Kazus №1 2006 yil oktabr oyida London sudi italiyalik zara kompaniyasini fransiyalik zargar Paskal Morabitoning yaratgan soxta soatlari


Davlat ro‘yhatidan o‘tkazilmaydigan tovar belgilari haqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 492,51 Kb.
səhifə6/65
tarix07.01.2024
ölçüsü492,51 Kb.
#210133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
V2 intellektual mulk Updated

Davlat ro‘yhatidan o‘tkazilmaydigan tovar belgilari haqida nimalarni bilasiz?

Tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlari” togrisidagi qonunning 10-moddasiga binoan Tovar belgisi sifatida royxatdan otkazilmaydigan jami 14 ta Tovar belgilari mavjud:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar;
13) ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan belgilar va har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
14) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;




  1. Yüklə 492,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin