Kechdi. Bu xonadonda soʻqir Obidadan tashqari hech kim kitob oʻqimaydi. Keltirilgan misollar tasvirning qashshoqligi va ifoda yoʻsinining shirasizligi haqida aniq tasavvur uygʻotadi
kechdi. Bu xonadonda soʻqir Obidadan tashqari hech kim kitob oʻqimaydi”. Keltirilgan misollar tasvirning qashshoqligi va ifoda yoʻsinining shirasizligi haqida aniq tasavvur uygʻotadi. Asarda son-sanoqsiz imlo va tinish belgi xatolariga yoʻl qoʻyilgan. Ham muallif va ham timsollar tilida qaratqich bilan tushum kelishiklari farqlanmaydi. Xudobexabar, dahriy Safar Nugʻmonov haqida asarda: “… gʻoyat isteʼdodli boʻlib, oʻn sakkiz yoshigacha diniy madrasada (taʼkidlar bizniki – Q. Y.) tahsil olgan, keyin Rossiyada rus tilini oʻzlashtirgan otashin kommunist edi. Nugʻmonov eshiklarni yaltiroq etigi bilan tepib ochib, hujradagi kitob solingan sandiqni agʻdarishga buyurdi”, tarzida biri-ikkinchisini inkor etadigan axborot beriladi. Timsolning isteʼdodi hech narsada namoyon boʻlmaganiday, madrasa koʻrgan odamning tutumi ham kishini ishontirmaydi.
Quyidagi tasvir esa gʻaribligi bilan oʻqirmanda eʼtiroz uygʻotadi: “Gʻaflat bosib, Shokirning daydi mushti cholning moʻysafid chehrasiga urildi. Chol koʻzi qorayib, supa yoniga yiqilib qoldi…
“Kechiring xoʻjayin, – dedi aybdor Shokir boshini egib. – Kechiring…”. Muallif tilidan berilayotgan bu tasvirda mushtga nisbatan “daydi”, chehraga tatbiqan “moʻysafid” aniqlovchilari qoʻllanishi, yiqilayotgan cholning koʻz oldi emas, “koʻzi qorayishi”, Shokirning oʻz otasini “xoʻjayin” deb aytishi kabi oʻrinlarda mantiqsizlik yaqqol koʻrinadi. Muallif nima uchundir otasi, bolasi, xotini, jiyani kabi qarindoshlikni anglatuvchi atamalar oldidan deyarli hamisha “oʻz” soʻzini keltiradi.
Umumlashtirib aytganda, zamonaviy oʻzbek romanchiligida romaniy tasvirning yangicha qatlamlari oʻzlashtirilib, milliy romanchilik yangi timsollar bilan boyib borayotgani kuzatiladi.