Kasbidan baxt topgan inson



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə6/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Daydi yigit hikoyasi 2
Yaqinda tug’ilgan kuning, o’shanda albatta olib beraman qizim xo’pmi, qani endi hammamiz birga oshga qaraylik dedi Saida bolalarni ham dasturxonga taklif qilib. Anvar esa indamay, jim bo’loib oshni yeb bo’lgunga qadar churq etmadi. U judayam og’ir, vazmin bolakay edi. U ham dadajoniga erkalangisi kelar, biron narsa olib berishlarini xohlar edi. Lekin Ixtiyor haqidagi gap so’zlar unga qattiq ta’sir qilib dadasidan xafa edi. Ertasi kuni ertalab Ixtiyor Saidaga bugun tergovchini oldiga boraman, shaharga tushib kelaman. Paportingni olib chiqqin deb Saidaga qaradi. Dadasi negadir bugun ko’nglim sal g’alati keeling, bo’lmasa bugun bormay qo’yaqoling deb Ixtiyorga qaradi. Eh onasi sizlarni ham rosa balogardon qildim. O’sha kuni ko’p ichivordim shekilli o’zim nima qilib qo’yganimni ham bilmayman. Seni ham xafa qilib qo’ydim. Mayli, hechqisi yo’q lekin. Nima lekin dedi Saidaga qarab hechnima bo’lmaydi. Qo’rqma bolalarga qara. Qaytib kelaman balkim, mabodo kelmasam meni kutmanglar. Shu payt qizaloq uyg’onib ko’zlarini uqalab dadajon qayerga ketayapsiz nimaga oyim yig’layapti deb Ixtiyorni quchoqladi. Ixtiyor ham ko’zlariga yosh oldi, sekingina qizchaga bildirmasdan ko’z yoshlarini artdi. Qachon kelasiz, qizim shaharga boraman-u, qaytaman xo’pmi oyijoningni aytganlarini qilib aqlli qiz bo’lib yurgin xo’pmi. Albatta qaytaman. Saida qo’lidagi pasportni sekin Ixtiyorga uzatdi-da, o’zingizga qarang sizni kutamiz dadasi deb yana ko’zlariga yosh oldi. Mayli qizingni oldida ko’p yig’layverma. Allohga omonatsiz. Sizlarni juda yaxshi ko’raman onajonisi mabodo qaytmasam bolalarni olib meni ko’rgani boring. Onamga o’zing telefon qilib aytib qo’yarsan Saida. Yana otamni jahli chiqadigan bo’ldi. Mayli vaqtni orqaga hechkim qaytarolmaydi, endi foydasi yo’q. G’isht qolipdan ko’chgan. Ixtiyor Saida va qizalog’I bilan eshik oldida uzoq xayrlashdi-da sekin yo’lga otlandi. Yo’l bo’yi uzoq o’yladi. O’g’li Anvarjon uyg’oq edi, buni aniq bilaman xuddi o’zimga o’xshagan juda qaysar. Eshitgan shekilli, u mendan xafa. Bu aniq, shuning uchun ham xayrlashgani tashqariga chiqmadi. Mayli balkim qaytarman. Nima bo’lgandayam yaxshi ish bo’lmadi. O’zim aybdorman. Ish bunday chappasiga ketadi deb o’ylamadim. Hammasi ichkilik oqibati. O’sha kuni yigitlar bilan rosa o’tirish qilib to’yib ichdik o’ziyam. Harxil hayollar bilan bnad bo’lib shaharga yetib qolganini ham sezmay qoldi. Birpayt tergovchiga telefon qilib kelganini aytdi. Tergovchi esa Ixtiyor bilan qo’l telefoni orqali gaplashib ishdaman ichkariga kiravering navbatchiga aytaman u sizni olib kiradi deb telefonni yopdi. Ixtiyor tergovchini oldiga kirar ekan uni hayajon bosib, sekingina
-Assalomu alaykum o’rtoq tergovchi deb uning yuziga qaradi.
-Iye keeling aka bormisiz, sizni topish juda qiyin bo’ldiya, marhamat o’tiring deb stol yonida turgan stulini siljitdi.
-Salomlashgach Tergovchi jinoyiy ish bo’yicha Ixtiyorni tanishtirdi.
-Ixtiyor esa kulib uka bir ko’ngilxushlik qilibmizda uzr endi, o’sha kuni kittay o’rtoqlar bilan otamlashib sho’xlik qilibmanda uka?
-Ha, sho’xligingiz shu bo’lsa aslida aka bu ishni men olmoqchi emasdim, ishlarim rosa ko’p, vaqtni bekor ketkizmay keeling siz o’sha kuni bo’lgan voqeani gapirib bering, men kompyuterda yozib o’tiray nima dedingiz.
-Xo’p ukam, mayli endi nima bo’lsa bo’ldi hammasini boshidan boshlab bo’lmasa aytib bera qolay.
-Ixtiyor o’sha kuni bo’lib o’tgan voqeani aytib o’z ko’rsatmasini berdi.
-Tergov tugagach Tergovchi Ixtiyorni qo’yib yubordi-da aka chaqirgan payt kelib keting, o’zingiz tushunasiz ishimiz shunaqa deb eshik oldigacha kuzatib, navbatchi xodimni chaqirdi.
-Ixtiyor ham tergovchi bilan xayrlashib, navbatchi boshlagan tomonga qarab qadam tashladi.
-U binoni tark etgach ko’cha boshiga chiqib, chuqur dam oldi. Xayriyat dedi, xuddi shu tobda uni kimdir ta’qib qilayotgandek tez-tez qadam tashlar ekan, sekingina ortiga qarab qo’yardi. U ota-onasidan xabar olish ilinjida ular eshitishishmagan bo’lsa bo’ldi deb mashina to’xtadiyu mindi. Aka segareta cheksam mumkinmi mayli cheka qoling hozir mashina oynasini ochib beraman deb u o’tirgan tomon oynasini ochib berdi. Aka uzr dedi hijolat bilan. Mayli hechqisi yo’q dedi. Yoshi 60 larga borib qolgan bo’lsada, uzun bo’yli halli salafi qop-qora, oq yuzli kishi edi. Ular Ixtiyorning bolaligi o’tgan eski uyiga borgunicha chaq-chaqlashib gaplashib borishda. Ixtiyor uyga yaqinlashganida aka ismingiz kim? Men tez-tez taksi chaqirib turaman. Agar qarshi bo’lmasangiz, Telefon raqamingizni ham bersangiz nima deysiz dedi. Taksi sekin jilmayib o’zimizdan ekansiz-ku ukam deb, mening ismim Shokir, Telefon raqamimni yozing deb, Ixtiyorga qarab jilmaydi. Ixtiyor ham uning va qo’l telefoni nomerini ismini, o’z qo’l telefoniga yozib oldi. Mana shu ko’chadan o’nga burilib 4-uy oldida to’xtang dedi. Yetib kelgach sekin mashina to’xtadi va Ixtiyor Shokir aka bilan xayrlashib mashinadan tushdi. Ichkariga kirishi bilan ukasini kichkintoy o’g’li va qizchasi katta akam keldi deb yugurib kelib Ixtiyorni quchoqlashdi. Ixtiyor ham ularni bir-bir yo’qoriga qo’llari bilan ko’tarib turib mahkam quchoqlab erkaladi-da onasini xonasiga kirdi. Onasi uni erkalab keldingmi bolam deb bag’riga bosdi. Ona uchun baribir Ixtiyor xuddi go’dak edi. Ular hol-ahvol so’rashgach, Ixtiyor onasidan dadasini so’radi. Dadang hozir magazinga chiqib ketgandi, kelib qolar hozir dedi va Saida bilan nevaralarini nega olib kelmading ularni sog’inib o’tirgandim deb o’g’lini koyib qo’ydi. Yaxshi bo’ldi esimga solganingiz, Saidaga bu yerdaligimni aytib qo’yay deb tashqariga chiqdi. Xayriyat hali Saida meni izlab onamga telefon qilmaydi deya o’yladi-da unga qo’ng’iroq qildi. Saida go’shakni ko’tarar esan. Dadasi tinchlikmi nima bo’ldi omonmisiz, qayerdasiz dedi. Ixtiyor Saidaga tinchlik men oyimni oldiga eski hovlimizga keldim ularni ham bir ko’rib ketay dedim. Bilasan onamni yaxshi ko’rishimni bugun shu yerda uyda qolaman ertaga qaytaman xo’pmi dadasi mayli o’zingizga qarang hozirgina oyijonimga telefon qilmoqchi bo’lib turuvdim o’zingiz telefon qildingiz dedi. Mayli bolalarga qaragin ertaga boraman dadam kelyapti bo’pti xayr dedi-yu telefonni o’chirdi. Uzoqdan dadasini mashinasini ko’rdi. Dadasi uyga kelib mashinani qulflab tushdi-da Ixtiyor keldingmi dedi baland ohang bilan xuddi undan jahli chiqqan odamga o’xshab. Ixtiyor yugurib kelib dadasi bilan salomlashdi-da, mashina qalay buzilmay turibdimi dada dedi. Dadasi mashinani bir-ikki sekingina urib qo’ydi-da, mashina-ku yaxshida lekin sen buzilib yuribsan bola dedi jahlidan tushib. Dadasi 60 yoshlar chamasi o’rta bo’yli, qorachadan kelgan, sal qorni bor bo’lsada bu unga yarashib turgandi. Nevaralar otani semiz ota deb aytishardi. Uning ismi esa Bahodir aka edi. Qani yur-chi ichkariga ikkalamiz bir suhbatlashaylik, onasi qayerdasiz bitta ko’k coy qilib beringchi dedi-da ichkair dasturxon yozilgan xonaga kirishdi. O’g’lim shu yoshga kelib haliyam o’zingni yig’ib olmading-mi. nima bo’ldi dada qaynotam ustimdan arz qildimi deyman kim qilsayam to’g’ri qilibdi. Ularni oldida yer yorildi, yerga kirmadim. Yana qamalib ketasan, bolalaring katta yigit bo’lib qoldi, bo’ying bilan teppa-teng -ku o’g’lim nimaga tinch yurmaysan. Yaxshiyam onang eshitmadi bu gaplarni, bilasan onang kasal endi bunday gaplarni ko’tarolmaydi. Qudalar oldida boshimni ko’tarolmay qoldim. Meni o’ylamasang-da onangni o’yla, u bechora tunu-kun sizlarni duo qilish bilan ovora, bilasan bir tarafda nevaralarga qaraydi uy ishlari ham oyingning zimmasida. Nevaralar hali yosh. Kelin ketib qolgan bilasan. Ukang ham hali Rossiyadan qaytmadi. Ixtiyor dadasini gaplarini eshitib jimgina tizza bukib o’tirgan, xuddi dadasi ko’z o’ngida ham uning bolalik paytlari bir-bir o’tdi. O’g’lini tizza bukib o’tirishi uning bolaligidan saqlanib qolgan odatlaridan biri edi. Birpayt onasi eshikni ochib achchiqqina choy keltirdi-da stol ustiga quyib, dasturxonga non va boshqa o’gli yaxshi ko’radigan pishiriqlar keltirdi. Qani dadasi choydan oling, o’g’limizga ham uzating dedi, dadasi indamay televizordan ko’zini uzmasdan jimgina qarab o’tirdi-da Ixtiyorga kosani uzatdi. Ixtiyor ham jimgina kosaga choy quyib dadasiga uzatdi. O’g’lim oshga qarayman sen yaxshi ko’rarding, bugun qolasanmi dedi. Mayli onajon osh jonu dilim bilasiz. Hechkim sizdek mazali osh damlay olmaydi-da oyi hattoki keliningiz Saida ham. Ha mayli o’g’lim sen dadang bilan choy ich men oshga aylanay deb xonadan chiqib ota-bolani yolg’iz qoldirdilar. Ixtiyor puling bormidi ha bor dadajon nima edi. Bugun o’yin bor katta yaqinda Rossiyadan Sobir akang kelgandi puli bor qimorga pulni ko’p tikyaptilar unda men ham siz bilan birga boray dadajon mayli oying oshni tayorlasin kechqurun oshni yeb borib kelamiz dedi. Hozir vodoprovod tortuvdik o’shani ozgina tuzatadigan joylari bor o’shani ishlab tashlaylik deb ota-bola sekin tashqariga chiqishdi. Ular anchagacha vodoprovod kelgan joylarga jo’mrak o’tqazishdi. Osh tayyor bo’lgach onaxon hammani dasturxonga taklif qilib oshni suzdilar. Bahodir aka bir suqum oshni tanovvul qilar ekan o’g’lim oshmisan o’ziyam osh bo’libdi-mi onanga shu pazandaligi uchun ham uylanganman hechbir ayol ulardek oshni damlay olmaydi. Onam bechora onagni ozodaligi uchun ham juda yaxshi ko’rardilar. Doyim ularni maqtagani-maqtagan edi to’g’rimi onajonisi. Eh dadasi juda maqtavormadizmi. Bu maqtovlar ham bekorgamas shekilli. Oshdan oling, deb nevaralariga qaradi. Shu payt eshik taqilladi kimdir birov Bahodir aka uydamisiz deb baqirdi. Ha keeling uydaman Ozodjon sizmisiz kiring ichkariga deb Ixtiyor ichkaridan chiqib ular bilan salomlashdilar.
-Iye ota o’g’il siz ham shu yerdamisiz qachon keldingiz. Ha aka bugun o’yinni mensiz o’tkazmoqchimidinglar, bormisiz aka marhamat qo’l yuving deb sochiq tutdi-da Ixtiyor ularni dadasi yoniga ichkariga taklif qildi, -o-o-v Bahodir aka qandoqsiz, opam yaxshimilar, deb opa bilan ham salomlashib qo’ydilar. Keling Ozodjon uydagilar kelin, farzandlar eson-omonmi o’tiring marhamat dasturxonga qarang
-Oshdan oling, hozir yana ovqat osh suzib kelaman deb onaxon xonadan chiqib oshxonaga ketdilar. Zab kebeizda ukam oshdan oling. Bahodir aka men ovqatlanganman vaqt ham allamahal bo’lib qoldi turaylik aka ham hali telefon qilgandi bizga qarab o’tirishibdi tezlataylik. Ixtiyor yur biz tashqarida kutib turamiz mashina yonida, deb endi fotiha qilib o’rnidan turishganida onaxon yana yangidan osh suzib keldilar. O’tirmaysizmi iye osh suzgandim Ozodjon, deb qo’lidagi patnosni dasturxonga qo’yishdi. Rahmat opa, rahmat meni yana bir boradigan joyim bor edi. Oshdan oldim juda shirin bo’libdi, rosa opa qo’lingiz shirin ovqatlangandim, agar osh qilganingizni bilganimda ovqat yemasdim- deb Ixtiyorga qaradi. Hay qo’yaver onasi qorni och bo’lganida o’tirardi deb karidorga chiqishdi. Onasi deb sekingina Bahodir aka ularni qo’llarini turtib xonaga tortdilar. Onasi ozgina soqqadan oling bilasiz onda-sonda do’stlarim bilan o’tirishimiz bor deb ularga qarab jilmayib qo’ydi. Mehri opa esa obbo siz-ey, xuddi yosh yigitga o’xshaysiz-a, yoshingiz bir joyga borib qolgan bo’lsa-da haliyam shu sho’xligingiz qolmadi-a sizni, mayli dadajonisi oling deb Bahodir aka qo’llariga o’zlari ul-bul narsaga kerak bo’lib qolar deb yiqqan pullaridan oz-moz olib qo’llariga tutqazdilar. Dadasi nima qilasiz o’g’lingizni sudrab ularni qoldiring uyda, ular sizdan o’rnak olsin desam, siz bo’lsangiz o’g’lingizga to’g’ri yo’l ko’rsatish o’rniga ularni qing’ir yo’lga boshlayapsiz shumi sizni o’g’limizga berayotgan tarbiyangiz deb xafa bo’ldilar. Mehri aya Bahodir aka bilan o’g’lini qayerga borayotgani, nima ishlar qilayotganlari haqida qimor o’ynashlarini bilardi. Ming afsus bo’lsinki ularni bu yo’ldan qaytarishga Mehri ayaning kuchi yetmas edi. Mehri aya juda chiroyli, oq yuzli, to’ladan kelgan, o’rta bo’yli, qoshlari o’ziga yarashgan, judayam latofatli ayol edi. Mehri aya ko’p bo’sh paytlarini shu ikkala nevarasiga bag’ishlab gohida ularni qu choqlab akalarini eslab yig’lab ham olardi. Chunki nevaralar juda kichik ona mehriga zor endigina bittasi 5 yoshdagisi qizaloq ikkinchisi esa 7 uoshar o’g’il nevara edi. Mehri aya bilan Bahodir aka nevaralarini juda yaxshi ko’rishar, ularga mehribon edi. Bolalarni dadalari Mehri ayaning kichik o’g’li esa o’sha paytlari Rossiya federatsiyasi davlatiga ishga ketgan har oyda bolalari va ota-onalariga esa xarajatlari uchun bank orqali pul jo’natib turgan edi. Kun ham allamahal bo’ldi. Birpayt ota-bola tong otgunga tomon mashinada kelib sekin ichkariga kirishib xonalariga uxlashga kirishdi. Mehri aya esa ularni sekin ichkariga uxlashga kirib ketganini sezdi lekin o’rnidan qo’zg’almay yana uxlab qoldi. Xayriyat dedi ich-ichidan jon omon kelishdi. Ertasi tong otdi. Mehri aya nevaralar bilan ertalabki nonushta qilishdi. Kun peshindan oshdi. Ota-bola uyqudan uyg’onib, choyga o’tirishdi. Ixtiyor dadasiga qarab, dada meni ostanovkagacha olib borib qo’ying, shaharga tushaman-da, keyin uyga qaytaman Saida ham qarab o’tirgandir. Birpayt ichkariga nevarasini ko’tarib Mehri aya kirib keldi. Ha ota-bola bu deyman yarim kechada menga bildirmasdan sekin kirib keldinglar. Nima bo’ldi xuddi suvga tushgan mushukday bo’lib qolibsizlarmi. O’tirish yaxshi ko’ngildagidek o’tmadimi deyamn deb piching gaplarni aytishi bilan Ixtiyor oyijon uyga qaytmoqchiman deb, ularni gaplarini bo’ldilar. Hal bo’ldimi endi oyijonimizni sog’inganiz tugadimi shumi sizni onangizga bo’lgan mehringiz o’g’lim.
Oyijon keliningiz va nevaralaringiz bilan kelaman. Ular ham buvijonimga olib boring deb aytib o’tirgandi. Xafa bo’lmang xo’pmi oyi, deb onajonlari yuzidan bir o’pib qo’ydi. Mayli o’g’lim qayerda yursangam sog’ bo’lgin mayli deb ko’zlariga yosh keldi. Dadasi tashqariga chiqib, mashinani uyoq-buyog’ini tekshirib Ixtiyorni chiqishini kutib turgandi. Ixtiyor onasi bilan xayrlashib tashqariga chiqdi, ona ham o’g’lini kuzatib qo’yay deb, Ixtiyorni ortidan ko’cha tomon chiqdilar. Ixtiyor esa ketdik-mi dada ha ketdik o’tir onang bilan xayrlashdingmi ha ular xafa bo’ldilar. Siz bilan ketib qolganimga. Yonida ular bilan o’tirmading deb xafalar. Ha o’g’lim ona-da, ona. Mayli ketdik deb mashinani haydadi. Ixtiyor aytgan joyiga dadasi olib bordi-da mashina eshigini ochar ekan, tinchgina uyinga qayt yana biron gap topib o’tirma.
Xo’p dada, xo’p deb dadasi bilan xayrlashar ekan, yanagi o’yinda men qolib ketmay bo’pti, bo’pti deb mashina eshigini yopib bahodir aka orqasiga qaytip ketdi. Ixtiyor bozor o’chor qilib yurib, bolalikdagi bitta tanishini ko’rib qoldi-da ikkalasi bozorga yaqinroq bir choyxonaga ovqatlanish uchun kirishdi. Biroz chaq-chaqlashib o’tirgach Ixtiyor do’stiga qarab qittay-qittay olamizmi deb, choyxona egasi yoniga bordi-da Ixtiyor anovingizdan bo’lsa, do’stim ikkalamizga bosh og’riqqa keltirib bering, aka dedi-da yana do’stini yoniga kelib o’tirdi. U kechasi o’yin haqida do’stiga gapirib berdi-da boshim tars yorilyapti ertalabgacha maishat bo’ldi dedi. Shu payt kimdir choyxonaga quyib, ikkita stakan va yegulik bilan olib keldi-da aka boshqa hechnarsa kerakmasmi dedi. Rahmat ukam yetadi sog’ bo’ling kerak bo’lsangiz o’zimiz chaqiramiz deyishdi. Bola qo’llarini ko’kragiga qo’yganicha yoqimli ishtaha akalar deb ortga qaytdi. Ol do’stim, deb Ixtiyor choynakdagi sharobni stakanlarga quyib do’stiga uzatdi. Do’stining ismi Bahrom edi. Bahrom uzun bo’yli, ozg’indan kelgan novcha yigit edi. Piyolani ichidagi oxu tugagach, Ixtiyor Bahromga qarab yangi go’zallardan yo’qmi dedi. Bittasi bor edi nima qilamiz soqqa bormi dedi Bahrom Ixtiyorga qarab, ha bor, bor sen topgin u yog’ini menga qo’y kecha yashirganlarim bor edi. Bahrom darrov telefonda kim bilandir gaplashdi-da tayyor dedi Ixtiyorga qarab. Ha juda chaqqonsiz-da, unda nima qildik ketdikmi ha albatta ketdik dedi Bahrom jilmayib. Ixtiyor choyxona kassasiga borib stol haqini to’ladi. Taksilar turgan joyga borishdi, shu payt kimdir Ixtiyorni ismini aytib baqirdi. U u yog’ bu yog’iga qarasa Shokir aka o’sha kungi taksist akani tanib, aka bo’shmisiz ha kelinglar deb o’zi mashinaga o’tirdi-da mashina eshiklarini ochib marhamat yigitlar dedi. Mashinaga o’tirgach hol-ahvol so’rashdi, akani do’sti Bahrom bilan tanishtirdi. Yaxshiyam tanidingiz dedi Ixtiyor. Biz taksistlar bir odamni ko’rdikmi darrov eslab qolamiz dedi-yu qayoqqa boramiz deb jilmaydi-da mashinani yoqdi. Bahrom ayt qayoqqa dedi orqasiga qarab, akag yo’lni tushuntir deb, tushunarsiz bir gaplarni aytib kulishdi. Ular aytilgan manzilga yetib borgach, yo’l chetida ikkita qizni ko’rishdi. Bahrom telefon qilsa, ular mana turibmiz-u dugonam bilan dedi. Aka mashinani hov turardi. Hozir qariyalar ham shunday. Ishdan qolgach esa men bu xarakterlarini umuman ko’rmadim ham, sezmadim ham. Ayrim onalarning qishlog’imizda “hoy, ehtiyot bo’l otangning jahllari yomon” - degan so’zlarini ko’p eshitganman. Lekin onam umri davomida biron marta biz farzandlariga bu so’zni hech ham aytmaganlar. O’sha onalarning bolalari ham otasini ko’rishi bilan yuvosh tortib qolishardi. Yoki ular bu gaplarni bolalariga uqtirib qo’ygandanmi, otasini ko’rishlari bilan darrov ichkarisiga o’zlarini urar edi. Men bunday voqealarni ko’pisini ko’rganman. Biz bo’lsak, otamizni bir kilometr nariroqdan ko’rsak ham yugurib, quvonganimizdan qichqirib oldiga chiqib, o’zimizni otajonim bag’riga otardik. Otam bizga ishdan qaytishda hamisha magazinga kirib mayda-chuyda saqich, xo’rozqand, semechka, yoz kunlari unga morojniy ham qo’shib olib kelardi. Harkuni shu odatini kanda qilmasdilar. Biz esa doim ularni ishdan qaytishini paylab harkuni hovli oldida yo’lga tikilganicha soatlab o’tirib qolgan kunlarimiz ham bo’lardi. Onamning qani uyga kiringlar-chi degan so’zlaridan keyin ichkariga bir pastda kirardiku yana onam boshqa uy ishlariga mashg’ul bo’lib qolsalar yana tashqariga chiqib otamni kutishni davom ettirardik. Keyin yoz kunlarini issig’idan, kuz va qish oylarining sovug’idan qo’rqqan onam bolalar kasal bo’lib qolishadi, sizni uyga qaytishingizni kutaverib deb otamga baqirardilar. Kasal bo’lishsa ana qo’shni vrach bor-ku derdilar kulib. Keyin mening bolalarim kasal bo’lishmaydi, onasi qo’yaver deb bizni bag’riga bosib erkalardilar. Lekin ular bu odatlarini faqat bizga emas, kimning uyiga mehmon bo’lib borsalar ham o’sha uyning katta-kichik yosh yalanlariga, hattoki kelinlarga ham doim mayda-chuyda narsalarni magazindan olib, cho’ntaklariga solib yurardilar. Ularning bu ahvolini hamma yaqinlarimiz bilishadi. Huddi biz qatori ular ham otamning bu sovg’alarini olib saqichlarini chaynab, morojniy va xo’rozqandlarini yeb katta bo’lganmiz, shuning uchunmi hamma ularni hurmat qilar, yaxshi ko’rib kelishganlar.
Yoz oylari ko’pincha kun chiqmasdan onam bizni uyg’otar edi. Apil-tapil ertalabki sutli choyni ichardik-u, tomorqa ishlarida onamga yordam berardik. Otam esa ko’pincha oshxonada bizga mazali taomlar tayorlardi. Ularning kartoshka jarkopini yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz. Bu ularning ham tez, ham eng oson ovqatlaridan biri edi. Soat o’n bir bo’lib peshinga yaqinlashi bilan kunning issig’i odamning yuzini qizartirib yuborardi. O’sha paytga biz uchun ovqat ham choy ham tayyor bo’lardi. Darrov muzdekkina hovli ichkarisiga kirib oyoq qo’llarimizni yuvib olardik-da qornimiz ochiqqanidan dasturxon atrofiga aylana bo’lib o’tirib olardik. Onam esa yana ichkariga kirishi bilan otamlarga yordamlashib ketardilar. Tinim bilmas, hech ham charchamas, harqanday qiyinchilikga ham sabr bilan bardosh beradigan, Allohimning bergan barcha sinovlarini ham mag’rur turib kutib oladigan ayol edilar. Bitta qo’shnilar bor edi. Ismlari Xalimaxon yoshgina juvon edi. Uyida sal janjal chiqgudek bo’lsa, oyimnikiga ketaman xola deb onamning oldilariga yugurib kelardi. Ularni ahyon-ahyonda onam bilan gaplashib turishganini eshitib qolardim. Kecha meni Nosir akam shunday so’kdi, shunday tepkilab do’pposladiki, qizlarim mening dod voy solishimdan chinqirib yig’lab yuborishdi. Bu harom o’lgur bolalarini ham ayamaydi deb erini rosa so’kib gapirardi. Onam bo’lsa Xalimaxon qo’ying qo’shnijon shaytonga hay bering qizim. Bir etak bolangiz bor, otangiznikiga bir kun boringki, bir oy sig’arsiz. Keyin-chi, keyin nima bo’ladi. U yerda keliningiz bilan joy talashib, ukangiz bilan urishib o’tiraverasizmi. Bu yerda hayhotdek hovlini eringizni bitta o’ziga tashlab ketaverasizmi? Uning ustiga qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’y deganlaridek, ularning oldida kim degan odam bo’lasiz. Mundoq o’ylanib ko’ring qizim deb ularga nasihat aytib gaplashayotgan ekanlar. Eri o’lgur ayolni onasini ham rosa so’kibdi. Ayol bo’lsa tinmay onasini so’kkaniga zarda qilib, hoh onamni so’kgan tiling kesilgur deb rosa qarg’ardi. Hamma vaqt aybni mendan axtaradi-yu, o’zi oppoq emish yashamagur deb ham gapini orasida qo’shib qo’yadi. Xudoyim xudo banda o’lmasa, toshdek qotmasa rozimasman derdi. Qo’ying qarg’ayvermang, qizim yaxshi gap ham, yomon gap ham og’izdan, xafa bo’lmang. Bir kun emas, bir kuni eringizga ham aql kirar ahir sabrli bo’ling siz ham deb onam uni yupatishga urinardi. Qarg’ayvermang bechora bolani, yana nolalaringiz Allohimga yetib borib o’tirsa, yomon bo’ladi-ya jon qizim dredi. Yo’q ketaman xola bunisi odam bo’lmaydi deb ayol qaytanga yana ham shang’illay boshladi. Bir etak bola bilan ko’chada yig’lab yurmang deyman. Undan ko’ra shularning shukrini qilib o’tirsangizchi jimgina derdi. Oyijonimning tor qorniga siqqan, keng uyiga sig’maymanmi? - deb yana o’sha gaplarni onamga takrorlab aytib oyijonimni boshlarini qotirardi. Xuddi o’zlarini hasratlari yetmagandek, bunisi endi ortiqchalik ham qilardi. Shu payt ular ham onamga tikilgancha jimib qoldilar. Oralaridagi bir oz sukutdan keyin voy xola yuzingizga, mana peshonangizga nima qildi dedilar. Onam bo’lsa, kechqurun lampa o’lgur sigirni sog’ishga borganimda o’chib qoldi.
O’shanda biz qizlar kichkina bo’lsak-da, otamning bu vajohatidan hayron qolganmiz. Onamning o’sha qo’shni ayolga aytgan gaplaridan keyin ortiq ularni tinglab turolmadim. Chunki onamning ahvoliga achinganimdan tinmay ko’zimga yosh keldi. Lekin bu ko’z yoshlar hech ham avvalgi yoshlarga o’xshamasdi. Biroq shunday bo’lsada, otamdan hafa bo’lmaganman. Chunki beayb parvardugor. Ota-onam o’rtasidagi bo’lib o’tgan bu janjalda biz uchala qiz ham uyda yo’q edik. O’sha janjaldan keyin ham ota-onam yana avvalgidek bir-biri bilan gaplashib ketavergan. Shuni aytsalar kerak, er-xotinning urushi, doka ro’mo’lning qurishi deb.


Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin