Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o’rganiladi?


Verbal- kommunikatsiya-bu nutq. Noverbal



Yüklə 24,01 Kb.
səhifə3/3
tarix03.02.2022
ölçüsü24,01 Kb.
#52070
1   2   3
Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz Kasb etikasi nima uc

Verbal- kommunikatsiya-bu nutq. Noverbal-nutqsiz, so’zlashuvsiz kommunikatsiyadir. Noverbal kommunikatsiya usullari nutq bilan so’zlashuvni to’ldiradi. O’rtacha olganda kishi bir kunda 30 daqiqa atrofida so’zlashadi. Verbal kommunikatsiya orqali axborotning taxminan 7% uzatiladi (ishbilarmonlar orasida muloqotda 35%), noverbal muloqotda sea 60% dan 70% gacha axborot uzatiladi. Shuning uchun ham, ming marotaba eshitgandan ko’ra, bir marotaba ko’rgan afzal deyishadi. Boshqacha aytganda, noverbal kommunikatsiya nutqiy so’zlashishga qaraganda ma’lumotlarga ancha boydir.

Verbal kommunikatsiya.Ritorika

Verbal kommunikatsiya-bu so’zlashish.Ritorika-notiqlik sana’ti bo’lib kishidan chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrichilik salohiyati(chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuzi) ni talab qilgan. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, miloddan avvalgi III-II asrlarda tizimli fan shaklini olgan.

Ishbilarmonlik ritorikasi-bu samarali, tasdiqlovchi va asoslangan so’zlashuv haqidagi fan. Ritorika inson muloqotining barcha-axloqiy, hissiy, mulohazali yoki mantiqiy sohalarini qamrab oladi. Shuning uchun ritorika nafaqat tadbirkorlik maqsadlarining shakllanishida, balki odamlarning qarashlari,fikrlari, jamoalarning va jamiyat qarashlarning qaror topishida ishtirok etadi.

Ritorikani o’rganish quyidagi amaliy masalalarni yechishga yordam beradi:

-umumiy va ishbilarmonlar orasidagi muloqot madaniyatini;

-sizni qiziqtirayotgan shaxslar, tashkilotlar va tuzilmalar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish;

-muzokaralarga tayyorgarlik ko’rish va ularni muvaffiqaytli tarzda o’tkazish;

-firmaning samarali tijorat kompaniyasini tashkil etish;

-jamoada ijodiy muhitni yaratish;

-korxonada qulay psixologik muhitni yaratish;

-so’zlashuv usullari orqali boshqaruvni takomillashtirish.

Amaliy vazifalar:

1.Vaziyatni o’rganib chiqing: boshlig’ingizga korxonangiz(restoran, mehmonxona) interyerini yangilash foydali ekanligini isbotlab berishingiz kerak. Siz qanday asosli fikrlardan foydalanasiz? Ularni qay tartibda izhor etasiz?

2.O’yin tarzidagi vaziyat. Ikkita kishi bo’lib bo’lishishingiz kerak. Biringiz- boshliq, biringiz qo’l ostidagi xodim. Qo’l ostidagi xodim o’z boshlig’iga firmani muayyan to’nalishi bo’yicha rivojlantirish haqidagi fikrlarni isbotlashi kerak. So’ngra roller bilan almashing.

3. Amaliy topshiriq. Haridor sizdan firmangiz tovari haqida gapirib berishingizni so’radi. Siz nimadan boshlaysiz? Tovar kamchiliklari haqida aytasizmi?

4.Mantiqiy topshiriq. Ikkita yo’lovchi daryo bo’yiga kelishibdi. Daryo bo’yida bitta qayiq turibdi va qayiqda daryoning narigi betiga faqatgina bir kishi suzib o’tishi mumkin. Ammo yo’lovchilar bu muammoni yechishadi va daryoning narigi betga o’tishadi. Ular buni qanday amalga oshirishadi?

Telefon suhbatlarini olib boorish etiketi

Kun davomida biz bir necha bor telefon go’shagini olib mijozlar-u hamkorlar, hamkasaba-yu ishbilarmonlar, do’stlar va oilamiz bilan gaplashamz, ammo bu vositadan mohirona foydalanish oson ish emas.

Telefon orqali yoqimli tarzda o’zini tanishtirish-suhbat boshlashning eng yaxshi yo’li. Bu tanishtirish iloji boricha qisqa bo’lishi va firma nomi, ismi-sharifingiz(kerak bo’lsa bo’limingiz nomi0 va murojat shaklini o’zida qamrab olishi kerak, chunki qo’ng’iroq qiluvchida kom bilan gaplashayotganligi haqida aniq tasavvur hosil bo’lishi lozim.

Ism-sharifini aytgan chog’ida qo’ng’iroqni qabul qiluvchi ovoz intonatsiyasini go’yo savol berayotgandek baland qilishi kerak, chunki bu qo’ng’iroq qiluvchini o’z iltimosi yoki fikrini aytishga chorlaydi.

Agar suhbat qurish qo’lingizdan kelsa, uni mustahkamlash kerak. Kim ko’proq savol bersa, u suhbatni olib boradi, uni boshqaradi. “Ochiq qolgan savollar” hamkoringizni muloqot qilishga undaydi. Gapiruvchining gapini bo’lish odobdan emas. Agar suhbatdoshingiz bir nima demoqchi bo’lganini, ammo gapirmayotganini sezib qolsangiz, unda u sizni hurmat qilgani haqida xulosa qilishingiz mumkin.

Yaxshi tayyorlanish-deyarli yutuqqa erishish demakdir!

Telefonda gaplashishdan oldin, suhbatga chorlaydigan kishi kim bo’lishidan qat’iy nazar xursandchilik bilan telefon go’shagini oling. Narigi go’shakdagi suhbatdoshingiz yuzingizni ko’rmasa ham, chehrangizdagi tabassumni sezib turadi. Telefon orqali so’zlashuvda so’zlarni to’g’ri tanlash, ya’ni ritorika, muvaffaqiyatning faqatgina 7 % ni ta’minlaydi, qolganini esa o’zingizni tutishingiz, ovozingizning yoqimliligi hal qiladi.

Telefon so’zlashuvidan so’ng oldinda yana telefon so’zlashuvi. Agar har bir kishi telefon so’zlashuvidan so’ng o’ziga baho berib, xatolarini yo’qotsa, bir necha kunlardan so’ng suhbatni juda nazokatli tarzda osongina olib boradi. Shuning uchun har doim telefon qilish yoki go’shakni ko’tarishdan oldin, qog’oz, ruchka yoki qalam tayyorlab qo’ying. Go’shakni esa ma’qul keladigan qo’lingiz bilan oling, aks holda uni suhbatning o’rtasida boshqa qo’lingizga bir necha barobar olishingizga to’g’ri keladi. Chapaqaylar go’shakni o’ng qo’li bilan, o’naqaylar-chap qo’l bilan ushlashi tavsiya etiladi.

Telefon so’zlashuvlari davomida yoqimli ovozni shakllantirish bo’yicha maslahatlar.

-Qo’shiq aytish ovozni yumshatadi va uni jarangdor qilib qo’yadi, bunday ovoz esa odamni o’ziga tortadi. Unli tovushlarni ertalab har kuni xirgoyi qiling va “I” harfidan boshlan. Bunday xirgoyi qilish yaxshi mashq bo’ladi. Baland va past ovozda birma-bir xirgoyi qilish nafaqat ovozni “moylaydi”, balki yaxshi kayfiyat ham bag’ishlaydi.

-Nutq sifati tezda yomonlashishi sababli, talaffuzni yaxshilash maqsadida tishlar orasiga probirkani tirab olib gapirish mashqini amalga oshirish tavsiya etiladi.

-So’zlashish paytida nafas olish haqida unutmang va nutqning tezligini o’zgarmas holda tuting.

Agar siz avtojavobberuvchidan foydalansangiz.

Agar telefon qilib tushish imkoni bo’lmasa, unda avtojavobberuvchidan foydalanish darkor. Bu holda avtojavobberuvchidan olingan ma’lumotlarni doimiy tarzda tekshirish lozim.

Ammo, har doim ham qoldirilgan ma’lumot uchun 12-24 soat ichida javob berishning ilojisi bo’lmaydi. Shuning uchun ham avtojavobberuvchi kassetasida matningizni shaxsan yozib oling va telefon qiluvchi bu ma’lumotingizni eshitgach, nimg qilishi kerakligini bilsin.Masalan: “Menga bugun soat …. Dan keyin qo’ng’iroq qilishingiz mumkin”.

Mijoz bilan suhbatlashganda quyidagi ifodalardan voz kechin:

-“men bilmayman”.-Bu siz o’z ishingizni puxta bilmasligingiz haqida taassurot yaratadi.

-“Buni qila olmaymiz”.-Keyinchalik sizga murojaat qilishmasliklari mumkin va natijada, siz mijoz, hamkorlaringizni yo’qotasiz.

-Siz….qilishingiz kerak”.-Mijoz hech nima qilishi kerak emas. Bu ifoda tushunmovchilik va konfliktga olib kelishi mumkin.

-“Yo’q”.- Gapingizni “yo’q” so’zidan boshlaman.Bu masala yechilishini qiyinlashadi rozi bo’lmaslik haqidagi har bir fikrni o’ylab gapirish lozim.

Odatda, suhbatni qo’ng’iroq qilgan odam tugatadi. Qo’ng’iroq uchun raxmat ayting, suhbatfoshingizga bo’lajak qo’ng’iroqlari va shaxsiy uchrashuvlari uchun doimo tayyor ekanligini bildiring. Xushmuomalalik bilan hayrlashing.

Amaliy topshiriqlar:


  1. Qo’ng’iroqni qabul qiling va restoraningizda oilaviy tadbirni o’tkazmoqchi bo’lgan mijoz bilan telefon suhbatini o’tkazing.

  2. Qo’ng’iroqni qabul qiling va mehmonxonangizdagi mehmoning janob Shmidt bilan gaplashmoqchi bo’lgan abonent bilan suhbat qiling. Shmidt janoblari hozirgi paytda mehmonxonadan tashqarida.

Nizolar va ularni bartaraf etish yo’llari

Ma’lumki, odamlar o’zlarini turli hayotiy vaziyatlarda bir xil tutishmaydi. Inson suhbat mavzusi, tarzi suhbatdoshlar turlariga bog’liq holda o’zgarib turishi lozim. Ishbilarmonlik sohasida yuqori darajadagi muloqotga erishish uchun biz psixologik bilimlarga asoslangan muloqot texnologiyalridan foydalanishimiz lozim. Hamkasb, rahbariyat, mijozlar orasidagi muloqot jarayonida nizolar kelib chiqishini inobatga olish lozim, notog’ri so’zlardan foydalanish esa muloqotdagi muomalalarga, ma’lumot yo’qolishiga olib keladi.

*******/------------------------------------------------------

------------------*************************

Bosh tortish(o’zini olib qochish). Bu xalq shakli tanlanishi sabablari quyidagicha: individ o’zining huquqlarini himoya qilishni istamaydi, qaror ishlab chiqishda ishtirok etmaydi, o’z fikrini aytishdan bosh tortadi, baxslashishni istamaydi.

Buning sabablari quyidagicha: individ uchun nizoning natijasi muhim ahamiyatga ega emas, yoki vaziyatning juda og’irligi va uning bartaraf etilishi ishtirokchilarning katta kuch talab qilishi yoki individning nizoni o’z foydasiga hal qilishga kuchi yetmasligi.

O’zaro kurashish, raqobat individning o’z manfaatlari uchun faol ravishda kurashayotganligini, qo’yilgan maqsadlariga erishishda barcha vositalardan foydalanayotganligini anglatadi, ya’ni o’z hukmidan foydalanish, tazyiq o’tkazish, raqiblarni axloqiy ezish, ishtirokchilarning o’ziga bog’liqligidan foydalanish.

Yon bosish, moslashish. Individning harakatlari raqib bilan bo’lgan munosabatlarini saqlab qolish va qo’llab- quvvatlashga qaratilgan bo’ladi va bu maqsadga erishish uchun u o’z manfaatlaridan qisma amalga oshmasligiga ham tayyor.Bu yondashuvni, odatda, individning munosabatlardagi o’zrni past darajada bo’lsa, nizoning obyekti raqib uchun ko’proq ahamiyatga ega bo’lganda kuzatamiz.

Hamkorlik deganda biz individning qaror topishda faol ishtirok etishini va barcha ishtirokchilar manfaatlari hamda o’zining manfaatini qondirish maqsadida harakat qilishini nazarda tutamiz.Ishtirokchilarning ochiqdan-ochiq fikr almashishi barcha ishtirokchilarning qaror izlashda manfaatdorligi ko’zda tutiladi. Bu shakl barcha ishtirokchilarning ijobiy yondashuvini talab qiladi. Agar raqiblarning Bo’sh vaqti bo’lib, muammoning hal qilinishini hammaga bir xil ravishda manfaatli bo’lsa, unda har tomonlama muhokama zarur bo’ladi hamda umumiy o’zaro ,manfaatli qaror qabul qilish muhim ro’l o’ynaydi.

Kelishuvda ishtirokchilarning bir-biriga yon boshishi natijasida umumiy qarorga kelish va buning natijasida hech kim g’olib bo’lmasligi hamda mag’lub bo’lmasligi qayd etiladi. Xulqning bunday shakli-ishtirokchilarning deyarli bir xil taqsimlangan bo’lib, manfaatlari qarama-qarshi bo’lsa hamda ularning yaxshi qaror izlab topishga vaqti kam bo’lsa-yu, ammo qabul qilingan qaror vaqtinchalik hammaga ma’qul bo’lsa, qo’llaniladi.

Bosh tortish va yon bosishda nizo yechimi chetga surilib qo’yiladi, nizoning o’zi esa yashirin holga o’tib qoladi. Kelishuv nizoli vaziyatni faqat qisman hal qilishi mumkin, chunki ishtirokchilar bir-biriga yon bosishadi, ammo nizoning sabablari to’la bartaraf etilmaydi.

Nizolarning ijobiy natijaga ega bo’lishini bilsak ham, biz baribir ularga yo’liqmaslikka harakat qilishimiz kerak. Agar nizoni oldini olish imkoniyati bo’lmasa, unda “OQILONA XULQ QOIDALARI” ga rioya qilib har qanday vaziyatdan munosib ravishda chiqib ketishimiz mumkin.

Yaxshi tayyorgarchilik ko’rgan mehmonxona yoki restoran xodimi hech qachon quyidagi nizo vaziyatda “12ta man etilgan Tabuni”qilmaydi.


  1. Hamkor yoki mijozni tanqidiy ravishda baholash.

  2. Hamkor yoki mijozni yomon niyatli deb o’ylash.

  3. O’zining intellectual yoki jismoniy ustunligini yaqqol namoyon etish.

  4. Faqatgina hamkor yoki mijozga javobgarlikni yuklash va ularni qoralash.

  5. Muloqot bo’yicha hamkor yoki mijoz manfaatlarini inobatga olmaslik.

  6. Hamma narsani faqatgina o’z ko’zi bilan ko’rish.

  7. O’zining xizmatlarini oshirib ko’rsatish.

  8. Adolatli e’tirozli va fikr bildirishlardan jahli chiqishi, ovozni baland qilish va haqoratlash.

  9. Hamkorning nozik tomonlariga tegib, ranjitmoq.

  10. Hamkorga juda ko’p e’tirozlarni bildirish.

  11. Ishni bitirib bo’lgach, “do’stlik rishtalari” ni uzib tashlash, ishonchli munosabatlarni to’xtatish.

Va eng muhimi- nizo vaziyatida doimo ahloqning quyiagi oltin qoidasiga rioya qilish:

“Odamlar sen bilan qanday munosabatda bo’lishlarini xohlasang, o’zing ham ular bilan shunday munosabatda bo’l”.

Nizoli vaziyatdan chiqib ketish

Amaliy mashg’ulot

“Djil Shpigel uzugi” ni qo’llab quyidagi vaziyatdan chiqib keting:

Mehmonxonada chet ellik mutaxassis uchun F.fon Myoller xonim uchun xona buyurilgan.Fon Myoller xonim aytilgan paytda mehmonxonaga yetib keldi. Ammo shu payt personaldan hech kim uni xonasiga kuzatib qo’ymadi. Bundan tashqari xizmatkor personal vakillarining liftda o’zi bilan birga ko’tarilayotganini ko’rib hayratda qoldi. Ammo Fon Myoller xonimning haqiqiy g’azabini xonasidagi ahvol chiqardi-uning o’rni yig’ilmagan, yuvinadigan xinda yig’ishtirilmagan edi va aftidan bu yerda oldin erkak mehmon soqolini olganga o’xshardi. Chaqirilgan xizmatkor-ayol esa “xona tozalangan va mehmon kelishiga tayyor” deb turardi.

////////////////////////////////////////////

1-qadam-ma’muriyat harakatlarining boshlanishi. Keskin javob bermaslik va “Sizning e’tirozlaringiz to’g’ri”, “Albatta, men qo’shilaman” deb javob berishi lozim. Bunday so’zlarni aytib siz tushunish va to’la ishonch muhitini yaratasiz.

2-qadam-nizoda “ammo”, “lekin” degan bog’lovchilarni ishlatmaslik lozim, chunki bu so’zlar tushunmovchilikni keskinlashtiradi.

3-qadam-isbotlash, vujudga kelgan nizoning mantiqiy tomonini ajratib olish va bunda tashkilot(mehmonxona yoki restoran) rahbariyatining ko’rsatmalari va buruqlarini asos qilib olish lozim. Bu ko’rsatma va buyruqlar mijozlar manfaatlariga xohlamagan holda tegib ketishini aytish lozim.



4-qadam-kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir necha mumkin bo’lgan tadbirlarni taklif qilishi va mijozning bu boradagi fikrlarini eshitish lozim. Mijoz o’z fikrlarini aytayotib ancha hursand bo’ladi, chunki go’yo u tadbirlarini ishlab chiqilishiga hissasini qo’shayotgandek.
Yüklə 24,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin