9. “Mustaqil ishlash” metodi
Mustaqil ishlash – vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladigan, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy
faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradigan, har bir o‘quvchiga alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish; o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa-muloqot yordamida yo‘naltirib boshqarish va nazorat qilish.
10. “Bahs-munozara” metodi
Metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- o‘qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va o‘quvchilarni munozaraga taklif etadi;
- o‘qituvchi o‘quvchilarga muammo bo‘yicha “Bahs-munozara” o‘tkazishga chorlaydi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi;
- o‘qituvchi “Bahs-munozara” vaqtida bildirilgan turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun o‘quvchilardan birini kotib etib tayinlaydi hamda bu bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirishlariga sharoit yaratib beradi;
- o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda, ikkinchi bosqichda “Bahs-munozara” davomida bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.
11. “Tadqiqot” metodi
Tadqiqot metodi o‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars o‘tilganda o‘quvchilar olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib
borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirishadi va isbotlashadi.
Bosqichlari:
- darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan biror ob’ektning xossasini aniqlash yoki u haqidagi masalani qo‘yish;
- uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash;
- muammo yoki masalani yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish;
- har bir bashoratning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va isbotlash;
- xulosa chiqarish;
- sinf oldida taqdimot qilish.
Dostları ilə paylaş: |