Kasbiy ta’limda axborot texnologiyilarni qo’llash



Yüklə 319,25 Kb.
səhifə1/2
tarix14.09.2023
ölçüsü319,25 Kb.
#143609
  1   2
slayd korxona foydasi


TMC instituti 22-38- guruh talabasi Abdunazarov Abdumalikning Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan taqdimoti
Qabul qildi: Zaytullayev A.
Mavzu: Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo`llari
Reja:
1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi.
2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi.
4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari va tizimlari.
Kichik biznesda samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:  ilg'or texnologiya va zamonaviy uskunalardan foydalanish;  xomashyo va materiallaming yangi turlarini qo'llash;  asosiy fondlardan samarali foydalanish;  aylanma mablag'lar aylanishini jadallashtirish;  mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo'llash;  menejment fani va amaliyotining ilg'or yutuqlaridan foydalanish;  mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg'or tajribalarini tatbiq etish; Kabi jarayonlarni yaxshilash maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi
mahsulot tannarxini tashkil qiladi,
ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi:
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
Muomala xarajatlari.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat qilinadigan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi мумкин.
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.
Ishlab chiqarish rivojlanib borishi uchun ishlab chiqarishni o’rtacha xarajatlari kamayishi lozim, unga quyidagi omillar ta‘sir qilib boradi:
Mehnatning ixtisoslashuvi
Boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi
Kapitaldan samarali foydalanishi
Qo’shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarishi.
Vaqt o’tishi bilan firmaning mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishiga olib kelishi mumkin. Firmalar faoliyati yiriklashib, kengayib borish, firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va muvofiqlashtirishga harakat qilish va uni boshqarishda qiyinchiliklarni kamaytirib chiqaradi. O’rtacha hajmdagi korxonada bitta yagona boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o’zi qabul qiladi, shu boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini tezlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq va samarali qaror chiqara oladi.
Firma miqyosini kengayishi bilan bunday holat o’zgaradi. Buning natijasida ma‘muriy xodimlar va ishlab chiqarish jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko’payib boradi, yuqori rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan barcha ma‘lumotlarni yig’ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon darajasidan tashqarida bo’ladi. Boshqaruv apparatining
chuqurlashuvi va kengayishi esa axborot almashishuvi, qarorlarni muvofiqlashtirishdagi muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli bo’g’inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli kuchayadi.
Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi
Korxona faoliyatiga baho berilganda, eng avvalo mehnat faoliyatining biron bir turiga ixtisoslashgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga sarf qilingan xarajatlar, hosil qilingan daromad va olingan foyda miqdoriga e‘tibor qaratiladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag’lar hamda ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yalpi qiymatning yaratilish chog’ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishda to’liq namoyon bo’ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha qiymati esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir

Yüklə 319,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin