Kasb psixologyasining amaliy asoslari



Yüklə 118 Kb.
səhifə2/5
tarix17.10.2023
ölçüsü118 Kb.
#156829
1   2   3   4   5
Kasb psixologyasining amaliy asoslari-fayllar.org

Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma’lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko‘rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar umumiy va juz’iy bo‘lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki ko‘pchilikka aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‘zg‘atuvchining kuchiga nisbatan (o‘rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‘sib boradi.
Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o‘smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‘smirlarga xos bo‘lgan juz’iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‘ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba’zi asosiy bosqichlarga ham bo‘lish mumkin.
Masalaning qo‘yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda qanchalik o‘rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi.
Tekshirish metodikasini tanlash. Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni tanlashga bog‘liq bo‘ladi.
Aniq ma’lumotlarni to‘plash. Ma’lumotlar, I. P. Pavlov ta’biri bilan aytganda, olim uchun go‘yo havodek zarur narsadir. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo‘lgan asosiy talab - ularning to‘liq va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma’lumotlar o‘rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
Aniq ma’lumotlarni ishlash. To‘plangan ma’lumotlarni matematik va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‘plangan materiallarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma ko‘rinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutano- siblikdagi ma’lumotlarni aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo‘llanadi.
Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatini chuqur tushunish, ularning o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish kerak bo‘ladi, binobarin, bitta ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‘ladi.
Qonuniyatni amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyat ma’lum bir amaliyot sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‘roq qilish psixologiyasini o‘rganishdan to‘plangan tajriba keyingi tergov jarayoni uchun kerak bo‘ladi. Ko‘pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo‘lsa ham, har holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo‘lmaydi, boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Kasbiy psixologiyaning o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday usulda o‘tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab etadi. Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik hodisalarning o‘ziga xos bog‘liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin