Kasbim tarixi



Yüklə 17,68 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü17,68 Kb.
#100773
Kasbim tarixi


KASBIM TARIXI

O’qituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud.


Chunki inson faqat ta'lim-tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy o'choqlarida topilgan tarixiy-madaniy obidalar bu o'lkalarda o'qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini ko'rsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar o'qituvchilik bilan shug'ullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega bo'lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina o'qituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli shaharlarida grammatistlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko'pincha o’z shaxsiy maktablariga ega bo'lganlar. Boy oilalarda esa, ta'lim tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar («pedagog» so'zi shundan kelib chiqqan), ya'ni «bola yetaklovchilar» deb atalgan. Rim imperiyasida O'qituvchi imperatc nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. O'rta asrlarga kelib, G'arb mamlakatlaridc O’qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug'ullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan takli etilgan yollanma O’qituvchilar paydo bo'ldi. Texnika taraqqiy etib, odamlar ko'payishi bilan O’qituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki ma'lum darajada ta'lim ko'rmag odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, ko'plab maktab va o'qituvchi kerak bo'lardi. Ayni vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy o'qituvchilaridan foydalanish keng yoyildi.
Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston o'lkasida ham o'qituvchi eng qadimiy va obro'li kast hisoblanib, «ustoz» deb e'zozlangan. O'lkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning o'qituvchilari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. O'lkamizda qizlarni o'qitishga ham alohida e'tibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o'qituvchilari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Ta'lim davlatdan ajratilganligi, bolalarning o'qishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o'qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa ko'rgan yoki maktabdan so'ng o’z ustida ishlagan savodli kishi o'qituvchilik bilan shug'ullanishi mumkin bo'lgan.
19-asrning oxiridan, ya'ni o'lkada ma'rifatchilik harakati paydo bo'lishi bilan o'qituvchining saviyasiga alohida e'tibor beriladigan bo'ldi. Turkistonda an'anaviy yo'sinda o'qitadigan o'qituvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan o'zlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat ko'rsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. O'qituvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uyg'onish bo'lishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.
O’qituvchilar oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo'lgan. Jamiyat gullab, yashnagan davrda unga e'tibor yuksak bo'ldi yoki o'qituvchining mavqei ko'tarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabrto'ntarishi amalga oshgandan so'ng va sho'rolarning o’z oldiga qo'ygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda o'qituvchi tayyorlash yo'lga qo'yildi. Chunki butun o'lka bo'ylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli o'qituvchilar sho'ro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan bo'ldi. Ta'lim tizimi ham mafkuraga bo'ysundirilgan sho'ro davrida o'qituvchilar hukmron siyosatni o'tkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita ta'limtarbiyaga tegishli bo'lmagan turli g'oyaviy- siyosiy hamda tashkiliy ishlarga me'yoridan ortiq jalb etildi. O'ziga xos bo'lmagan ishlar bilan shug'ullanish o'qituvchilarobro'sining pasayishiga olib keldi.
Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari O’zbekistonda ham 1936 yil 10 apr.dan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy o'qituvchi unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. O'shandan boshlab ped. o'quv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda o'qituvchi ixtisosligi beriladigan bo'ldi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o'qituvchilarni tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi. Bu «Ta’lim to’g’risida»gi qonun (1997 yil 29 avg. da qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topdi. O'zbekistonda o'qituvchilar universitetlar, ped. o’qu yurtlarida tayyorlanadi. O’qituvchi o’z pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda o'qituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir O’. ga o'qituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda haryili 1 oktyabrda «O’qituvchilar va murabbiylar» kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada «O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi», «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi» singari faxriy unvonlar mavjud. O’qituvchilarga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq to'lanadigan eng uzun mehnat ta'tili belgilangan. Shuningdek, o'qituvchilar uchun xalq ta'limi va pedagogik gazeta va jurnallari, jumladan, o'zbek tilida «Ma’rifat», rus tilida «Учительская газета» («O’qituvchilar gazetasi») gazetalari, «Xalq ta’limi», «Boshlang’ich ta’lim», «Uzluksiz ta’lim», «Ta’lim taraqqiyoti», «Ta’lim va tarbiya», «Til va adabiyot ta’limi» jurnallari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.
Shuni aytish kerakki, o'qituvchilik kasbi alohida ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat a'zolarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham o'qituvchining professional jihatdangina yetuk bo'lishi kifoya qilmaydi. Uning ma'naviy olami o'quvchilarga singdirilishi ko'zda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga to'yingan bo'lishi kerak. O'qituvchilar tayyorlanadigan o'quv yurtlarida ayni shu jihatga alohida e'tibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani o'qituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni to'la uddalaydigan o'qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga ta'sir ko'rsata oladi. Istiqlol davri o'qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini ta'minlash omilidir.
Yüklə 17,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin