Kationlarning analitik guruhlarga bo`linishi. Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari. Kationlar aralashmasi tekshirilayotgan eritmadan bir nechta kationlar uchun umumiy bo`lgan bitta yordamchi reaktiv bilan cho`kmaga tushirilishi mumkin. Bir nechta ionlarni cho`ktiradigan modda guruh reaktivi deb ataladi.
Barcha kationlar beshta analitik guruhga bo`lib o`rganiladi:
I – analitik guruhga: Na+, K+, NH4+ va Mg2+ ionlari kiradi. Bu guruh kationlari ammoniy karbonat (NH4)2CO3, ammoniy sul’fid (NH4)2S va vodorod sul’fid H2S bilan o`zaro ta`sir etganida cho`kma hosil qilmaydi.
II – analitik guruhga: Ca+2, Ba+2 va Sr+2 ionlari kiradi. Bu guruh kationlari ammoniy karbonat (NH4)2CO3 ta`sirida cho`kmaga tushadi.
III – analitik guruhga: Fe+3, Fe+2, Al+3, Cr+3, Zn+2, Mn+2 Co+2 va Ni+2 ionlari kiradi. Bu guruh kationlari (NH4)2S bilan o`zaro ta`sir etganida cho`kma hosil qiladi, lekin vodorod sul`fid H2S bilan kislotali muhitda o`zaro ta`sir etganida cho`kma hosil qilmaydi.
IV – analitik guruhga: Ag+, Hg+, Pb+2, Cu+2, Hg+ 2, Cd+2, Bi+3 ionlari kiradi. Bu
guruh kationlari kislotali muhitda xlorid kislota HCl va vodorod sul’fid H2S bilan o`zaro ta`sirlashganda cho`kma hosil qiladi.