Kasbiy foaliyatda power point dasturi foydalanish



Yüklə 26,68 Kb.
səhifə3/4
tarix08.08.2023
ölçüsü26,68 Kb.
#138952
növüДиплом
1   2   3   4
POWERPOINT ТАҚДИМОТ ДАСТУРИ

Анимациялар ҳосил қилиш.
Taqdimot loyihalashtirib bo`lingandan so`ng taqdimot yaratishning 2-bosqichi, ya`ni animatsiya samaralarini (effektlarini) hosil qilish bosqichiga o`tiladi.
Animatsiya samaralari Показ слайдов menyusining buyruqlari orqali hosil qilinadi.
Показ слайдов menyusi buyruqlari va ularning vazifalari quyidagilar:
Эффекты анимации buyrug`i orqali slaydlarga tayyor formatdagi animatsiya samaralarini qo`llash mumkin. Buning uchun Эффекты анимации buyrug`i orqali ochilgan o`ng tomondagi Эффекты анимации panelidagi tayyor animatsiya samaralari namunalaridan birini tanlash kifoya. Animatsiya slaydga qanday qo`llanilganligini ko`rish uchun Эффекты анимации oynasining Просмотр buyrug`ini bosib ko`rish lozim. Shuni eslatib o`tish kerakki, slaydga animatsiya samaralarini qo`llayotganda albatta kerakli slayd belgilangan bo`lishi lozim.
Настройка анимации buyrug`i. Doimo Эффекты анимации buyrug`i orqali o`rnatilgan animatsiya samaralari foydalanuvchi didiga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda albatta Настройка анимации buyrug`idan foydalangan ma`qul. Bu buyruq orqali slaydning har bir elementiga alohida animatsiya samaralarini qo`llash mumkin. Buyruq bosilganda o`ng tomonda Настройка анимации paneli ochiladi. Joriy slaydning kerakli elementi yoki elementlari belgilanib, Добавить эффект buyrug`i bosiladi. Natijada navbatdagi menyu buyruqlari ochiladi.

Bu buyruqlar orqali tanlangan elementning paydo bo`layotgan, paydo bo`lgandan keyingi, yo`qolayotgan holdagi animatsiya samaralarini o`rnatish mumkin. Animatsiya samaralarini o`rnatayotganda albatta tartib bilan, ya`ni dastlab elementning kirib kelishi, oxirida elementning chiqib ketish parametrlarini o`rnatish maqsadga muvofiq. Yaratilgan animatsiyalar Настройка анимации oynasida ro`yhatga olib boriladi:


Agar biror animatsiya noto`g`ri o`rnatilgan bo`lsa, uni belgilab oynadagi Изменить buyrug`ini bosish orqali animatsiyani o`zgartirish, noto`g`ri o`rnatilgan bo`lsa, Удалить buyrug`ini bosish orqali animatsiyani o`chirish mumkin. Agar animatsiyalar o`rnini almashtirish lozim bo`lsa, Порядок strelkalarining keraklisini bosish lozim.
Bundan tashqari Настройка анимации oynasidagi Начало va Скорость buyruqlari orqali elementning kelish parametri va tezligini o`zgartirish mumkin:

Yüklə 26,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin