Kasbidan baxt topgan inson


Hikoyamiz sizga manzur bo’lsa



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə2/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Hikoyamiz sizga manzur bo’lsa.
Kecha qayda edim, bugun qaydaman, bugun qaydaman,
Bir ma’no topilmas aytgan so’zimdan,
Jaholat domiga botgan bandaman,
O’zimni izlayman, faqat o’zimdan.
Hibsxona boshlig’i oldiga chaqirar ekan, kitoblar haqida, ushbu kitoblarning mahkumalar hayotidagi o’rni, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati haqida uzoq suhbatlashdi. Men ularning suhbatidan bahramand bo’lar ekanman, kitoblar harbir insonning eng yaqin do’sti ekanligi, harbir mahkuma qalbiga kirishi uchun avvalo uning qalb kalitini topish kerak, o’sha qalb bilan uning yuragiga, qalbiga kirib borgandagina sizga u dardini ayta oladi. Ana shundagina yuraklarni ochish imkoni beriladi-da u o’z dardini ayta oladi. Ko’ksida yuragi urib turgan, fikrlash qobiliyati joyida bo’lgan inson, albatta kitob o’qishga qiziqib qoladi. Odamning taftini odam oladi deyishadi. Ko’ngil qandaydir dard-u iztirob bilan to’lib ketganda, birov bilan suhbatlashish, dardini aytish orqali inson biroz bo’lsada, yengil tortishi ko’p bor isbotlangan. Ular o’z suhbatlarida tarbiya haqida gapirar ekan, Tarbiya- birgina ana shu so’z zamirida umumbashariyat hayotining yorqin ruhi mujassam. Tarbiya mahorat, ba’zan san’at sifatida talqin qilinar ekan u insonni komil shaxs bo’lib yetishishida hal qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Ushbu joyda A.Avloniyning “Tarbiya – biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan edi. Inson umri mobaynida turli tashvish va muammolar bilan mazmunli. Oldiga qandaydir katta maqsadni qo’ygan odam hechqachon unga to’siqlarsiz, osongina erishib qolmaydi. Orzusi sari intilar ekan, albatta yo’l-yo’lakay katta yo kichik bo’lsin muammolarga duch keladi, shunday paytda uni maqsadi sari olg’a intilishdan qaytaradigan eng birinchi muammo tushkunlikdir. Harqachon muammo ham, uning yechimi ham, o’sha shaxsning o’z qo’lida ekanligi aniq. Zero, bu dunyoda o’limdan boshqa hamma narsaga chora topiladi. Buning uchun eng avvalo bilim olish, fikrlashni, dunyoqarashni kenngaytirish lozim. Bu yo’lda eng yaqin yordamchi: Donolar suhbati va yaxshi kitob mutoolaasi hisoblanadi. Insonlar qalbi va ruhining pokligiga bu qadar katta e’tibor berilishining sababi shundaki, bunday insonlar ezgulikga, yaxshilikga, oliyjanoblikga moyil bo’ladilar. Pokiza ko’ngil o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, buning uchun inson o’z ustida tinimsiz ishlashi, o’zidagi kamchiliklarni ko’ra bilishi, o’zgalar ko’ngillari holatini ilg’aydigan darajaga ko’tarilishi kerak. Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri shaxsni ong, hissiyot va xulqni shakllantirihs, vatanga muhabbat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatga bo’lgan munosobati singari tuyg’ularni kamol toptiradi.

Mahkumalar bilan kameradagi suhbat.


29-noyabr erta bilan rejim boshlig’i Nurik xodim kelib, eshikni taqillatdi-da, стройся kamera qizlar deb salomlashib ichkariga kirdi. Tozalik hamda boshqa-da shikoyatlar bormi, deb, kameradan chiqqach biz qizlar bilan banyaga ketdik. Xodima qizlar bizni banyaga tushib bo’lgach, kameraga kirgizib ketishdi. Kamerada 4 ta mahkuma bor edi. Har galgidek banyadan kelgach choy ichib biroz suhbatlashib o’tirdik. Navbatchi esa shu kuni men edim, darhol yana kamerani tozalab bo’lgach navbatchi yana eshikni taqillatib стройся kamera dedi. Darhol o’rnimizdan turib стройся bo’ldik. Shu payt kameraga ushbu hibsxona boshlig’I B.Kenjayev kirib keldi-da, iliq tabassum bilan hamma bilan salomlashdi. Men esa hargalgidek navbatchi bo’lganim sabab doklad o’qidim. Boshliq hamma bilan hol-ahvol so’rashdi-da, kimda shikoyat bor deya so’radi. Shu payt Muhabbat kulib turib boshliqdan bir, ikki savollariga javob so’radi. Ketma-ket undan keyin farida savol berdi, va ushbu savollari bo’yicha javob oldi. Men bilan Farida o’rtamizda yaqinda kelgan Muqaddas indamay yerga qarab turar, unig hayolidan harxil fikrlar o’tar, lekin qaysi bir gapdan boshlashini bilmay, hayron bo’lib turar edi. U hibsxona boshlig’ini oldin ko’rmagan, uni tanimas, shuning uchun ham jim edi. Men bilan boshqa qizlar esa, ular bilan oldin ham sihbatlashgan edik. Oradan ozgina vaqt o’tgach, u gapirmaganiga men bu ayol Beruniyli Otabekni turmush o’rtog’I bo’ladi, u pastki 1-etajda hukm chiqargan kun bular qamalganlar deganimdan keyin Muqaddasga qaradim. U keyin bu yerlarga nima sababdan kelgani, oilasi hamda uning reining jinoyiy sherigi, u hozir ko’chada qolganligini aytib gapirib berdi. Polkovnik B.Kenjayev uning haqiqat yo’q ekan deb kuyib-pishib gapirib berayotganligini ko’rib, shu yerda jinoyat ko’chasiga kirmaslik, yangi chiqqan qonunlar,, sudlarning bosqichma-bosqich olib borilishi, tergov harakatlari, oilasidagilar bilan uchrashuv, telefonda gaplashish va boshqada harxil savollarga javob berib, hibsxonadagi ayol-qizlarga tibbiy yordam ko’rsatish, ularni vrach ko’rigidan tez-tez o’tkazib turish haqidayam qizlar bilan suhbatlashdi. Ular kameraga vrach xodim Altinbekniyam chaqiritirib dor-darmonlar, muolajalar olib boorish haqida ularga ham topshiriqlar berib, suhbat jarayonida menga ham kitoblar haqida yaqinda Toshkentdan ta’lim-tarbiyaviy ishlar bo’yicha komissiya kelyabti. Shu payt bu yozgan kitoblarimizni ko’rsatib ularni chop ettirish uchun yordam so’raymiz deya kulib qo’ydilar. Men ularga rahmat aytdim. Ularga tikilar ekanman, yuzidan nur yog’ib turgan, jonkuyar, mehribon hibsxona boshlig’I xushmuomolalik bilan mahkumalar bilan suhbatlashar ekan, Muhabbat ularga qarab turib, kulib, men o’zimning hayotimni, hozirda uch nafar o’g’illarimni sog’inayotganim, ota-onam sog’inchi, bu sog’inch esa uning ko’zlaridan bilinib turganini sezgan boshliq u bilan uzoq gaplashgach, qizcha yana ularga qarab,
O’sha komissiya kelsa, men ham gaplashishimga ruxsat bering, chunki men rasm solishga, qo’shiq aytishga juda qiziqaman. Men Qoshnazarova yozgan she’rlarini juda yaxshi ko’raman hattoki ayrim she’rlarini yod olganman, kitoblarini esa allaqachon o’qib bo’lganman. Boshliq esa uning gapiga ko’ndida, xo’p kitoblarni ko’rsatganimda mayli siz ham bora qoling deb qo’ydi. Bu she’rlarni biz hattoki uyimizga, turmush o’rtog’imizga, farzandlarimiz, ota-onamizga, aka-ukalarimizga, opa-singillarimizga xatga qo’shib jo’natamiz. Ular o’qib ko’rib quvonishadi. Bolam, qizim seni allaqachon kechirdim, men ham, biz ham seni allaqachon kechirganmiz - Ona qizim deya ularni bu xatlarga yozgan javoblarni eshitgan insonni ko’zlari yoshlanadi deya indamay xo’rsinib qo’ydi. Boshliq esa qizlardagi bunday to’g’ri yo’lni tanlab, ozodlikga umid, kelajakga ishonch ularning ko’zlaridan ilg’ab olib bizga qarab turar ekan, Davlatimizning inson qadri uchun olib borayotgan yangi siyosati, zamirida qancha insonlarning taqdiri yotibdi. Xalqimiz kechirimli xalq, kun kelib Prezidentimiz sizlarni ham kechiradi, Ilohim osmonimiz musaffo, yurtimizda tinchlik hukmron surmoqda. Siz ham birkun kelib albatta ozodlikga chiqasiz. Muhabbat shu payt mening kitoblarimdagi o’zining hayoti haqidagi hikoyani varaqlab topib olib darhol boshliqni qo’liga tutqazib, mana ko’ring bu mening hayotim haqidagi hikoya “Zulmatdan yorug’lik izlab” deya nomlangan. Men kamerada ko’ngilochar suhbatlarda o’z hayotim, kechinmalarim, taqdirim haqida, bu yerlarga qanday kelib qolganim bu hikoyaga barcha haqiqatlar kiritilgan. Bu hikoyani mening o’zim ham sevib-sevib o’qiyman. Hargal uydagilarni sog’insam shu hikoyani va boshqa she’rlarni o’qisam, sog’inchim ozgina bo’lsa da bosiladi. Bu kitoblar mening sirdosh do’stlarimga aylangan. Chunki men shu yerga kelganimdan beri bu kitoblar yozilyabti, ular ham biz bilan birga kamerada, bizning hayotimizda, umrimizda, qalbimiz, yuragimizda yashab kelmoqda. Chunki bu kitoblarni men haqiqat kuychisi deb o’ylayman. Bizga bu kitoblarning ta’limiy-tarbiyaviy tomonlari mahkum va mahbusalar uchun ularni, bizni to’g’ri yo’lni tanlashimizda, ona yurtimizni, ota-onamizni, tabiatni, jonzotlarni, hayotni sevishimiz va ardoqlashimiz darkorligi rasmlar orqali ham tasvirlanib berilgan. Bu kitob ushbu hibsxona mahkum va mahbusalari uchun ko’zgu, oyna deb bilarkan, inson o’sha oynaga qarar ekan, o’zidagi kamchililarni tuzatib boradi. Kitoblar insonni tarbiyalaydi ekan, men ushbu hayotim mobaynida amin bo’ldim. Qizchadagi bu intilishni, adabiyotga bo’lgan qiziqishni ko’rib boshliq kuldi-da bir tomondan ich-ichidan bu o’zgarishlarni ko’rib quvondi-da sekin qizlar bilan hayrlashib chiqib ketdi. Ular ketgach, qizlar bu suhbatdan quvonib, kitoblar haqida yana suhbatlashib, fikr almashishdi.

Mahkuma iste’dodi, sohibi.


Muallifning ushbu kitobi ta’limiy-tarbiyaga ega bo’lgan, bilib-bilmay jinoyat ko’chasiga kirib qolgan mahkum va mahbusalar uchun ularning qilgan jinoyatlarini anglab olishda ushbu kitob orqali ko’zgu tutibidan iborat. U hibsxonada ushbu kitoblar ustida yillab ishlab o’zining birqancha kitoblarini yaratdi. Mahkumlar uchun chop etiladigan “Vaqt-Время” gazetalarida birqancha she’rlari nashr etildi. Muallif qoldirgan bu adabiy meros miqdori jihatidan u qadar ko’p emas. Ammo uning hikoya, she’rlari, maqolalari o’ziga xos tarovati, til va ifoda tarzi, tasviriy ifodasi bilan hechqaysi adibnikiga o’xshamaydigan odob-axloq qadriyatlarimizga hurmat, ota-onaga izzat, o’z vatanini sevish, ardoqlash, farzandlariga bo’lgan sog’inch, mehr-muhabbat hamda nafs, jaholatni tarannum etuvchi tarbiyaviy kitoblar sirasiga kiradi.
Ushbu hikoyalar to’plami muallifning ijodigagina emas balki adabiyot tarihida o’z o’rniga ega. Bu hikoyalarni yozishga kirishar ekan, muallif o’zini, o’zining hayotiy kechinmalarini, hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini bayon etish, birqancha mahkumalar hayoti ularning kechinmalarini ham ochiq-oydin bayon etib, bor haqiqatlar aniq bayon qilingan. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda mahkumlar hayotini, turmushini chin yurak-qalbdan anglash, sezish, his qilish yo’lini tutdi. Insonlardagi noyob fazilatlarni - to’g’riso’zlik, mehnatkash, halollik, odob-andishani muallif chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan kuyib-yonib tasvirlaydi. “Mahkumalar hayotidan hikoyalar” muallifi boshqa bir o’rinda bu hikoyani yozishdan ko’zlagan maqsadi ustida to’xtalib yana ham aniqroq qilib: “Yangi O’zbekiston uchun bitsdim … Ko’nglimda mahkumlar qalbida nimayki dard bor ekan borini ushbu hikoyada to’kib soldim deydi. Bu menda, e’tirofda hikoyaning yozilishi aniq-ravshan ifodalangan. Bu hikoya alloh in’om etgan eng ulug’ ne’mat-yangi O’zbekiston arafasi, xalqimiz uchun “Inson qadri uchun” shiori ostida bunyod etilayotgan zamonda xalqimiz, mahkum va mahbusalar uchun bir ko’zgudir.
Bunday kitoblar harkuni dunyoga kelmaydi, harkuni chop etilavermaydi. Azaldan shunday - yaxshiroq narsa o’qib qolsam darhol boshqalarga ham yetkazishga oshiqaman, yurgan yo’limda uni ta’riflab targ’ib etib yuraman, shu tariqa zimdan o’zimga hamfikr, maslakdosh axtarsam kerak. Adabiyotimizni, demakki, tilimizni ham boyitishda, ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda ularning xizmati beqiyos. Kitobxon kitobdagi hikoyalarni o’qir ekan, nechog’lik noyob va ko’ngillarni larzaga soluvchi, ko’zlarni yoshga to’ldiruvchi ushbu kitob nechog’lik noyob ma’naviy mulkga ega ekanini anglab yotdi degan umiddaman. Qalamkash yovuzlikga qarshi kurashni faqat jinoyatchini aniqlab, jazolashdan iborat deb hisoblardi.
Hammamiz ham kitobxon bo’lganmiz. Biroq yaxshi va o’rtacha kitobni bir-biridan farqlash uchun ma’lum ma’noda kitobxonlik tajribasi ham kerakga o’xshaydi. Ushbu hikoyalarda qalamkash o’zining hayotiy kechinmalari hibsxonadagi mahkumlarning iztirobli va dardli g’am-tashvishlari, alamlari qalamkash tomonidan zo’r mahorat bilan ochib berilgan. Qalamkash quyidagi satrlarni keltiradi. Meni tuzalmas, tamal bo’lgan odam deb o’ylamang. Kelajagim, hayotim ham oldinda. Kunlar o’tar men ham boshqalarga o’xshab uyli-joyli bo’larman. Ishlayman, do’st, yoru-birodarlar orttiraman. Lekin faqat ayrim bir umrbod, manguga yo’qotgan narsamni qaytara olmasam kerak. O’tgan umrni hechqachon qaytarib bo’lmaydi. Ammo hayotimning oxirgi kunlari to so’ngi nafasigacha bu kunlarni hechqachon unita olmayman.
Mening qo’limga gazeta tutqazib, meni to’g’ri yo’lga boshlagan o’z ijodiy yo’limni topishimda turtki bo’lgan mehribon, oliyjanob, to’g’ri so’z, ushbu hibsxona boshlig’I polkovnki B.Kenjayevning bitta ojiza mahkumani qaytadan hayotga qaytishiga sababchi bo’lgani, meni jaholat yo’limdan qaytarib ma’rifat sari yetaklagan o’z ijodim yo’limni topishimda turtki bo’lgan polkovnik B.Kenjayevga o’z minnatdorchiligini bildirib qolaman. Yosh va uddaburon bu rahbarga doyim el nazarida bo’lish, xodimlar hurmatini qozonib yurishlarini istab qolaman. Mashaqqatli biroq sharafli ishlarida omad yor bo’lsin deyman.
Mening esa asl muddaoyim aziz o’quvchi bu kitobni yozishimdan maqsadim men kabi qismatdoshlarimning taqdiri meni befarq qoldrimaydi. Chunki ushbu mahkumalar bilan mening ham qismatim qalbimizdagi afsus-nadomat va pushaymonliklar harbirimizning qayg’u va iztiroblarimiz hamohangligidan bexosdan qo’limga qalam olib, bu iztiroblaru qalb nolalarini, farzandlariga, oilalariga va o’z vataniga bo’lgan mehr-muhabbati, ota-onasi, qondoshlari va o’z sevgan suyukli yoriga bo’lgan muhabbati va sadoqatini hayotiy achchiq haqiqatni panjara ortida harbir kunini afsus-nadomat bilan o’tkazayotganini o’z ko’zim bilan ko’rib, sezib, o’zim ham his qilib va bu tuyg’ularni sizlarga yetkazish maqsadida ushbu kitobga tushardim.
Bunday maqsadim esa, ota-onalar rahmatidan uzilgan o’zlarini unitgan kimsalar uchun bir turtki eslatma bo’lar degan umiddaman. Birqancha mahkumalarning so’zlarini eshitib, kuzatib ular bilan maslahatlashib,, yillab o’zim guvohi bo’lgan voqealarni hibsxonada yillar davomida mahkum va mahbusalarni xodimlar tomonidan ularni tarbiyalash sog’lom, ularni ilimli, hunarli qilish, o’z oilasiga, jamiyatga qaytarish borasida olib borilgan yakkama-yakka suhbatlar, ta’limiy-tarbiyaviy ishlar hamda pandemiya sharoitida xodimlar Sohaning rivojiga munosib hissa qo’shdi. Doimo rahbariyatning e’tibor va e’tirofida bo’lib yuksak ishlarni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Sohada xizmat qilayotgan boy tajribasi, erishgan yutuqlari, o’ziga xos mashaqqtalari bilan uzoq yillab sohada samarali xizmat qilishi, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari, purma’no so’zlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shayotgani harbir insonni yuksaklikga undaydi. Bu fidoiy xodim xizmat faoliyati davomida ko’rgan-kechirganlarini yosh xodimlarga gapirib beradilar. Sohaga endigina qadam qo’yayotgan yosh xodimlarga o’zlarining boy amaliy va hayotiy tajribasi haqida gapirib o’z ustida doimiy ishlagan, izlanuvchan, fidoiy xodimlar albatta yuksak martabalarga erishishni ta’kidlaydilar. Mahkum va mahbusalar ham pand-u nasihatlarini ularni harbir gaplariga amal qilgan holda, huddi ularga katta yoshda bo’lsa, aka kichik yoshdagilarga uka deb xushmuomalalik bilan ularni to’g’ri yo’lga tushishlarida qo’lidan kelgancha yordam qo’lini cho’zishlari bu ularning insoniylik fazilatlaridan biridir.
Mahkum va mahbusalar bilan olib borgan yakkama-yakka suhbatlari ayni chog’da buni o’z qilgan xatolaridan munosib xulosa chiqarishlari jamiyatga sog’lom fikrli shaxs bo’lib qaytishlari lozimligini ta’kidlaydilar. Zotan, hozirda ezgu maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, bundan oqilona foydalangan holda kasb-hunar o’rganib halol yashashni o’z oldilariga maqsad qilib olishlari kerakligini tushuntiradilar. Ular o’z so’zlarida bu dunyoda hamma ham adashishi va xato qilishi mumkin. Lekin o’z xatosini anglab yetgan va undan to’g’ri xulosa chiqargan insongina o’z hayotini baxt va quvonchga to’ldira oladi deydilar.

Xodimlarning mahkum va mahbusalar bilan muloqot madaniyati.


Inson doyim so’zga, muloqotga ehtiyoj sezadi. Muloqot orqali bir-birimiz bilan fikr almashamiz,, tuyg’ularimizni ifoda etamiz. Shu jihatdan qaraganda, muloqot kishilar uchun hamisha qulaylik vositasi bo’lishi kerak. Biroq oxirgi paytlarda aynan huquqni muhofaza qilish organlarida, jumladan ushbu hibsxonada ham ayrim xodimlar muloqot madaniyatiga e’tibor bermaydiganlar ham albatta topiladi. Atab aytganda, Jasur ismli xodim mahkumlar bilan gaplashganda muloqot madaniyatiga e’tibor bermaydilar. Oddiygina narsa ustida xodimning mahkuma bilan aytishib turishi uning kiygan bu formasiga yarashmasligini o’zi ham sezmasa kerak deya o’ylayman. Insonning dunyoqarashi, salohiyati, tafakkuri teranligi esa shubhasiz muloqot jarayonida ko’zga tashlanadi. Chunki harbir inson mumolasi va muloqotiga qarab suhbatdoshning qanday inson ekanligi haqida odam xulosa qiladi. Nutq gapirayotgan shaxsning ixtiyorisiz uning timsolini yaratadi, shaxsiyatini ochib beradi. Soddaroq aytganda, insonning so’ziga qarab, kimligiga baho berishadi. Ulug’ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda:
So’zdurki nishon berur o’lukka jondin,
So’zdurki berur jonga xabar jonondin,
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin.
Koshifiy ham nutqni quyidagicha ifodalaydi:
“Bilingki odamzotning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebaxradir” deya bejiz uqtirmagan. Zero, inson o’ziga ato etilgan mana shu beqiyos boylikning qadriga yetgandagina yuksak maqomga erishadi.
“Inson qadri uchun” - kelajak shiyor,
Or-nomusli xalqing qonun ustuvor,
Duoga qo’l ochar bugun qari-yosh,
Yurtimning ko’rkisiz, aziz insonlar.
Rejim boshlig’i:
Kezi kelganda shuni aytish joizki insonni tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri halol mehnatga o’rgatishdir. Hibsxonada tarbiyalanayotgan jazo muddatini o’tayotgan mahkumlarga faqat maqsad tarbiya beribgina qolmasdan ularga ilm, bilim, hunar o’rgatishdan iborat. O’ylaymizki, ular ozodlikga chiqqanidan so’ng bu yerda o’tgan harbir daqiqasidan saboq chiqarib, ozodlikning qadriga yetib, o’rgangan hunarlaridan samarali foydalanishadi. Shundagina hibsxona xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar besamar ketmaydi deydilar.
Yuksak nomga sazovordi,
Mashaqqatli kasbi-kordir,
O’z ishiga vafodordir,
Ichki ishlar xodimlari.
Qasamyodga sadoqatni saqlagan,
Ular bor-ki, yurt tinchligi yashnagan,
Ona yurtni har balodan asragan,
Ichki ishlar xodimlari.
Kecha-kunduz bedorlikda sergakdirlar,
Tinchlik uchun o’z jonidan kechgandirlar,
Harqadamda ozodlikga chorlaydilar,
Ichki ishlar xodimlari.
Harbir kishining o’z orzulari hayolot dunyosi bo’ladi. Inson ulg’aygan sari orzulari ham kattalashib boraveradi. Orzular ko’lami kengaygani sayin kishi o’zini jamiyatning bir bo’lagi sifatida ya’ni kimgadir kerak ekanligini tobora teranroq his etadi. Bu - ko’mak so’ragan kimsaga “labbay” deya javob berish el-yurtga foydasi tegadigan ishlarni bajarish, sharqona qadriyatlarimizga asosan kattalarni hurmat qilish singari bir qarashda oddiy tuyulgan kundalik turmush tarzimizda namoyon bo’ladi. Yakkama-yakka suhbatlarni mahkumlar orasida olib borar ekan, o’z so’zlarida mana “inson qadri uchun” xizmat qiladigan, bu so’zlar zamirida qanchadan-qancha insonlar taqdiri yotibdi, yangi Qoraqolpog’istonimiz gullab-yashnashida o’z hissamizni qo’shar ekanmiz, bugungi tinch va dorilomon kunlarga shukrona qilib yasharkanmiz hayolimdan ana shunday fikrlar o’tdi. Darvoqe kimgadir kerak bo’lish-ulkan baxt! Harbirimizga ana shunday baxt nasb etsin dedilar.
Buyuk donishmandlardan biri “Qonunlarga qul bo’lib yashagan inson” – ozod insondir”- deydi. Darhaqiqat, jamiyat hayotini insonlar o’rtasidagi o’zaro munosobatlarni tartibga solib turuvchi vosita bu - qonunlardir. Jamiyatda shunday qonun-qoidalar ham borki, ular ming yillik ko’xna qadriyatlarimiz, an’analarimiz asosiga qurilgan bo’lib, asrlar o’tsada o’z qiymatini yo’qotmay, milliy ma’naviyatning ajralmas bo’lagi sifatida yashab kelmoqda. Bu harbirimizning hayot yo’limizda dasturulamal bo’ladigan ijtimoiy odoblardir. Zero, mana shu ijtimoiy odoblar vositasida inson kamolotga erishadi, obro’-e’tibor qozonadi. Inson hayotining har laxzasi xotirjam o’tishi, ishida unum, topganida Baraka bo’lishining asosiy omili ham qonunlarga itoatkorlik va ijtimoiy odoblarga rioya qilishiga bog’liq. Bugungi kunda mahkumalarimiz ongi ancha yuksalib borayotgani quvonarli albatta. Biroq huquq va burch doimo yonma-yon kelishini ham unitmaslik lozim. Kimdir o’z huquqlarini yaxshi bilsa, uni talashib-tortishib himoya qilsa-yu, majburiyatlarini bilmasa uni huquqiy madaniyati yuksak deb ayta olmaymiz. Chunki huquqiy madaniyatning asosiy belgisi huquqlari bilan birga burchlarini ham unitmaslik, qonunlarni nafaqat o’qib, balki o’qib unga qat’iy amal qilish kerak dedilar o’z so’zlarida. Rejim boshlig’I yosh bo’lishiga qaramay juda uddaburon, chaqqon ma’suliyatli xodim. Buni mahkumalar ularga ariza bilan murojaat etish va darhol shu kunni o’zidayoq oldilariga chaqirib ular bilan yakkama-yakka suhbat olib boradilar. Xushmuomalalik kamtarona harbir mahkumni qabul qilar ekanlar, yuzlaridan nur yog’iladi. U o’zi qanday ahvolda bo’lsayam, oldiga kirsang kulib qarshi oladilar, hechqachon o’zidan kechayotgan holatni mahkumga ko’rsatmay nuqul o’zlarini huddi avvalgidek tutadilar. Muomola, nutq madaniyatini also unitmaydilar. Ba’zan ularga qarab, ota-onangizga rahmat degim keladi.

Hamisha olg’a intilib.


Harbir inson hayotda o’z o’rnini topishi, xalq orasida obro’-izzatga ega bo’lishi uchun avvalo bilim olishi, o’rganishi va olgan bilimlariga amal qilishi, o’z ustida tinim bilmay ishlashi kerak bo’ladi. Ammo kishi yaxshi bilimga ega bo’lishi uchun avvalo unga yaxshi ta’lim beruvchi ustozga, murabbiyga muhtojdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek;
Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo’lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir.
“Chunki ma’naviy asoslarsiz, ma’naviy negizlarsiz, ma’naviy qadriyatlarsiz, ma’naviy milliy ruhsiz hechbir davlat o’zining yuksak maqsadlariga erisha olmaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek;
biz yaratayotgan yangi O’zbekistonning mafkurasi - ezgulik, odamiylik, gumanizm g’oyasi bo’ladi.
Vatanga munosib farzand bo’ldim men,
Bu yorug’ dunyoni anglagan mahal,
Ilk bora sezdim men ozodlik taftin,
Haqiqat yo’liga nishon bo’ldim men,
Vatanga munosib farzand bo’ldim men.
Yengdim jaholatni ma’rifat bilan,
O’zimga tegishli to’g’ri yo’l tanlab,
Ijodga qo’l urdim, qalam tebratdim,
Qalbim ziyo topdi ilm-u fan bilan.
Shirin hayotning achchiq qismati barcha uchun xulosa qilishi kerak bo’lgan yanglish umr yo’llari bitilgan”.
Bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat barpo etish va jamiyatni shakllantirish borasida keng ko’lamili islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday davlatning eng muhim belgilari bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo’lgan avlodni tarbiyalash mazkur islohotlarning o’zagini tashkil etadi.



Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin