Kassa va kassa muomalalari auditi


Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari



Yüklə 104,33 Kb.
səhifə2/6
tarix04.05.2023
ölçüsü104,33 Kb.
#107180
1   2   3   4   5   6
Kassa va kassa muomalalari auditi

1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari
Boshqaruvining 1998 - yil 24 - yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»
bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar,
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o`zlarining pul mablag`larini bank
muassasalarida saqlashlari shart.
«Yuridik shaxslar o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirish bilan bog`liq fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar bank
muassasalari orqali faqat naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Tashkilotlar tomonidan bank muassasalaridan olingan naqd pullar qanday
maqsadlar uchun olingan bo`lsa, faqat shunga sarflanadi.
Tashkilotlar o`z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig`i limitlari doirasida
naqd pullarga ega bo`lishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig`i limitlari
va tushumni ishlatish me'yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari
bilan kelishgan holda belgilaydi. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy
xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari bundan mustasno.
Zarur bo`lgan hollarda ko`rsatilgan limitlar qayta ko`rib chiqilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar savdo va maishiy xizmatlar sohasi
tashkilotlarining tushumdan ish haqi, pensiya va nafaqalar to`lashga
foydalanishlari man etiladi»2.
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U
o`zi qabul qilib olgan pul va boshqa boyliklarni but saqlashi uchun to`liq moddiy
javobgar shaxs hisoblanadi.
Pul mablag`larini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning asosiy maqsadi:
korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valutadagi (5020) naqd pul
mablag`larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valuta (5200) schyotlari va boshqa
maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo`ldagi pul (o`tkazmalari)
mablag`lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan
o`tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag`lari» bo`limi bo`yicha
ma'lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag`larini hisobga
olish uslubiyotining O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy
hujjatlarga muvofiqliligi to`g`risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va
ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirilishi
hamda qonuniyligini ta'minlashdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
- inventarizatsiya o`tkazish yo`li bilan kassadagi mavjud pul mablag`lari,qimmatli qog`ozlar miqdori va summalarining haqiqiy qoldig`ini aniqlash;
- kassa muomalalarini hisobga olishda «Yuridik shaxslar tomonidan kassamuomalalarini amalga oshirish qoidalari» ga rioya qilinayotganligini aniqlash;
- bank muassasasidagi hisob-kitob, valuta va boshqa maxsus schyotlar bo`yicha amalga oshirilgan muomalalarni tekshirib chiqish;
- o`tkazilgan tekshirish asosida oraliq dalolatnoma tuzish va xulosa qilish.
Fanga oid o`quv adabiyotida pul mablag`lari auditorlik tekshiruvini
o`tkazishning maqsadi quyidagicha ifodalangan:
«Tekshiruvning asosiy maqsadi - pul mablag`lari oqimini aks etuvchi
schyotlarda amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, ishonchliligi va
xojalikni samarali yuritish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir.
Tekshirish maqsadlari va foydalanadigan ma'lumot manbalari pul
mablag`lari turlaridan kelib chiqqan holda farqlanadi. Chunonchi, kassa
operatsiyalari auditi o`tkazilganda tekshiruv maqsadi quyidagilarga rioya
qilinganligini aniqlashdan iborat:
- naqd pul va boshqa boyliklar kassada but saqlanishi, ularni bankdan olib
kelishda saqlash sharoitlari;
- chek daftarchalari belgilangan tartibda saqlanishi, chekdan ko`chirmalar va
ular bo`yicha pul olish tartibi;
- kassaga pul kirim qilish va undan pul berish operatsiyalarini hujjatli
rasmiylashtirish qoidalari;
- kassada naqd pul limit chegarasida saqlanishi hamda xizmat safarlari,
xojalik xarajatlari va boshqa ehtiyojlar uchun hisobotli pul berilishi;
- banklardan, yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pul va tushumlar o`z
vaqtida va to`liq kirim kilinishi;
- kassa operatsiyalarini amalga oshirishda kassa intizomiga rioya qilinishi;
- kassa operatsiyalari hisobi va kassa daftarini yuritish, kassada
saqlanayotgan boshqa boyliklar bo`yicha tahliliy hisob daftarlari yuritilishi;
- jo`natilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) va boshqa moddiy boyliklar uchun
yuridik shaxslar bilan naqd pul orqali hisob-kitob qilish tartibi;
- banklardan chek orqali olingan naqd pul maqsadga muvofiq ishlatilishi;
- ish kuni yakunlangandan keyin limitdan ortiq bo`lgan naqd pul banklarga
to`liq qaytarilishi;
- ishonch qog`ozlari rasmiylashtirilmasdan turib begona shaxslarga naqd pul
berish holatlari mavjudligi.
Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma'lumot manbasi quyidagilar
hisoblanadi:
- naqd pullarni kirim qilish va berish bo`yicha dastlabki hujjatlarni
rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2);
- kassa daftari (KO-4 shakli), kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro`yxatga
olish daftari (KO-3, KO-Za);
- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar;
- 5010 - «Milliy valutadagi pul mablag`lari», 5110 - «Hisob-kitob schyoti»,
5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha), schyotlari, 006 - «Qat'iy hisobot blankalari» balansdan tashqari schyoti va boshqa hisob-kitob schyotlari bilan
korrespondentlangan schyotlar bo`yicha hisob registrlari, balanslar va boshqa
hisobot shakllari»
Yana bir guruh olimlarning fikrlariga ko`ra, ushbu muomala bo`yicha
auditning birinchi galdagi vazifasi quyidagicha, «Kassada amalga oshirilgan
xojalik operatsiyalari audit nazoratida birinchi bajariladigan vazifa kassadagi naqd
pullar holatini nazorat o`tkazilayotgan kun holatiga dalolatnoma bilan
rasmiylashtirishdir. Kassadagi pul mablag`larining audit uchun asosiy manba
bo`lib kirim-chiqim kassa orderlari, kassa kirim-chiqim orderlarini ro`yxatga olish
daftari, kassa daftari, kassir hisoboti sanaladi».
Kassadagi pul mablag`larini hisobga olish audit obyektini quyidagi 9.1-
jadval ma'lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin.

9.1-jadval



Yüklə 104,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin