125
– uzib-ulagich;
–elektr lampochkasi;
– ulovchi sim;
– tok manbai.
95-rasm.
Bu
chizmaga
elektr zanjiri deyiladi (96-rasm).
12 V
12 V
a)
b)
96-rasm.
96-
a rasmda tok manbai, elektr lampochkasi va uzib-ulagichdan
iborat elektr chizma keltirilgan. 96-
b rasmda ularning natural
ko‘rinishi keltirilgan. Eslatib o‘tamiz, barcha elektr ulanishlar uzib-
ulagichning ochiq holatida bajariladi.
Uzib-ulagich berk holatga
o‘tkazilganda zanjirdan tok o‘tib lampochka yonadi.
Shunday qilib zanjirda elektr toki mavjud bo‘lishi uchun ikkita shart
bajarilishi kerak:
Tok manbai bo‘lishi kerak;
Zanjir berk bo‘lishi kerak.
Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchini maxsus asbob
ampermetr
yordamida o‘lchanadi. Uning tashqi ko‘rinishi
va ulanish chizmasi
97-rasmda keltirilgan. Ampermetr zanjirga ketma-ket ulanadi.
Tok kuchining o‘lchov birligi sifatida bir
amper (1 A) qabul
qilingan.
A
a) b)
97-rasm.
126
Odatda, tok manbaiga bir nechta iste’molchilar ulanishi mumkin.
Bunda ular elektr zanjiriga parallel (98-
a rasm) yoki ketma-ket (98-
b
rasm) ulanishi mumkin.
a)
b)
98-rasm.
1. Elektr zanjiri qanday chiziladi?
2. 10 V necha mV ga teng?
3. Voltmetr qanday kattalikni o‘lchaydi?
1. Kalkulyator, cho‘ntak fonari, o‘yinchoq to‘pponcha, bosh-
qariluvchi mashina va shu kabilarning
batareyalarini olib
ko‘ring va necha volt kuchlanish berishini daftaringizga
yozing.
2. Batareya va ikkita lampochkani o‘tkazgichlar orqali
avval ketma-ket so‘ngra parallel ulang.
Har ikkala holda
lampochkalarning yonishiga e’tibor bering. Sababini tushun-
tirishga harakat qiling.