19
ashyo bazasi sifatida qolaverdi. Demak, bu davrda ta’lim sohasidagi inqiroz
jamiyatning siyosiy va iqtisodiy inqiroziga mos tushdi.
1981-1986 yillarda hunar-texnika ta’limi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari
quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Yillar
O‘quv yurtlarining
soni (yil oxiridi)
Ularda o‘quvchilar
soni (ming kishi)
Qabul qilingan
o‘quvchilar soni
(ming kishi)
Tayyorlangan
malakali ishchilar
(ming kishi)
1981
519
225,1
159,7
158,7
1982
557
246,0
167,8
159,1
1983
590
259,5
172,0
142,8
1984
567
276,8
181,9
151,7
1985
568
290,6
192,5
166,1
1986
565
303,2
191,4
169,5
1987-1990-yillarni o‘ziga qamrab olgan inqiroz davri. Bundan oldingi
bosqichdagi salbiy holatlar yanada aniq kuchayib borib, hunar-texnika ta’limi tizimi
haddan tashqari obro‘sizlandi. Natijada umumta’lim maktablarida o‘qishni
hohlamagan va o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarni hunar-texnika talimi tizimiga
ommaviy ravishda majburan yuborilishi odat tusiga aylandi. Korxonalarda ishchilarga
bo‘lgan talabga nisbatan tayyorlangan ishchilarning tayyorgarlik darajasi orasida
keskin farqlar sezila boshladi. Iqtisodiy tanglik holati sharoitida hunar–texnika
ta’limiga ajratilgan mablag‘ hajmi ham tabiiy ravishda kamaydi. Bir so‘z bilan
aytganda, jamiyat hayotidagi siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hunar-texnika
ta’limidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Tez o‘zgaruvchan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarga moslasha oladigan ishchi kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini
qayta ishlab chiqish zarurati kun tartibiga qo‘yildi. O‘quv muassasalarining o‘zlari
yetishmayotgan mablag‘larni topish yo‘llarini izlay boshladilar. Natijada turli
sohalarga tegishli o‘quv-ishlab chiqarish markazlari tashkil etila boshlandi. Bular
alohida o‘quv yurtlarining moslashishiga imkon bergan bo‘lsada, yaxlit kadrlar
tayyorlash tizimini o‘zgartira olmadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish
hunar-texnika ta’limini boshqarish, uni rejalashtirish va oldindan bashorat etish
metodlari, qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini izlab topishni talab
etadi. Shuning uchun u ham yaxlit moslashuvchan tavsifga ega tadbirlar tizimini
ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Dostları ilə paylaş: