Kegl cc pechat indd


Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli


səhifə55/197
tarix28.03.2022
ölçüsü
#54287
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197
fizika 6 uzb @darsliklar bot

Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli 
o‘zga rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (22-rasm). 
Jismlarni Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi. 
Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli 
ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina 
va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq 
to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham 
birinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol 
usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga 
sapchiganini ko‘rasiz. Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta. 
Demak, ikki jism orasida o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida 
harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. 
Bunday hara 
katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining 
mavjudligidir.
Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga 
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. 
Taqasimon va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi 
miy magnitlar temir buyumlarni 
o‘ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan 
zarralar orasi 
da ham, zarra 
larning ichida ularni tash 
kil qilgan, undan 


53
ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch 
lar 
haqida yuqori sinflarda ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin