132
KIRISH SUHBATI
Oldingi mavzularda aytganimizdek, Quyosh Yerdagi energiyaning
asosiy manbai bo‘lishi bilan birga, undagi organik hayotning sababchisi
hamdir. O‘simliklar va daraxtlarning o‘sishi uchun albatta yorug‘lik
kerak. Yorug‘lik deganda nimani tushunamiz? Ko‘rish qanday ro‘y
beradi? Yorug‘lik nima sababdan qalin oynadan o‘ta oladi-yu,
lekin
yupqa karton qog‘ozdan o‘tmaydi? Qanday tezlik bilan tarqaladi? Bu
kabi savollarga insoniyat qadim zamonlardan javob topishga harakat
qilgan. Lekin yorug‘lik o‘z sirlarini, boshqa hodisalarga
nisbatan
uzoqroq saqlab keldi. Bizning ko‘rish orqali atrof olam haqida olgan
bilimlarimiz boshqa sezgilarimiz tufayli olgan bilimlardan ancha ko‘p.
Qadimgi greklar inson ko‘zidan qandaydir nurlar chiqadi va
ular narsa, buyumlarga tushib uni ko‘radi, deb o‘ylaganlar. U
holda ko‘zning ko‘rishi kechasi va kunduzi bir xil bo‘lishi
kerak
emasmi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Keyinchalik ingliz olimi I. Nyuton
yorug‘likni juda mayda zarralar oqimi deb qarashni taklif qildi. Bu
oqimni
yorug‘lik nuri deb ataladi. Yorug‘lik nuri biror manbadan,
masalan, Quyoshdan chiqib narsa va buyumlarga tushadi.
Ulardan
qaytib ko‘zimizga tushsa, ularni ko‘ramiz deb tushuntiradi. Bunday
tushuntirish yorug‘lik bilan bog‘liq ko‘pgina hodisalarni tushuntirsa-
da, ayrimlarini tushuntira olmaydi. Masalan: Qu
yoshdan
tananing
qorayishi, gazmollarning yorug‘lik ta’sirida rangi o‘chib ketishi,
o‘simliklar bargining yashil bo‘lishi va h.k. Shunday hodisalarni
o‘rganish jarayonida olimlar yorug‘lik tabiati haqidagi boshqa
nazariyalarni yaratdilar. Ular bilan Siz navbatdagi sinflarda tanishasiz.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: