Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun muhimdir. Etiket “imidj” ning shakllanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ko’p mamlakatlarda firmaning qanaqaligini unga qo’ng’iroq qilib xodimi bilan gaplashish orqali bilishi mumkin. Bu qonuniyat nafaqat firmada, balki ko’p joylarda kuzatiladi. Qayerda etiket bo’lsa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori, faoliyat natijalari yuksak bo’ladi.
Shuning uchun ham eng muhim qoidalardan biri:
***************//
Ishbilarmonlik etiketi- tadbirkorning axloqiy-kasbiy xulqning muhim tomonidir. Ko’p tadbirkorlarimiz chet ellik firmalar bilan ishbilarmonlik etiketini yaxshi bilmaganlari tufayli aloqa o’rnata olmaydilar.
Ishbilarmonlik munosabatlari amaliyotida har doim qandaydir standart vaziyatlarda uchraydi, ulardan qutilib chiqib ketish juda mushkuldir. Bu vaziyatlar uchun xulq usullari va shakllari ishlab chiqiladi. Qoidalar majmuasi esa ishbilarmonlik etiketini yaratadi.
Madaniyatli otadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak:ishbilarmon hamkor-yaxshi odam.
Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor. Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir.
Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson. Obro’ qozonishda hamma narssa muhim: nutq madaniyati, kiyinish, xulq-atvor, ofis interyeri va h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi.
************////////////////
Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish.
Muomala madaniyati
Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi.
Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog’liqdir.
Masalan, agar suhbat mobaaynida ish beruvchining ko’zlariga qarashga tortinsangiz, u sizni o’ziga ishonmaydigan odam deb o’ylaydi. Muloqotlarda oassiv emas, balki faol qatnashuvchi bo’lishga intiling va savol-javob qilishni o’rganing. Shu sabab bilan siz ritorika usullarini, imo ishoralarva mimikalar yordamida suhbatlashishni o’rganing, suhbat davomida o’zingizni tutib turishni, xulqingiz yaxshi bo’lishini ta’minlang shunda siz qay ishda bo’lmang, qay lavozimni egallamang, sizga doim muvaffaqiyatlar hamroh bo’ladi.
Kommunikatsiya
Kommunikatsiya- bu odamlarning o’zaro ish faoliyatidagi bir-biri bilan bo’lgan axborot ayirboshlashuvi. Boshqacha aytganda, kommunikatsiya-bu muloqot.
Har qanday ma’lumotni ishoralar tizimi orqali uzatish mumkin. Bu borada verbal va noverbal kommunikatsiya turlarini ajratmoq lozim.
Dostları ilə paylaş: |