1991-1996-yillarni o‘ziga qamrab olgan moslashuvchanlik davri. 90-
yillarning
boshlarida
hunar-texnika
ta’limi
tizimining
ko‘plab
miqdor
ko‘rsatkichlarining kamayishi sekinlasha bordi. Demak, bu tanglik davri bosib
o‘tilganligidan guvohlik berar edi, 1992-yilga kelib sekin-asta tayyorlangan
mutaxassis kadrlar va o‘quv yurtlari soni ham barqarorlasha boshladi. 1993-yilga
kelib hunar-texnika ta’limiga qabul qilishda ortish ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Respublikamizda 1990-1996-yillarda hunar-texnika ta’limining asosiy
ko‘rsatkichlarini rivojlantirish quyidagi 3- jadvalda o‘z ifodasini topgan:
3-jadval
Yillar
O‘quv yurtlarining
soni (yil oxiridi)
Ularda o‘quvchilar
soni (ming kishi)
Qabul qilingan
o‘quvchilar soni
(ming kishi)
Tayyorlangan
malakali ishchilar
(ming kishi)
20
1991
450
211,6
111,5
113,4
1992
445
210,7
111,9
104,1
1993
439
219,0
125,4
100,8
1994
437
212,5
126,2
115,6
1995
439
218,2
132,4
118,7
1996
442
220,0
128,4
122,0
Bu davrda davlatning asosiy vazifasi fuqarolar huquqi va qiziqishlarini
himoyalash, eng avvalo yoshlarning konstitutsiyaviy bilim olish, kasb egallash
huquqlarini himoya etishdan iboratligiga qat’iy amal qilindi. Mustaqillik qo‘lga
kiritilgan ilk kunlardan boshlab “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ustida ishlar
olib borildi.
Natijada 1997-yilda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun ham 1997 yil 29 avgustda
qabul qilindi.
1997-yil boshida Respublikada umumiy 221ming o‘quvchilari bo‘lgan 442
kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatar edi. Ularning tarkibi 209 ta kasb-
hunar maktablari 180 kasb-hunar litseylari va 55ta biznes maktabdan iborat edi.
Moslashish davri kasb-hunar ta’limi tuzilmasi o‘quv yurtlarining turlari
bilangina emas, balki o‘qish muddati va qabul kilish shartlari bilan ham yetarli
darajada murakkab ekanligi quyidagi 4- jadvalda o‘z aksini topgan:
4-jadval
O‘quv yurtining nomi
va mablag‘ bilan
ta’minlanish manbai
O‘qish muddati
Qabul qilish shart-
sharoiti
Bitiruvchilarga
beriladigan hujjat nomi
1. Kasb–hunar maktab
davlat byudjeti
1,5
2
3
1
9-sinf negizida
9-sinf negizida, suhbat
9-sinf negizida ,suhbat
11-sinf negizida, test
asosida
Kasb haqida attestat
Kasb haqida attestat
O‘rta ma’lumot va kasb
haqida diplom
Kasb haqida diplom
2. Kasb–hunar litseylari
davlat byudjeti
1 bosqichli, 2 yillik
Ikki bosqichli to‘rt
yillik
9-sinf negizida, test
asosida
Birinchi
bosqichdan
so‘ng
To‘liq o‘rta va kasbiy
ta’lim to‘g‘risida diplom
O‘rta maxsus ta’lim
haqida diplom
3. Biznes-maktab davlat
byudjeti
Uch yil
9-sinf negizida test
asosida
To‘liq o‘rta ma’lumot
haqidagi diplom
4. Fuqarolarning to‘lov
vositalari hisobidan
1 yil
11-sinf negizida test
asosida
Tadbirkorlik
asoslari
bo‘yicha
kasb-hunar
diplomi
1996-yildan boshlab hunar-texnika bilim yurtlarining moliyalashtirish asosan
joylarning byudjetiga o‘tkazildi. Yuqorida zikr etilgan tadbirlar ma’lum ma’noda
hunar-texnika ta’limining barqarorlashishiga imkon berib, uning imkoniyatlarini
saqlab qoldi. Lekin barcha muammolari yechimini topa olmadi.
Bunday muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot negizining yetarli darajada
emasligi;
- yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi;
21
- o‘quv-metodik, ilmiy adabiyotlar va didaktik materiallar bilan sifatli va
yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
- kadrlar tayyorlash tizimida fan va ishlab chiqarish orasida uzviy o‘zaro ta’sir
va manfaatli integrasiyaning mavjud emasligi va hokazolar.
Bu muammolarning yechimini topish maqsadida 1997-yil 29 avgustda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul
qilingan bo‘lib, ular Vatanimiz kasb-hunar ta’limini yangi sifat bosqichiga
ko‘tarishga imkon berdi. 1997-yildan shu paytgacha bo‘lgan davr ichida o‘qish
muddati uch yil bo‘lgan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi yaratildi. Bu
tizim akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini o‘ziga qamrab olib, ixtiyoriy
majburiy ta’lim turi deb ataldi.
Ma’lumki, insonning har bir hatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana
shu ongli hatti-harakatlar psixolog olim P.Y.Galperin va uning maslakdoshlari
fikricha quyidagi uch asosiy bosqichni o‘ziga qamrab oladi:
Birinchi bosqich mo‘ljalga olish deb nomlanib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadini belgilab oladi, ya’ni bajaradigan ishlarini rejalashtiradi, maqsadga erishish
omillarini modellashtiradi.
Ikkinchi asosiy bosqich. Amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-
sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda hatti-harakatlar
amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi.
Uchinchi bosqich nazorat qilish va o‘zgartirish kiritish (takomillashtirish)
bosqichi hisoblanib, unda ko‘zlangan maqsad bilan olingan natija qiyoslanadi va
kerakli xulosa chiqarilib, zarur bo‘lsa, rejalashtirish va amalga oshirish
bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi, shakli va kechishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-
tarbiya ishi ham ushbu yuqoridagi qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak, ta’lim-
tarbiya ishi ma’lum meyorlar doirasida amal qiladi. Bu meyorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi
mazmun, shakl, zamon, makon hamda natijalar nuqtai nazarida samarasiz bo‘ladi.
Aslini olganda, maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy
ishlar aniq maqsadni ko‘zlab reja asosida kechadi.
Ma’lumki, Respublikamizda kasb-hunar ta’limi: elementar; o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi bosqichlarida amalga oshiriladi va maxsus belgilangan hujjat bilan
tasdiqlanadi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kasb-hunar kollejlarida amalga
oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunida “Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibining
tanlanganligi hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim
muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash
hamda tegishli o‘quv fanlaridan “chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi”
1
deb
ko‘rsatilgan.
Kasbiy tayyorgarlik iqtisodiyotning muayyan sohasida muvaffaqiyatli kasbiy
faoliyat ko‘rsatishga imkon beradigan maxsus bilim, ko‘nikma, malaka va mehnat
tajribalari kabilar majmuasidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, T.- 1997y.
22
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi amaldagi Qonunining 13-
moddasida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta
ta’lim asosida akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishning yo‘nalishini
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar bo‘yicha
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni,
ularni tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtidir” –
deb ko‘rsatilgan.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar, yuqorida zikr etilganidek,
ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik va
kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Kasb-hunar ta’limi tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – kasb-hunar
kollejlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy aloqada bo‘lishidadir. Kasb-
hunar kollejlari uchun baza bo‘lgan korxonalar o‘quvchilar uchun kerakli jihozlar,
asbob-uskunalar ajratadi, korxona sexlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun
imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalarga asoslanib, kasb-hunar
pedagogikasining vazifasi yoshlar tomonidan kasb-hunar sir-sinoatlarini egallash
qonuniyatlarini o‘rganish hamda pedagogik amaliyotga qo‘yilgan maqsadlarga
maqbul erishish omillarini ko‘rsatishdan iboratdir, deb xulosa chiqarish mumkin.
Ko‘p asrlik kishilik jamiyatining amaliy tajribalari, falsafa, jamiyatshunoslik,
pedagogika va psixologiyaga oid g‘oyalar, dunyo miqyosida kechayotgan ta’lim-
tarbiyaga oid bilimlar, maxsus pedagogik tadqiqotlar natijalari, izlanuvchi pedagog
novatorlar tajribalari va shu kabilar Kasb-hunar ta’limi pedagogikasini
rivojlantiruvchi manbalardir.
Shunday qilib, kasb-hunar pedagogikasi nisbatan yangi va rivojlanuvchi fandir.
U kasb-hunar ta’limi tizimining takomillashuvi jarayonida umumiy pedagogikadan
maxsus soha sifatida ajralib chiqdi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining o‘z obekti,
predmeti, prinsiplari, maqsadi, mazmuni, tashkiliy shakllari, metod va vositalari,
o‘ziga xos kategoriyalari mavjud bo‘lib, ular fanning asosini tashkil etadi.
Zamonaviy kasb-hunar ta’limining asosiy xususiyati - uning integratsiya
yo‘nalishi (tendensiyasi) hisoblanib, bu holat ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Agar
tashqi integratsiya umumjahon ta’lim makonini qurish bilan bog‘liq, ya’ni turli
mamlakatlarda to‘plangan tajribalardan foydalanishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, ichki
integratsiya predmetlararo yondashuv asosida integrativ kurslar tuzishni ko‘zda
tutadi. Ana shunday integrativ o‘quv predmetlaridan biri kasb-hunar
23
pedagogikasining o‘zi hisoblanadi. Chunki u kichik mutaxassislar tayyorlashning
zaruriy va yetarli mazmunining darajasini belgilovchi Davlat ta’lim standartlariga
binoan yaratilmoqda.
Kasbiy ta’limning shakllanishi: yosh avlodni mehnat faoliyatiga tayyorlash
muhim ijtimoiy pedagogik vazifa bo‘lib, insoniyat jamiyati o‘z tarixida bu masalani
turlicha yechimini topishga harakat qilgan. Dastlabki paytlarda bolalarni mehnatga
tayyorlash bevosita mehnat faoliyati jarayonida amalga oshirilgan. Dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilikning paydo bo‘lishi yoshlarni hayot faoliyatiga
maxsus tayyorlash zarurligini muhim masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi. Shunday
qilib, aqliy va jismoniy mehnat ajraldi. Uzoq o‘tmish tarixda ustoz-shogird tizimi
paydo bo‘ladi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, takidlash joizki, hozirgi jadal sur’atli fan-texnika
taraqqiyoti natijasida kasbiy mehnat mazmuni va xarakteri jadal ravishda
o‘zgarmoqda, texnika sohasidagi yangiliklar ishlab chiqarish jarayoniga tezkorlik
bilan joriy etilib, insoniyat jamiyatining tinchligi, farovonligi ta’minlanmoqda. Bunga
ko‘plab rivojlangan mamlakatlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Ana shunday
yetakchi mamlakatlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallayotgan Respublikamiz
uchun yuqori malakali, keng ixtisosli, mehnat bozorida raqobatlasha oladigan
mutaxassis kadrlarga talablar qo‘yilgan ( 5-jadvalga qarang).
Mutaxassis kadrlarga qo‘yilgan talablar
5-jadval
Asoslar
Kadrlar tayyorlashga qo‘yilgan talablar
Sanoatlashgan jamiyatga o‘tish, xalqaro o‘zaro
ta’sirlar masshtabini kengayishi
Kommunikabellik,
tolerantlik,
ijtimoiy
moslashuvchanlik,
axborot
texnologik
madaniyat, moslashuvchan tafakkur.
Xalqaro hamkorlikda yechimini topish mumkin
bo‘lgan global muammolarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi
Dunyoqarash va tafakkurni global, tizimli,
axborot texnologik loyihalash.
Iqtisodni dinamik rivojlanishi, raqobatning
kuchayishi, malakasiz mehnatning qisqarishi,
bandlik sohasidagi chuqur tuzilmaviy o‘zgarishlar
Kasbiy kompetentlik va mobillik, muntazam
ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlashga
talab, raqobatbardoshlik
Ishbilarmonlikning rivojlanishi, individual-
xususiy faoliyat, mehnat bozorini tuzish. Kadrlar
tayyorlashga talab va taklif
Ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik, o‘z kasbiy
mahoratini oshira borish, mustaqillik, ijodkorlik
Tez, to‘g‘ri, mustaqil ravishda qabul qilish,
dinamik ravishda ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarining o‘zgarishi. O‘zi va kasbiy faoliyat
natijalarini tahlil eta bilish.
Kasbiy mustaqil, javobgarlik, kreativlik,
adekvat o‘z-o‘zini baholash kabilar.
Dunyo miqyosidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ishlab chiqarishdagi texnik va
texnologik o‘zgarishlar kadrlar tayyorlashga yangi talablar qo‘ymoqda. Rossiyalik
olim E.F.Zeyer tomonidan K.K.Platonov g‘oyalariga asoslangan holda, to‘rt
komponentli mutaxassis tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda kasbiy fazilatlar
shaxsning ijtimoiy-psixologik va psixofiziologik komponentlari, talab etiladigan
ixtisosliklar kabilarni o‘ziga qamrab oladi (6 va 7-jadvallarga qarang)
Mutaxassis tuzilmasi
6-jadval
T/r Kasbiy fazilatlar
Shaxsning ijtimoiy
Talab etilgan kasbiy muhim
24
psixologik
va
psixo-
fiziologik komponentlari
ixtisosliklar
1.
Kasbiy yo‘nalganlik
Moyillik,
qiziqishlar,
munosabatlar, kutayotgan
natijalar
Ijtimoiy
kasbiy
qobiliyatlar:
hamkorlik
qilishga
tayyorligi,
yutuqlarga intilish, kasbiy jihatdan
o‘sishga
tayyorlik,
ijtimoiy
javobgarlik, ishonchlilik
2.
Kasbiy kompetentlik
Kasbiy bilim, malaka va
ko‘nikma, ixtisoslik
Ijtimoiy-huquqiy
va
iqtisodiy
kompetentlik, maxsus kompetentlik,
shaxsiy kompetentlik, (bir kasb)
doirasidan tashqari bilim, ko‘nikma
va malakaga ega bo‘lish kabilar
3.
Muhim kasbiy fazilat
Diqqat-e’tiborlilik,
kuzatuvchanlik,
qat’iyatlilik,
kirishuvchanlik,
mustaqillik, o‘zini nazorat
qila olishlik
Kasbiy mustaqillik, ijtimoiy kasbiy
intellekt, texnologik jarayonlarni
rejalashtira
olish
qobiliyati,
tashhislash
qobiliyati,
kasbiy
moslashuvchanlik va shu kabilar.
4.
Muhim
kasbiy
psixologik-fiziologik
fazilatlar
Ekstravertivlik, chamalash,
reaktivlik
Umumlashgan kasbiy qobiliyatlar:
ish-harakatlaridagi
muvofiqlik,
tezkor reaksiya, chamalay olish,
chidamlilik,
sabr-toqatlilik,
qat’iyatlilik kabilar.
Muhim kompetentlik mazmuni
7-jadval
Kompetensiya
Kompetentlik mazmuni
Ijtimoiy
O‘ziga javobgarlikni olish, oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida o‘z
qiziqishlarini ishlab chiqish va jamiyat talablariga uyg‘unlashtira olish
Kommunikativ
Og‘zaki va yozma muloqot texnologiyalarini o‘zlashtirganlik, shuningdek,
kompyuter dasturlari va internet tizimi bilan ishlay olish
Axborotchilik
Axborot resurslari, texnologiyalari, olingan axborotlarga o‘z munosabatini
bildira olish yoki pedagogik ishlov berib o‘quvchilarga tushunarli holga
yetkaza olish
Maxsus
Kasbiy vazifalarni mustaqil va ijodiy bajarishda o‘zi va o‘zgalar ishini
obektiv baholash.
Kognitiv
Muntazam ravishda o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga tayyorgarlik,
shaxsiy imkoniyat- larini dolzarblashtirish va amalga joriy etish, mustaqil
ravishda bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish qobiliyati, o‘zini
doimo rivojlantirishga intilishi va shu kabilar.
Professionalizm (kasbiy yetuklik)ning eng yuqori darajasi kasbiy mahorat
hisoblanib, u kasbiy faoliyatning mohirlik cho‘qqilarini zabt etishni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich (elementlar) kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida, qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslarida ma’lum tor ixtisoslikni
egallashga imkon beradi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim
negizida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, tanlagan kasbi bo‘yicha bir yoki bir
necha ixtisoslikni egallashni ta’minlaydigan o‘qish muddati uch yillik ta’limdir.
Oliy kasb-hunar ta’limi - yuqori malakali mutaxassislarni ikki (bakalavriat va
magistratura) bosqichda tayyorlaydi.
Kasb-hunar ta’limining tarixan vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagi omillar
bilan asoslanadi:
25
- mehnat sohalarining bo‘linishi, jismoniy va aqliy kasblar sonining ortishi;
-urbanizatsiya, ya’ni jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshishi;
-fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining
yaratilishi hamda tezkorlik bilan amaliyotga joriy etilishi kabilar.
Ijtimoiy institut sifatida kasb-hunar ta’limi tizimi quyidagi uch asosiy vazifani
bajaradi, bular: ta’limiy (ta’lim, tarbiya berish, shaxsni rivojlantirish), iqtisodiy
(mehnat bozorida raqobatlasha oladigan kichik mutaxassis kadrlar tayyorlash) va
ijtimoiy-madaniy (ijtimoiy faol, mustaqil holda izlanuvchan faoliyat ko‘rsatuvchi
ma’naviy yetuk shaxsni shakllantirish). Bu vazifalar kasb-hunar ta’limining
rivojlanish tarixida minglab yillar davomida shakllangan. Sharq pedagogik tafakkuri
antologiyasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va xalq hunarmandchiligi tarixiga
oid manbalar tahlili bunga misol bo‘la oladi.
Bu haqda X.X.Tilashev, A.Ismoilov, M.M.Hayrullayev, I.Xusanxo‘jayev,
N.Boboyev, B.G.G‘ofurov, A.X.Qosimjonov, M.X.Xursandov, X.F.Rashidov,
D.A.Zohidova, X.Homidiy va ko‘plab shu kabilar vatandosh olimlar tomonidan nashr
ettirilgan ishlarda muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shu o‘rinda Rossiyada tashkil
etilgan dastlabki ta’lim muassasalari qatoriga Pyotr I tomonidan tashkil etilgan
navigatsiya maktabi, artilleriya maktabi (1712), harbiy feldsherlik maktabi (1754),
san’at bilim yurti (1783), o‘qituvchilar seminariyasi (1786) kabilarni ko‘rsatish
mumkinligi rus pedagog olimi V.D.Purin tomonidan ta’kidlangan.
Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib, bir qancha rivojlangan
mamlakatlarda ta’limning mumtoz (klassik) umumiy va oliy turiga qo‘shimcha yangi
yo‘nalishini shakllantirish muammosi kelib chiqdi. Y.A.Komenskiy, Djon Lokk,
J.J.Russo va D.Didro kabilar ham maktab o‘quv rejalariga amaliy bilimlarni kiritish
zaruriyatini ko‘rsatib o‘tganlar zero, hozirgi paytda kasb-hunar ta’limi global,
umumjahon xarakterga ega bo‘lgan hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Shuningdek, yaxlit kasb-hunar ta’limi tizimining paydo bo‘lish tarixi mehnat
qurollari ishlab chiqishga tirikchilik buyumlari, talablarini ortib borishi bilan bog‘liq.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari nimalardan
iborat?
2. Kaykovusning farzand tarbiyasi xususidagi qarashlarini izohlang.
3. Kasb-hunar ta’limining rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
4. Mutaxassis kadrlarga qo’yiladigan talalarni aytib bering.
5. Mutaxassis tuzilmasining to’rt komponenti nimalardan iborat?
6. Muhim kompetentlik mazmunini izohlang.
1.4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI
Reja:
1. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-
sharoitlari.
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati.
?
26
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
1. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari
Istiqlolga erishgan mamlakatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar ta’lim
mazmunini davr nuqtai nazaridan yangilashni taqozo etmoqda. Bunday yangilanish
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” asosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan,
«Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi»
talablari
asosida
shakllantirilayotgan uzluksiz ta’lim tizimi doirasida kasb ta’limiga alohida o‘rin
berilishining samarasi sifatida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tizimi
shakllandi.
Bugungi kunda kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg‘or
metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda o‘zining keng tatbiqini
kutayotgan, fanning boshqa sohalari bilan aloqadorlikda ishlab chiqilgan yangi
konsepsiya va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Respublika xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida kasbiy
ta’limni samarali tashkil etish, ishchi kasblariga maxsus tayyorlash, ta’lim oluvchi
shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini shakllantirish masalalariga alohida
e’tibor berilmoqda.
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati
Bugungi kunda barcha fan sohalari, jumladan, kasb ta’limi bo‘yicha yangi
o‘quv darsliklari, qo‘llanma va tavsiyalarni yaratish muhim ahamiyatga ega
bo‘lmoqda. Bu o‘rinda kasb ta’limiga bo‘lgan e’tiborning ortib borayotganligini
quyidagilar bilan izohlash mumkin:
* ta’lim islohotlari natijasida akadem litsey, kasb-hunar kollejlari va boshqa
turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirishilishi va rivojlanishi;
* oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini o‘qitilishning yo‘lga qo‘yilayotganligi, bu
borada alohida fakultet va bo‘limlarning tashkil etilishi;
* kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi,
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bilim sohalari tutashuvida yangi
konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
borasidagi faoliyat turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab
chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi; mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy
etishi va boshqalar.
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi mamlakatda amalga
oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar
tayyorlash tizimini keng ko‘lamda isloh qilishning ibtidosi bo‘ldi.
27
Milliy dasturning maqsad va vazifalari
«Kadrlar tayyorlash milli dasturi» «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda milliy tajribaning tahlili va
ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Mazkur dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish qo‘yidagi vazifalar hal etilishini
nazarda tutadi:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona
o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
1. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta’lim standartlari
asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va
quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta ta’lim;
o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi
to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy
etgandan iboratdir. Bu esa, umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim (I—IV
sinflar), umumiy o‘pra ta’lim (I—IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
qamrab oladi.
28
2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagadardan iborat:
• ta’limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga
ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning demokratlashuvi — ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o‘quv
yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga
o‘tilishi;
ta’limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning
ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o‘zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
•ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning milliy tarix, xalq an’analari
va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab
qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof
etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
* ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
* iqtidorli yoshlarni anglash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
3. Uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida O‘rta maxsus ta’limining o‘rni va
ahamiyati.
Umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turidir. O‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar
tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim
beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning
jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga
yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish
hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini
o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni
muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga
chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir
necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning
tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim
muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash
hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
29
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z
bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi
bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar
bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilar zarur:
• akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ
bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
• soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat
sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta
tayyorlashni tashkil etish;
• o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-
hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari
uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
• kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va
kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;
hududlarning jug‘rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi
mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona
joylashtirilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan
holda qamrab olish;
• akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot
bazalarini mustahkamlash.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari
nimalardan iborat?
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyatini tushuntirib bering.
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul
qilingan?
4. Uzlukasiz ta’lim turlarini aytib bering.
5. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini aytib bering.
6. Akademik litsey va kasb-hunar kollejining farqi nimada?
1.5. KASBIY TA’LIMNING DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMOLARI
VA ULARNI TADQIQ ETISH METODLARI
Reja:
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari.
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning uch guruhi.
?
30
3. Pedagogik tadqiqot metodlarining amaldagi turlari (nazariy va
empirik).
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish muammosi shu paytgacha
pedagogik jarayonning alohida elementlarini takomillashtirish, o‘qish muddatini
oshirish, o‘quv guruhida o‘quvchilar sonini kamaytirish, tor ixtisosliklarini kiritish,
yangi shakl, metod va vositalardan foydalanish yo‘lidagi izlanishlar kabi yo‘llar bilan
amalga oshirilgan.
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ilmiy tashkil etish
quyidagilarni nazarda tutadi:
- o‘quvchilar, o‘qituvchilar va muhandis-pedagoglar ishlashi uchun imkon
qadar yaxshi shart-sharoit yaratish;
- o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar va ustaxonalarini tashkil etish, ularni davr
va istiqbol talablari darajasida jihozlash;
- o‘quv ustaxonalari, laboratoriya, mashq maydonlari va kabinetlarni zamon
fani, texnikasiga mushtarak jihozlar, priborlar, mexanizmlar, moslamalar, asbob-
uskunalar, ko‘rsatmali qo‘llanmalar, texnik vositalar bilan jihozlash;
- zamonaviy fiziologik, sanitariya-gigiyena va estetik talablar asosida o‘quv
xonalari, laboratoriyalar, ustaxonalar uchun mebellar tayyorlash;
- har bir o‘quv kabineti, ustaxona, laboratoriyalarda o‘qituvchi, muhandis-
pedagoglar va o‘quvchilar uchun barcha zaruriy asbob-uskunalarga ega ishchi
o‘rinlarini tashkil etish;
- oqilona mehnat va dam olish, shuningdek sanitariya-gigiyena shart-
sharoitlarini yaratish;
- ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z vaqtida sifatli materiallar, asbob-uskunalar,
o‘quv-meyoriy, texnik-texnologik hujjatlar va o‘quv ma’lumotnoma adabiyotlari
bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish, laboratoriya amaliy ishlarini oldindan tayyorlab
qo‘yish va h.k. Shu sohadagi ko‘p yillik amaliy faoliyatimiz, kasb-hunar ta’limi
nazariyasi va amaliyotini tahlil etish, soha mutaxassislari bilan o‘tkazgan
suhbatlarimiz bu sohada quyidagi majmuaviy xarakterga ega bo‘lgan muammolar
mavjudligini ko‘rsatdi:
kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar
salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy xodimning
kasbiy nufuzini oshirish masalasi, uzluksiz ta’limni isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, biroq uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli
chora-tadbirlar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi sababli yuqori salohiyatli
pedagog kadrlarning boshqa sohalarga ketib qolish xollari kuzatilmoqda, natijada
ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi pasayib ketmoqda va bu holat o‘z navbatida
kadrlar tayyorlash sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarning mavjud emasligi;
rahbar va boshqaruv kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarning muntazam ravishda va tizimli
o‘rganilmasligi;
31
rahbar va boshqaruv kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy–tadqiqot va loyiha ishlarining yetarli
darajada olib borilmayotganligi;
joylarda kadrlar zahirasini tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligi;
mavjud malaka oshirish kurslarining kasb-hunar kollejlari tayyorlov
yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilmaganligi;
malaka
oshirish
jarayonida
zamonaviy
pedagogik
va
axborot
texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi;
muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashda sohalar bo‘yicha hududlarda kadrlarga
bo‘lgan ehtiyoj, ularning malaka darajasiga bo‘lgan mehnat bozori talablari yetarli
darajada o‘rganilmaganligi;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni bilan kasb-hunar
kollejlaridagi ta’lim mazmuni orasida nomutanosibliklar mavjudligi;
O‘MKHT muassasalari muhandis-pedagogik kadrlarining malakasini oshirish
maqsadida tegishli oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan malaka oshirish
fakultetlari va markazlarining aksariyat qismi yetarli darajada zamonaviy moddiy-
texnika bazasiga va o‘quv-uslubiy ta’minotga ega emasligi;
ta’lim muassasalari va o‘qituvchilar sifatiga baho beruvchi tizim mexanizmi
ishlamayotganligi;
O‘MKHT tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog va muhandis-pedagoglar
orasida nafaqat pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlar, balki, diplom bo‘yicha
mutaxassisligi mos kelmaydiganlar sonining ko‘pligi;
O‘MKHT tizimi uchun davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari,
o‘quv-uslubiy adabiyotlar, huquqiy-meyoriy hujjatlar, darslik va o‘quv
qo‘llanmalarini o‘z vaqtida va sifatli yaratish ishlarini amalga oshiruvchi va
muvofiqlashtiruvchi ixtsoslashtirilgan metodik markaz mavjud emasligi;
kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini nazorat qilishning jamoat nazorati
mexanizmi yaratilmaganligi.
o‘qituvchi va o‘quvchilar bilimi, malaka va ko‘nikmalarini baholashning
barcha ta’lim turlari uchun yagona va sodda reyting tizimi yaratilmaganligi;
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishda davlat ta’lim muassasalari
bilan raqobatga kirishi mumkin bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalarining tashkil
etilishi sust darajada ekanligi;
kasb-hunar kollejlari o‘quv rejalaridagi umumta’lim fanlarining hajmi yildan-
yilga ko‘payib borayotganligi tufayli bitiruvchilarning kasbiy mahoratlari pasayib
ketayotganligi;
uzluksiz ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan integratsiyalashning puxta
mexanizmi ishlab chiqilmaganligi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tayyorlanayotgan
kadrlarning amaliy ko‘nikmalari yetishmayotganligi;
mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan kichik
mutaxassislarning mehnat bozoridagi o‘rni hanuzgacha aniq belgilab berilmaganligi;
kasb-hunar kollejlari faoliyatining ishlab chiqarish amaliyoti bilan bevosita
bog‘liq bo‘lganligi, har qanday amaliyot uchun esa xom ashyo va materiallar
zarurligi, lekin ular uchun alohida byudjet mablag‘lari ko‘zda tutilmayotganligi;
32
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb-hunarga yo‘naltirish
ishlarining olib borilishi yetarli darajada emasligi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 sentabrdagi
406-sonli qarori bilan qishloq xo‘jalik tayyorlov yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar kollejlariga o‘quv xo‘jaliklari uchun yer maydonlari ajratib berilishi kerak
edi, amalda bu qarorning joylarda yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi;
yer maydoni va muayyan ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan kasb-hunar
kollejlarida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun boshlang‘ich kapital
mablag‘larining manba’larining aniqlanmaganligi;
ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ta’lim-tarbiya jarayonidan tashqari ishlarga
(qishloq xo‘jaligi ishlari, metall yig‘ish, majburiy obuna va x.k.) jalb etilayotganligi;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirib, litsey va kollejlarga kirgan
o‘quvchilar o‘zlari uchun butunlay yangi bo‘lgan ta’lim muassasasidagi ijtimoiy
muhitga tez kirisha olmaganliklari;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirib, kasb-hunar kollejlariga o‘qishga
kirgan o‘quvchilarning shaxsiy, individual psixofiziologik xususiyatlari, umumiy
o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, ijtimoiy sharoitlari, istak-
xohishlarining turli-tumanligi kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarida hisobga
olinmaganligi;
o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish sekinlik bilan amalga oshirilayotganligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika,
o‘quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash tugallanmaganligi;
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshmayotganligi;
ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish
to‘liq amalga oshmayotganligi.
Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq
yaratilmaganligi va shu kabi ko‘p sonli majmuaviy muammolar mavjudligidan
darak bermoqda.
Har qanday pedagogik tadqiqot maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. Tadqiqot
natijalari ilmiy yangilik va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi zarur.Tadqiqot mantiqi
turli bosqichlarni ko‘zda tutadi.
Ilmiy pedagogik tadqiqot amaliyot uchun yangi muhim bilimlarni olishga
yo‘naltirilgan ilmiy faoliyat jarayoni va natijasidir. Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalari
ta’lim-tarbiya tuzilmasi, mazmuni va texnologiyasi, tashkil etish shakllari, metodlari
va vositalarini takomillashtirishga imkon beradi.
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning uch guruhi
1. Fundamental ilmiy tadqiqotlar. Bu umumlashtiruvchi konsepsiyalar
natijasida buyuk yutuqlarga erishiladi, avval noma’lum bo‘lgan qonuniyatlar
bog‘liqlik asosida o‘z yechimini topadi.
II. Amaliy (tajriba-sinov) xarakteridagi tadqiqotlar ta’lim-tarbiya
jarayonining alohida qirralarini chuqur o‘rganish, avval shakllantirilgan qonun va
nazariyalardan amaliy foydalanish shart-sharoitlarini aniqlashga yo‘naltiriladi.
33
III. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan tadqiqotlar avvaldan
ma’lum bo‘lgan nazariy qoidalarni hisobga olgan holda aniq tavsiyalarni ilmiy
uslubiy jihatdan asoslash. Bunday tadqiqotlar asosan alohida o‘quv predmetlarini
o‘qitishni takomillashtirish sinfdan va ta’lim muassasasidan tashqari tarbiyaviy
tadbirlarni imkon qadar samarali o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Har qanday pedagogik
tadqiqotlar eng kamida quyidagicha to‘rt bosqichni o‘ziga qamrab oladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi (tadqiqot dasturini tuzish, maqsad va vazifalarni
belgilash, muammolarning nazariy va amaliy holatini aniqlash maqsadida manbalar
bilan tanishish, o‘z farazini ilgari surish, tadqiqot bosqichlarini belgilab olish);
2. Asosiy tadqiqotchilik (tanlangan metodik majmuani qo‘llash);
3. Miqdoriy va sifat tahlili bosqichi - olingan ma’lumotlarni qayta ishlash;
4. Yakuniy bosqich - tadqiq etilayotgan pedagogik jarayonning kechishini
tavsiflovchi
sabab,
omil
shart-sharoitlari
o‘rnatiladi,
tushuntiriladi
va
umumlashtiriladi.
Pedagogik tadqiqot prinsiplari: ob’ektivlik, ilmiylik; tizimlilik, tarixiylik,
uzviylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi.
Pedagogik tadqiqotlar metodlari. Ma’lumki, har qanday ilmiy bilish jarayoni
quyidagicha uch o‘zaro aloqador tarkibiy qismlardan tashkil topadi: bilish ob’ekti,
o‘rganuvchi sub’ekt va bilish metodi, ya’ni tadqiq etish instrumentariysi.
Metod (grekcha “nimagadir erishish yo‘li”) maqsadga erishish usuli, ma’lum
ma’noda tartibga keltirilgan faoliyat kabi umumiy ma’nolarni anglatadi.
Pedagogik tadqiqotlar metodlari, tadqiqotchi tomonidan real pedagogik voqelik
haqidagi dalil va ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil etish
usullaridir. Pedagogik tadqiqot metodikasi deganda, metodlar yig‘indisi, aloqadorligi
va ulardan foydalanish ketma-ketligi tushuniladi. Tadqiqot metodlaridan majmuaviy
foydalanish bizni sub’ektiv ta’sirdan xalos etadi.
3. Pedagogik tadqiqot metodlarining amaldagi turlari (nazariy va empirik)
1. Nazariy metodlar: ilmiy pedagogik manbalarni tahlil qilish, tahlil va sintez,
induksiya va deduksiya, turlash (shajaralash), analogiya, taqqoslash kabilar.
2. Emperik metodlarga: ma’lumotlar olish va yig‘ish (kuzatish, suhbat, anketa
so‘rovnomasi, test so‘rovnomasi va shu kabilar); ma’lumotlarga ishlov berish
(matematik, statistik, grafik, jadval); baholash metodlari (o‘zini-o‘zi baholash,
reyting, pedagogik konsilium); pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish
(tajriba-sinov ishlari, tajribaviy o‘qitish, ommaviy o‘qitish) kabilar. Tadqiqotchi aniq
shart-sharoit va vaziyatga binoan maqbul metodlar uyg‘unligini tanlaydi. Ilmiy
tadqiqotchilik faoliyatining prinsiplari, metod va usullarini bilish fanning
metodologik asoslarini bilishni anglatadi.
Pedagogik jarayon yaxlit hodisa bo‘lib, unda biologik, ijtimoiy, individual va
jamoaviy jihatlar murakkab o‘zaro munosabat hamda ta’sirda bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya
jarayonini harakatlantiruvchi kuch shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishi va
takomillashtirishi hisoblanadi.
Pedagogik jarayon ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish qonunlari haqidagi
bilimlar asosida qo‘yilgan maqsadga uyg‘un holda o‘quvchilar faoliyatini tashkil
etishdir. Pedagogik jarayon boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy – axloqiy va
34
shu kabi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u bevosita uning maqsadi, vazifasi,
mazmuni, ishtirokchilarining hamkorlik faoliyati va natijalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik jarayonga tashqi: tabiiy geografik, ijtimoiy, ishlab chiqarish,
madaniy va shu kabi shart-sharoitlar ta’sir qiladi. Pedagogik jarayon o‘zining
maqsadi, vazifalari, mazmuni, metodllari ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri, erishilgan
natijasi bilan tavsiflanadi.
Pedagogik jarayonning yaxlitligi maxsus o‘quv dasturiga binoan ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar birligini ta’minlash bilan amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayonning mazmun komponenti ma’lum o‘quv dasturlari bilan aniqlanib,
insoniyat jamiyatining ijtimoiy munosabatlar, g‘oyalar, ishlab chiqarish, mehnat, fan
va madaniyat sohalaridagi tajribalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Pedagogikaning
muammolarini tadqiq etishga ko‘p sonli ishlar bag‘ishlanganligi bois ularga batafsil
to‘xtalib o‘tmadik.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb-hunar ta’limining dolzarb pedagogik muammolari nimalardan iborat?
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar qanday guruhlarga ajratiladi?
3. Fundamental ilmiy tadqiqotlarning mazmunini izohlang.
4. Amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlarni tushuntiring.
5. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan tadqiqotlarning mazmuni.
6. Pedagogik tadqiqot metodlarini aytib bering.
1.6. KASB-HUNAR TA’LIMINING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslarini qamrab olishi.
2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi va kasb-hunar
pedagogikasining metodologik asoslari.
3. Tasniflagichdan foydalanish.
1.
Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslari qamrab olishi
Ta’lim - bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini
hayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot
o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv
yurtlarida o‘qitish jarayonigina emas, balki hayot, oila, mahalla, ishlab chiqarish
jamoasi va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish jarayonidir.
Kasb-hunar ta’limining metodologik asosini dialektik bilish nazariyasi tashkil
etadi. Shu o‘rinda kasb-hunar ta’limi pedagogikasida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan
ba’zi bir asosiy tushunchalarga baholi qudrat izoh berib o‘tish lozim. Chunki
ishlatilayotgan tushuncha mohiyatini bilmasdan ta’lim-tarbiya ishida samaraga
erishib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir.
Kasb – ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Kasb-hunar sirlarini egallashga umumilmiy, umumkasbiy, maxsus ma’lumotlar
?
35
hamda amaliy hatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarini o‘zlashtirish orqali
erishiladi.
Kasb o‘ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni
mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblar o‘ziga bir qancha ixtisosliklarni qamrab olishi ham
mumkin. Masalan, o‘qituvchilik kasbi o‘qitiladigan o‘quv predmetlariga binoan:
umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar bo‘yicha o‘qituvchiliklariga bo‘linishini
ko‘rsatishning o‘zi kifoya. Kasb va ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda ma’lum
turdagi ish bilan shug‘ullanish metodlarini o‘zlashtirib borishni ifodalaydi.
Metod iborasi (yunoncha – methodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya,
ta’limot ma’nosini anglatadi) voqelikni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish usullari
majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.
Metodika - pedagogikaning o‘qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish
shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metod hamda
vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. N.S.Sayidaxmedov fikricha,
“metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
majmuasidir. Metodikadan ko‘zlangan maqsad predmet mavzulariga oid
nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
2
Metodologiya – “metod” va “logiya” iboralarining birligida bilish faoliyati
usuli, vositalari va mantiqiy tartibi haqidagi ta’limot ma’nosini anglatadi. Demak,
metodologiya har qanday faoliyatning zaruriy tashkiliy komponentidir. Shu jihatdan
metodologik bilimlar, eng avvalo, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va
izchilligini o‘ziga qamrab olib, odat hamda meyorlar shaklida, ikkinchidan, amalda
bajariladigan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga chiqadi. Har ikkala holda ham
bilimning asosiy vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror
ob’ektni amaliy o‘zgartirishdan iborat.
Demak, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi ijtimoiy hayotning ma’lum sohasida
faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, amaliy va shaxsiy fazilatlarni
shakllantirish qonuniyatlari, qoidalari, shakl, metod va vositalari hamda mazmuni
haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, Respublikaning aql-
zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat
oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan, har jihatdan barkamol, erkin shaxsni
shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi va kasb-hunar
pedagogikasining metodologik asoslari
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi
Qonuni.
Shuningdek, buyuk mutafakkirlar va olimlarning ta’lim-tarbiya haqidagi
g‘oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabilar.
36
Konstitutsiya mohiyati va mazmuni boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish davrida
chuqur o‘rganganligi bois, uning bevosita ta’lim-tarbiya bilan takomillashib boruvchi
hujjat ekanligini e’tirof etish zarur.
Mustaqil O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi ilk Qonuni 1992 yil 2
iyuldan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim 44 moddadan iborat edi.
Amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan
bo‘lib, 34 ta moddadan iborat. Bu qonunga binoan Respublikamizda shu paytgacha
hech bir mamlakatda avval ishlab chiqilmagan va amalga joriy etilmagan “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni ham
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1X sessiyasida 1997- yil 29-avgust kuni qabul
qilindi. Bu qonun quyidagi bo‘lim va fasllardan tashkil topgan.
Bo‘lim. Umumiy qoidalar. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilish omillari:
rivojlanishning erishilgan darajasi;
kamchiliklar va muammolar;
isloh qilish omillari.
Milliy dasturning maqsadi vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari:
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari;
2.2. Dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
3.1. Shaxs;
3.2. Davlat va jamiyat
3.3. Uzluksiz ta’lim;
3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari;
3.3.2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari;
3.3.3. Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta
ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari
ta’lim;
3.4. Kadrlar tayyorlash tizimida fan;
3.5. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish;
IV. Kadrlar tayorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
4.1.Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
4.2. Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni
malakasini oshirish;
4.3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4.4. Ma’naviy axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
4.5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
4.6. Ta’lim tizimini boshqarish;
4.7. Kasb ta’limi tizimi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
4.8. Ta’lim tizimini moliyalash;
4.9. Moddiy-texnika ta’minoti;
4.10. Ta’lim tizimini yaxlit axborot makoni monitoringini vujudga keltirish;
4.11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
37
4.12. Ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat
tomonidan qo‘llab- quvvatlash;
4.13. Fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish;
4.14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
4.15. Ta’lim bilan kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik;
V. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlar.
Yuqorida keltirilgan qisqa jumlalar mazmuni umuman Respublikamiz ta’lim
tizimi, shuningdek, kasb-hunar ta’limining ham metodologik asosi ekanligiga
ishoradir. Kasb-hunar ta’limining metodologik asoslarisiz uning maqsadi, vazifalari,
mazmuni, tashkil etish shakllari, metod va vositalari, ishtirokchilari natijalari hamda
bu jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarni asosli o‘rganish mumkin emas. Kasb
ta’limining metodologik asoslari uning me’yoriy hujjatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki, bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlash ishi bevosita davlat va
jamiyatning talab hamda ehtiyojlariga asoslanib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichida o‘z ifodasini
topadi. Amaldagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar
va ixtisosliklar umumiy davlat tasniflagichi (2006y) O‘zbekiston Respublikasida
texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha
yagona tuzilma tarkibiga kiradi va Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi
uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil
5-yanvardagi 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari tayyorlov yo‘nalishlari kasblar tasniflagichining tasniflash ob’ektlari
hisoblanib, unda tayyorlov yo‘nalishlari nomi, kodi va shu tayyorlov yo‘nalishlari
turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro‘yxati keltirilgan.
Tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksatsiyalash maqsadida
foydalaniladigan ta’limning halqaro standart tasniflash kodlari ham keltirilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va
ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichini joriy etish oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni
ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O‘z. 6. 01.02 95 ga muvofiq ravishda amalga
oshiriladi.
Tasniflagich o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish
bilan ta’minlovchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida Davlat ta’lim standartlari
o‘quv rejalari, dasturlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqaruvchilar ta’lim
muassasalari rahbarlari, Respublika va mahalliy boshqaruv tashkilotlar
mutaxassislari, Vazirliklar, muassasalar va boshqa Respublikamiz xo‘jaliklarini
rivojlantirishda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlar uchun mo‘ljallangandir.
Tasniflagich kasb-hunar kollejlari va boshqa tashkilot hamda muassasalarning qaysi
Vazirlikka qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aynan qo‘llanilishi
shart.
Tasniflagichda quyidagi tariflar qo‘llanilgan: tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar
va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (TYKIUT), o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi o‘quv muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tayyorlov
yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati.
38
Malaka mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajasi, undagi ma’lum ishni
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilimning aniq, tez fursatda, talab darajasida
bajarilishidir.
Mutaxassisning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u haqida toifa yoki
diplomning mavjudligi hisoblanadi.
- nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarga;
- mazkur jamiyatda o‘zining muvaffaqiyatli hayot darajasini ta’minlaydigan
umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga
ega bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat sohasi (KFS) kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning
qo‘llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalar nomlari bilan moslashtirilgan
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari aniq kasbiy faoliyat
sohasida mutaxassislarga kasbiy ta’lim berish doirasidir. Mutaxassislar kasbiy
faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari nomi mehnat faoliyatining
mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb – ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Ixtisoslik – ilm-fan, texnika, san’at sohalarida aniq bir mutaxassislik.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va kasblar kodi kasbiy faoliyat sohalariga
muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan
ro‘yxatining raqamli belgisidir.
Ikkinchi raqam-bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam-ta’lim sohasi kodi;
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar-tayyorlov yo‘nalishi kodi;
Oltinchi va yettinchi raqamlar-mutaxassislik kodi
Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi va oliy
ta’lim (bakalavriat)da uzviylikni ta’minlash maqsadida o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kodlari oliy ta’limning bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan.
3. Tasniflagichdan foydalanish
- hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish;
- milliy va hududiy mehnat bozorlarida ijtimoiy mehnat sohasidagi
jarayonlarini ta’minlash va tartibga solish;
- ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketayotgan sarflarni aniqlash;
- mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va meyorlashtirishni takomillashtirish;
- xalq xo‘jaligining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va asoslangan
uzluksiz ta’lim dasturini ishlab chiqish;
- mehnat statistikasi sohasida axborotning xalqaro miqyosda taqqoslanishini
ta’minlash.
Tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning tasniflagich ro‘yxati
bo‘lib, u qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ochiqdir. Amaldagi
tasniflagida zarur hollarda tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.
39
Kichik mutaxassislar quyidagi lavozimiy vazifalarni bajarishlari ko‘zda
tutiladi:
- kompyuter va boshqa texnikalardan, texnikaviy va fizikaviy fanlar sohasida
foydalanish usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik-texnologik topshiriqlarni bajarish;
- texnik jihoz va transportlarni ishlatish.
- mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandislikka oid
texnik jihozlar va asboblarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash, metall
konstruksiyalarni o‘rnatish, dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish;
- xom ashyo qazib olish va qayta ishlash, metallurgiya, qurilish binolari va
inshootlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z kasbiy
bilimlarini tatbiq etish;
- bosish (qoliplash) ishlarini bajarish;
- oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va metall buyumlar, shu
jumladan badiiy hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash;
- bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktablarda ta’lim va tarbiya ishlarini
amalga oshirish;
- sog‘liqni saqlash, gigiyena, insonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qishloq joylarda
o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, yetishtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga
oshirish;
- kadrlarni tanlab olish, joy-joyiga qo‘yish va ularning ijtimoiy ta’minoti,
soliqqa tortish va turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy,
statistik, ish yuritish korxonalarini boshqarish va tijorat. Moliya va savdo-sotiq
sohasidagi bilimlarni texnik qo‘llash bilan bog‘liq ma’muriy va ishlab chiqarish
vazifalarini bajarish;
- ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish;
- sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, madaniyat va
san’at sohasida ijodiy faoliyat ko‘rsatish, diniy marosimlarni o‘tkazishda aholiga
yordam ko‘rsatish va shu kabilar. Bu vazifalarni bajarish uchun tabiiyki, kichik
mutaxassis ma’lum hajmdagi va darajadagi bilim (ko‘nikma va malaka) hamda
shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. Mutaxassis egallagan lavozimidagi
vazifalarni talab darajasida bajarishi uchun zarur va yetarli bilim hamda shaxsiy
fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi.
Amaliyotga kasb-hunar ta’limining davlat standartini kiritishdan asosiy
maqsad uni yangi huquqiy va tashkiliy metodik asosda reintegratsiya etishdir. Kasb-
hunar ta’limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y.Batishev tomonidan
ishlab chiqilgan:
bosqichli ta’lim nazariyasi; tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni
guruhlash nazariyalari tashkil etadi.
Kasb-hunar ta’limi davlat standarti yaqin kelajakda o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi
yechim sifatida xizmat qiladi. Pedagogik manbalarda kasb-hunar ta’limi davlat
standarti quyidagicha talqin etiladi: bo‘lajak kichik mutaxassislar egallashi zarur va
yetarli bo‘lgan mazmun darajasi va ko‘lami; o‘quvchilarning maksimal o‘quv
yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar
va hokazo.
40
Kasb-hunar ta’limi davlat standartining mohiyati uning ichki va tashqi
aloqalari tahlil etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng
avvalo ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda o‘z ifodasini topadi, bundan standart
ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida o‘zida ifodalovchi me’yoriy hujjat ekanligi
kelib chiqadi. Kasb-hunar ta’limi standartining ichki aloqadorligi esa uni o‘zaro
aloqador va ta’sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda
namoyon bo‘ladi. Standartni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari, o‘zaro
aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda
standartning rolini tushunish uchun uning vazifalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib
aytganda, standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va
o‘quvchilar uchun o‘zlarining hamkorlikdagi faoliyatlarini tashkil etish uchun,
ikkinchidan, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlari va nazorat qilish mexanizmini
shakllantirish uchun; uchinchidan, bandlik idoralari xodimlari uchun, ishga
joylashtirish va qayta tayyorlash ishlarini rivojlantirish maqsadida; to‘rtinchidan,
ijtimoiy hamkorlar uchun, ya’ni ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va barcha
mehnat munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq
chet el hamkorlarimiz uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o‘zaro
ta’sirini ta’minlash uchun zarur. Shunday qilib, kasb-hunar ta’limi davlat standarti
o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Buning
uchun u kasbiy ta’lim sifati bilan bog‘liq ko‘plab komponentlarni qamrab olishi
kerak. Keng ma’noda kasb-hunar ta’limining sifati jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish vazifalariga qanchalik mos kelishi bilan aniqlanadi. Fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda kasb-hunar ta’limi o‘quv-meyoriy hujjatlari tez
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini
xarakterlaydi. Malaka darajasi shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni
ob’ektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan o‘lchamlar: hajmi, sifat daraja
ko‘rsatkichlariga ega bilim va shaxsiy fazilatlar bo‘lishi mumkin. Kasb qanchalik
murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shuncha
ko‘p vaqt talab etiladi. Mehnatning intellektual darajasi aqliy va manual (jismoniy)
faoliyatning o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Ilmiylik darajasi esa mehnat
faoliyatining texnik-texnologik jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p
funksiyalilik mehnatning murakkabligi, turli xildagi vazifalarni bajarishi bilan
xarakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi faqatgina turlicha emas,
balki bir paytning o‘zida parallel ravishda aqliy va manualni bajarilishi bilan
xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning
o‘zaro nisbatida namoyon bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, Davlat ta’lim (tarmoq) standarti (DTS)
mutaxassisliklarning yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan
talablarni hamda shaxsiy fazilatlarni o‘ziga qamrab oladi. Uni quydagicha tasvirlash
mumkin (1-chizmaga qarang).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki DTS va TTS ko‘p vazifali hujjat bo‘lib, ish
beruvchilar, bandlik xizmati, vazirlik va tashkilotlar, ilmiy metodik tashkilotlar,
o‘quv muassasalari, fuqarolar uchun mo‘ljallanadi. DTS asosida quyidagilar amalga
oshiriladi:
ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;
41
o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi;
ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi;
kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi;
ta’lim muassasasi attestatsiya qilinadi;
kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi;
mutaxassislarning malakasini oshirish shakllari aniqlanadi;
DTSning o‘zi esa tasniflagich asosida ishlab chiqiladi;
DTSni ishlab chiqishni tashkil etish. DTSning amaliy muhimligini hisobga
olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi:
mualliflik jamoalarini tuzish;
alohida bo‘limlarni ishlab chiqish, ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar
kiritish;
DTS loyihasini tuzish uni ekspert baholash;
yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash.
DTSni ishlab chiqish bo‘yicha mualliflar jamoasiga amaliyotchilar, soha va
pedagogika fani namoyondalari, mehnat bo‘yicha mutaxassislar, psixologlar,
fiziologlar kiritilishi maqsadga muvofiq. DTS ustida ishlashning asosiy bosqichi
ekspert baholash bosqichidir. Ekspert baholashning asosiy vazifasi xatolarni aniqlash,
mohiyati, mazmuni, terminologik noaniqliklarini aniqlash va ularni kelgusida tuzatish
yo‘llarini ko‘rsatishdir.
Ta’lim standartlari iste’molchilari
1-chizma
DTSning mazmuni quyidagilar asosida aniqlanadi:
Davlat va soha meyoriy, texnik va texnologik hujjatlarni tahlil etish;
mehnat bozori talablari;
mutaxassis mehnat faoliyati mazmuni;
Ish
beruvchilar
Davlat va
jamiyat
Ta’lim
beruvchilar
Ta’lim
oluvchilar
Ota-onalar
Davlat ta’lim
standartlari,
tarmoq ta’lim
standartlari
42
ilmiy texnik taraqqiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi ta’sirida ushbu
sohadagi mehnatlarini rivojlanishi;
mavjud tarifikatsiya va attestatsiya tuzilmalari;
chet el kasbiy ta’lim standartlarini o‘rganish, tahlil etish va shu kabilar.
Tahlil o‘z navbatida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
hujjatlarni bevosita o‘rganish;
intervyu olish;
maslahat berish, ekspert so‘rovnomasi o‘tkazish, mutaxassislar amaliy
faoliyatini kuzatish.
Bunda quyidagilar tahlil obektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin: mehnat
qurollari, mehnat vositalari, mehnat mahsuloti, mehnat jarayoni, vazifalari, shart-
sharoitlari va uni tashkil etish shakllari.
O‘quv rejasi
O‘quv rejasi ta’lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli
va zarur darajasini ta’minlaydigan o‘quv jarayoni va o‘quv yuklamalari hajmi,
muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorati shakllarini belgilab beruvchi
huquqiy-meyoriy hujjatdir.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv
rejalari quyidagi 7ta blokdan iborat qilib tuzilgan (bloklar va ularga ajratilgan vaqt
miqdori ish beruvchilarning talablari, fan-texnika taraqqiyoti, ilg‘or ishlab chiqarish
texnologiyalari, talim muassasalarining mustaqillik darajalari va boshqa shu kabi
omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin):
Kasb-hunar kollejlari uchun (100 % = 6480/4560 soat):
Umumta’lim fanlari (43.7 % = 2833/2020 soat);
Umumkasbiy fanlar (7 % = 452/316 soat);
Maxsus fanlar (20 % = 1346/946 soat);
O’quv amaliyoti (10.1 % = 661/465 soat);
Ishlab chiqarish amaliyoti (14.2 % = 921/648 soat);
Davlat attestatsiyasi (1.6 % = 102/72 soat);
Kasb-hunar kolleji ixtiyoridagi vaqt (2.5 % = 165/80 soat).
Akademik litseylar uchun (100 % = 6480/4560 soat):
Umumta’lim fanlari (25.8 % = 1673/1178 soat);
Chuqurlashtirilgan fanlar (42.6 % = 2760/1942 soat);
Qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlar (16.2 % = 1053/740 soat);
Maxsus fanlar (3.3 % = 210/148 soat);
Fakultativ kurslar (5 % = 324/228 soat);
Yakuniy va davlat attestatsiyasi (5.5 %=358 x 252 soat);
Kasbiy tayyorgarlik amaliyoti (1.6 % = 102/72 soat vaqt).
Bizning fikrimizcha, o‘quv rejalaridagi bloklarga qat’iy emas, balki ma’lum
oraliqdagi vaqt miqdorini belgilash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘quv rejasi
har bir yo‘nalish uchun alohida tuzilib, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Unda
quyidagilar o‘z ifodasini topadi:
tayyorlov yo‘nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi;
o‘quv muddati;
43
tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi;
ta’lim shakli;
o‘quv davrining taqsimoti (jadvali);
o‘quv jarayonining rejasi;
o‘rganiladigan o‘quv predmetlari: har bir o‘quv predmetini o‘rganish uchun
ajratilgan umumiy vaqt miqdori;
o‘rganish uchun ajratilgan vaqtni ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya
ishlari, seminarlar, kurs loyihalari va mustaqil ta’limga qanday nisbatda
taqsimlanganligi;
o‘quv predmetini qaysi bosqichda, semestrlarda haftasiga qancha soatdan
o‘rganish tartibi;
davlat attestatsiyasi.
tanlov fanlarining ro‘yxati;
izohlar kabilar.
Shu o‘rinda o‘quv rejalarining tayanch, namunaviy va ishchi turlari bo‘lishi
mumkinligini yodda tutib, ularni bir-biridan farqlay olish zarur. O‘quv rejalari o‘z
navbatida o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |