Bilishi zarur: a) O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarini;
b) Davlat ta‘lim standartlari talablari va mazmuni, jamoani samarali boshqarish usullari, xodimlarni, ularni o’qitish va tarbiyalash sifati, standart talablarini qo’llash natijalariga bog’langan holda moddiy va ma‘naviy rag’batlantirish tizimi va usullarini;
v) kadrlarni tanlash va joy joyiga qo’yish usullari, ularni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini;
g) pedagogikani, pedagogik psixologiyani, o’smirlar fiziologiyasini, ta‘lim muassasasi faoliyatini tashkil etishning sanitar gigienik talablarini, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalarini;
d) ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq qilish usullarini;
e) o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullarini;
j) ta‘lim muassasasi va pedagoglarni attestatsiyadan o’tkazish tartibi va mezonlarini;
z) yoshlarga oid qonun hujjatlarni.
Bajara olishi zarur: a) ta‘lim muassasasi va alohida olingan o’qituvchilar faoliyatini tahlil qilish, eng ahamiyatli muammolarni aniqlash va ularni hal etishning samarali yo’llarini belgilash;
b) ta‘lim muassasasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ta‘lim muassasasini boshqarishni tashkiliy tuzilmalarini hosil qilish va shartnomalar tuzish, nizomlar, qoidalar, lavozim yo’riqnomalarini ishlab chiqish, ishchi yig’ilishlar, suhbatlarni olib borish;
v) hudud iqtisodiyotining kichik mutaxassis kadrlarga bo’lgan kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish;
g) pedagogik jamoada sog’lom psixologik muhitni yaratish.
Malaka talablari: a) akademik litsey, kasb-hunar kollejining ta‘lim yo’nalishlaridan kamida bittasi bo’yicha yoki bilim sohasi bo’yicha, shuningdek ta‘lim muassasasi joylashgan hududning kadrlar rotentsialini hisobga olgan holda, istisno tariqasida umumta‘lim fanlari bo’yicha oliy ma‘lumot (madaniyat, srort hamda tibbiyot sohasi bundan mustasno);
b) ta‘lim tizimidagi (pedagogik, o’quv-tarbiyaviy, o’quv-uslubiy faoliyati) ish staji 3 yildan kam emas, shu jumladan ta‘lim tizimida kamida 1 yil boshqaruv lavozimlarida ish staji.
Ta‘lim muassasasi yo’nalishi bo’yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo’lganda rahbar lavozimlardagi shaxslarga ish staji talab qilinmaydi.