Gomogen kataliz turlaridan eng tarqalgani kislota–asos katalizidir. Ko’pchilik reaksiyalar uchun H3O va OH- ionlar katalitik ta’sir ko’rsatadi.
Generogen kataliz.
Generogen kataliz.
Geterogen katalitik jarayonlarda katalizatorlar ko’pincha qattiq modda, reagentlar esa suyuq yoki gazsimon bo’ladi.
Geterogen kataliz mexanizmi ham, umumiy olganda, gomogen kataliz mexanizmidan farq qilmaydi. qattiq katalizator yuzasidagi atom yoki atomlar guruhi reagentlar bilan aktivlangan kompleks yoki beqaror oraliq birikmalar xosil qiladi. Buni hisobiga reaksiyalarning aktivlanish energiyasi kamayadi va u yoki bu yo’nalishda reaksiya tezlanadi.
Shuning bilan birga, generogenkataliz mexanizmi bir oz murakkabroqdir. Bu – jarayon fazalar chegarasida borishi va quyidagi bosqichlar movjudligidandir;
1.Dastlabki moddalarning katalizator yuzasiga hajmdan yetib kelishi (diffuziya).
2.Katalizator yuzasidagi reaksiyalar .
3.Mahsulotlarni katalizator yuzasidan desorbstiyasi va aktiv markazlarning bo’shashi.
Bu jarayonlarning qaysi biri sekin bersa, umumiy jarayon tezligi shu bosqichning tezligiga teng bo’ladi. Bu bosqichga chegaralovchi (limitlovchi) bosqich deyiladi. Qaysi bosqich chegaralovchi bo’lishi katalizatorning xossasiga (aktivligiga) va reakstiya sharoitiga bog’liq.
Katalizator aktivligi turli omillarning ta’siri;
Katalizator aktivligi turli omillarning ta’siri;
1.Haroratning ta’siri. Har bir katalizator tarkibi va tayorlanish sharoitiga qarab, ma’lum reaksiya uchun malum haroratlar chegarasida eng katta aktivlikka ega bo’ladi. Odatda, katalizator qancha aktiv bo’lsa, uning past temperaturadagi aktivligi shuncha katta bo’ladi va xaroratning katalizator normal ishlaydigan ish haroratidan oshishi uning aktivligini kamaytiradi va xatto, uni butunlay passiv qilib qo’yadi. Shuning uchun katalitik va ayniqsa haddan tashqari oshib ketish katalizator uchun haflidir.