Verbal- kommunikatsiya-bu nutq.
Noverbal-nutqsiz, so’zlashuvsiz kommunikatsiyadir. Noverbal kommunikatsiya usullari nutq bilan so’zlashuvni to’ldiradi. O’rtacha olganda kishi bir kunda 30 daqiqa atrofida so’zlashadi. Verbal kommunikatsiya orqali axborotning taxminan 7% uzatiladi (ishbilarmonlar orasida muloqotda 35%), noverbal muloqotda esa 60% dan 70% gacha axborot uzatiladi. Shuning uchun ham, ming marotaba eshitgandan ko’ra, bir marotaba ko’rgan afzal deyishadi. Boshqacha aytganda, noverbal kommunikatsiya nutqiy so’zlashishga qaraganda ma’lumotlarga ancha boydir.
Kelishuvda ishtirokchilarning bir-biriga yon boshishi natijasida umumiy qarorga kelish va buning natijasida hech kim g’olib bo’lmasligi hamda mag’lub bo’lmasligi qayd etiladi. Xulqning bunday shakli-ishtirokchilarning deyarli bir xil taqsimlangan bo’lib, manfaatlari qarama-qarshi bo’lsa hamda ularning yaxshi qaror izlab topishga vaqti kam bo’lsa-yu, ammo qabul qilingan qaror vaqtinchalik hammaga ma’qul bo’lsa, qo’llaniladi.
Bosh tortish va yon bosishda nizo yechimi chetga surilib qo’yiladi, nizoning o’zi esa yashirin holga o’tib qoladi. Kelishuv nizoli vaziyatni faqat qisman hal qilishi mumkin, chunki ishtirokchilar bir-biriga yon bosishadi, ammo nizoning sabablari to’la bartaraf etilmaydi.
Nizolarning ijobiy natijaga ega bo’lishini bilsak ham, biz baribir ularga yo’liqmaslikka harakat qilishimiz kerak. Agar nizoni oldini olish imkoniyati bo’lmasa, unda “OQILONA XULQ QOIDALARI” ga rioya qilib har qanday vaziyatdan munosib ravishda chiqib ketishimiz mumkin.
Yaxshi tayyorgarchilik ko’rgan mehmonxona yoki restoran xodimi hech qachon
quyidagi nizo vaziyatda “12ta man etilgan Tabuni”qilmaydi.
Hamkor yoki mijozni tanqidiy ravishda baholash.
Hamkor yoki mijozni yomon niyatli deb o’ylash.
O’zining intellectual yoki jismoniy ustunligini yaqqol namoyon etish.
Faqatgina hamkor yoki mijozga javobgarlikni yuklash va ularni qoralash.
Muloqot bo’yicha hamkor yoki mijoz manfaatlarini inobatga olmaslik.
Hamma narsani faqatgina o’z ko’zi bilan ko’rish.
O’zining xizmatlarini oshirib ko’rsatish.
Adolatli e’tirozli va fikr bildirishlardan jahli chiqishi, ovozni baland qilish va haqoratlash.
Ishni bitirib bo’lgach, “do’stlik rishtalari” ni uzib tashlash, ishonchli munosabatlarni to’xtatish.
Va eng muhimi- nizo vaziyatida doimo ahloqning quyiagi oltin qoidasiga rioya qilish:
“Odamlar sen bilan qanday munosabatda bo’lishlarini xohlasang, o’zing ham ular
bilan shunday munosabatda bo’l”.
1-qadam-ma’muriyat harakatlarining boshlanishi. Keskin javob bermaslik va “Sizning e’tirozlaringiz to’g’ri”, “Albatta, men qo’shilaman” deb javob berishi lozim. Bunday so’zlarni aytib siz tushunish va to’la ishonch muhitini yaratasiz.