Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar zaxirasining


Jadval 1 Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda gormonlar miqdoriy ko‘rsatkichlarining holati, M±m



Yüklə 47,84 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü47,84 Kb.
#162271
1   2   3   4

Jadval 1 Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda gormonlar miqdoriy ko‘rsatkichlarining holati, M±m


Gormonlar

I-gurux, n=50

II-gurux, n=50

Taqqoslash guruxi (n=30)

FSG MЕ/l

13,4±0,33*^^^

15,2±0,25***

9,8±0,21

LG MЕ/l

7,7±0,41^^^

8,6±0,32***

10,5±0,28

Е2 (pg/ml)

88,3±0,01***^

97,9±5,87**^

116,1±14,7

Progеstеron (ng/ml)

2,4±0,09***^^^

2,7±0,09***^^^

0,6±0,17

T (ng/ml )

0,80±0,07*^^^

0,90±0,07***^^^

1,8±0,10

Izox:*–1-гурух аёллари ko‘rsatkichlarga nisbatan ишончли farqli (* P<0,05, -*** P<0,001)
^ taqqoslash guruxi ko‘rsatkichlariga nisbatan ишончли farqli (^ P<0,05, ^^ P<0,01, ^^^
P<0,001)
Barcha ayollarda tuxumdonlar zaxirasi darajasini ko‘rsatuvchi ikki siklga bog‘liqmas biokimyoviy va exografik markerlaridan, antimyuller gormoni (AMG) va antral follikulalar soni(AFS)ni sanashni xayzning 1-3 kunlarida o‘tkazildi.
Tuxumdonlar zaxirasining biokimyoviy markeri – AMGning miqdori ikkala guruxda ham juda past miqdorda aniqlanib, guruxlarda mos ravishda 0,9±0,10 va 0,8±0,08 ng/ml. tashkil etdi.
50 (75,0%) nafar 36-39 yoshdagi I-guruh ayollarda tuxumdonlar zahirasining exografik ko‘rsatkichlarini baholashda tuxumdonlarning o‘rtacha hajmi 5,2±0,51 sm3, antral follikullar soni 6,0±0, 65, follikula maksimal diametri 5,5 mm dan 6 mm.ni (o‘rtacha 5,8 ± 0,12 mm) tashkil etdi. Ikkala guruhdagi barcha ayollarda ovulyatsiya belgilari aniqlanmadi.
40-44 yoshdagi II- gurux ayollarning 45%da antral follikullar soni 1,6 martaga kamaygan va o‘rtacha 5,0 ± 0,14 ni tashkil etdi va tuxumdonlar hajmining o‘zgarishi taqqoslash guruhidagi bemorlarga nisbatan 1,4 baravar kam 5,0±0,34 sm3 tashkil etdi. Follikulaning diametri 6,0±0,33 mm.ni tashkil etdi. Bemorlarning 83%da hayz davrining ikkinchi bosqichida ekografik ko‘ruvda dominant follikula topilmadi va ovulyatsiya belgilari aniqlanmadi. Taqqoslash guruxidagi bemorlarning 16%da o‘z vaqtida
ovulyatsiya kuzatildi (rasmga qarang).

Rasm. Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar zaxirasining ko‘rsatkichlari, M±m
Tadqiqotning asosiy guruxiga kiritilgan 100 nafar kech reproduktiv yoshdagi ayollar tuxumdonlar zaxirasini baholash ulardan 55 (55%) nafarida past tuxumdonlar zaxirasi ya’ni, xayz sikl davomiyligi - 24 kun, antimyuller gormoni miqdori <0,90 ng/ml, tuxumdonlar hajmi 5,2±0,51 sm3, antral follikulalar soni <6 har bir tuxumdonda aniqlandi. 45 (45%) nafar ayollardaa esa o‘ta past tuxumdonlar zaxirasi ya’ni, xayz sikl davomiyligi -23 kun, antimyullerov gormon miqdori <0,80 ng/ml, tuxumdonlar hajmi 5,0±0,14 sm3, antral follikulalar soni <5 har bir tuxumdonda aniqlandi.
Tuxumdon zaxirasining biokimyoviy markeri AMGning tarkibi ayollarning 55% da 2,7 baravar, 45% ayollarda esa 3,1 baravar past miqdorda aniqlandi. Tuxumdonlar zaxirasining exografik markeri, AFSning miqdori 55% ayollarda 2,2 baravarga, 45% ayollarda esa 2,4 baravarga pasayganligi
aniqlandi. 36 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda - 30% hollarda va 40 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan ayolarda 45% gacha tuxumdon zahirasining kamayganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari ushbu toifaga kiruvchi ayollarda vaziyatni o‘ta jiddiy deb baholashga asos bo‘la oladi, chunki kech reproduktiv yoshdagi ayollarning 55% da AMG darajasi hamda 35% da AFS juda past darajada ekanligi aniqlandi, bu ularda tuxumdonlar zahirasining sezilarli darajada qariyib 4 baravarga kamayib ketganligidan dalolat beradi. Ushbu holat, bu toifadagi ayollarda fertillikni tiklash uchun tuxumdonlar zaxirasini yaxshilashning tabaqalashtirilgan innovatsion usullarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Kech reproduktiv yoshdagi ayollarda fertillikni tiklash samaradorligi tuxumdonlar zahirasining holati bilan belgilanadi va tuxumdonlarni zaxirasini yangilashga qratilgan yangi innovatsion usullarni izlab topishni taqozo etadi.
Kech reproduktiv yoshdagi bemorlarda tuxumdonlar zahirasini baholash tuxumdonlar hajmining mos ravishda 5,2±0,51 sm3 va 5,0±0,14 sm3 ga kamayganligini ko‘rsatdi, AFS miqdori kamaygan guruhlarda
- 6,0±0,65 va 5,0 ±. 0,62, mos ravishda, guruhlarda, ayollarning 55% da, past AMG tarkibi bemorlarning 45% da 1,2 baravar past va juda past AMG 1,4 marta aniqlandi - 1,0 ± 0,04 ng / ml. 36 yoshgacha
bo‘lgan ayollarda tuxumdonning normal zahirasi 76%, 36 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ayollarda - atigi 30% hollarda va 40 yoshdan oshgan barcha ayolarda tuxumdon zahirasining kamayishi yoki o‘ta pastligi aniqlangan.


Xulosa


Tadqiqot natijalari vaziyatni o‘ta jiddiy deb baholashga imkon beradi, chunki kech reproduktiv yoshdagi ayollarda tuxumdonlar zaxirasining markerlaridan AMGning tarkibi 55% ayollarda 2,7 baravar, 45% ayollarda esa 3,1 baravarga, AFSning miqdori 55% ayollarda 2,2 baravarga, 45% ayollarda 2,4 baravarga pasayganligi aniqlandi. Ushbu holat, bu toifadagi ayollarda fertillikni tiklash uchun tuxumdonlar zaxirasini yaxshilashning tabaqalashtirilgan innovatsion usullarini ishlab chiqishni talab qiladi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:



  1. Гриценко И.А. Системный подход к восстановлению репродуктивного потенциала у женщин после хирургического снижения овариалного резерва // Лечение и профилактика. – 2013.– № 2(6).– С. 18–23.

  2. Зенкина В.Г., Каредина В.С., Солодкова О.А., Михайлов А.О. Оценка овариального резерва у женщин в позднем репродуктивном периоде // Успехи современного естествознания. 2010.

№ 4.

  1. Корсак В.С. «Руководство по вспомогательным репродуктивным технологиям для врачей и эмбриологов», 2015. – С. 97

  2. Михель фон Вольфф, Петра Шутце «Гинекологическая эндокринология и репродуктивная медицина», 2017. – С. 239

  3. Шукуров Ф.И., Джаббарова Ю.К. Оценка овариалного резерва у женщин с бесплодием, обусловленным структурными патологиями яичников, перенесщих эндохирургические оперatsiи // Вестник Ташкентской медицинской академии, 2016, №2. - С.106-108.

  4. Anti–Müllerian hormone and polycystic ovary syndrome. Łebkowska A, Kowalska I. Yendokrynol Pol.– 2017.–Vol.68(1). – R. 74–78.

  5. Shukurov F.I., Aypova F.M. The Role of Reproductive Surgery in Diagnostics and Treatment of Combined Pathologies in Women with Infertility Caused by Benign Structural Changes of Ovaries

//American Journal of Medicine and Medical Sciences, Volume 9, Number 6 May–2019, P-210- 212.

  1. Deb S. Quantifying еffect of combined oral contraceptive pill on functional ovarian reserve as measured by serum anti­Mullerian hormone and small antral follicle count using three­dimensional ultrasound // Ultrasound. Obstet. Gynecol. - 2012. - Vol. 39. - P. 574–580.

  2. Polycystic Ovary Syndrome (PCOS), Diagnostic Criteria, and AMH// Bani Mohammad M, Majdi Seghinsara A. Asian Pac // J Cancer Prev. – 2017, Jan 1. – Vol. 18(1). – R. 17–21.

  3. Tannus S., Tan J. Son W. Y., Dahan M. H. Prevalence, clinical characteristics, and reproductive outcomes of polycystic ovary syndrome in older women referred for tertiary fertility care // Arch. Gynecol. Obstet. - 2018. - Vol. 297 (4). - P. 1037–1042.

Qabul qilingan sana 09.09.2022



ISSN 2181-712X. EISSN 2181-2187


10 (48) 2022 «Òèááè±òäa яíãè êóí»



Yüklə 47,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin