganak to’liq yoki qisman zararlanadi, zararlangan tuganaklar
deformatsiyaga uchraydi yoki ustki tomonidan soqollar bo’rtib chiqadi. Atrofida
ko’psonli jigarrang-qora diametri 5 mm gacha bo’lgan dumaloq belgilar tarqoq
joylashgan
bo’lib,
shokoladsimon-qo’ng’ir,
dastlab
zich,
keyin
esa
poroshayuShuyu spora massasini hosil qiladi. Vaqt o’tib tuganak vazni quriydi,
jigarrang va chang holatiga o’tadi. Xlamidosporalar dumaloq o’ram bilan zich
bog’langan bo’lib u ellipssimon yoki noto’g’ri shaklli (diametri 22-50 mkm)
o’ramlar ikkita va sakkizta sporali. Spora o’lchami 7,5-20x8-18 mkm bo’lgan
sariq-jigarrangli po’sti, tashqarisi to’mtoq va ichi silliq soqolchalar bilan
qoplangan.Zamburug’ tuproqda yoki o’simlik qoldiqlari ostida saqlanadi. Kasallik
ko’proq kartoshka tuganaklari tuproq va o’simlik qoliqlari bilan keltirilgan vaqtda
tarqalishi mumkin.
|