Ta’rifi: O‘rganilayotgan masala bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy so‘zni oling.
O‘quvchilardan ular bu so‘zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa so‘zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda qisqa mashq.
Bironta so‘zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada o‘quvchilar dastlabki so‘z bilan tasavvur qiladigan turli so‘zlardan iborat “bir lahzalik surat” hosil bo‘ladi.
Mavzu o‘rganib bo‘lingandan so‘ng har bir o‘quvchidan ular ushbu mavzu bo‘yicha nima deb o‘ylashi yoki his qilishini bir so‘z bilan ifodalashni iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo‘lgan so‘zni misol keltirishni so‘rang. Sinf aylanib, bunday so‘zlarni yig‘ib chiqing. Bir yoki ikki nafar o‘quvchilardan ushbu so‘zlarning ro‘yxatini tuzishni iltimos qiling.
Ushbu usul mavzuni o‘rganish jarayonining boshida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o‘quvchilar qanday yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
Afzalliklari
Bunday usul o‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy rivojini ko‘rishga, sizga esa – siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi.
Qiyinchiliklari
Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning cho‘zilishi mashq mohiyatini o‘zgartirishi mumkin.