109
suyuqliklarni dastlab quyilgan paytidagi temperaturasida uzoq muddat
saqlaydigan
idish
–
termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki
qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar
oralig‘i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush
bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt
saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo‘yicha issiqlik tarqalib
ketmasligining sababini tushuntirib ko‘ring.
Demak,
zaruriyatga qarab, issiqlikni yaxshi o‘tkazish lozim bo‘lsa,
konvek siyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan
materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy
qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va chovgum
larni issiqlikni yaxshi
o‘tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin
qaynagan choyni uzoqroq
issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma’qul
bo‘ladi. Choyni stakanda ichsak, og‘iz kuyib qoladi. Lekin chinni
piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan?
77-rasm.
78-rasm.
79-rasm.
Nurlanish energiyasidan foydalanishda
ham materiallarga va uning
rangiga e’tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq
rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to‘q rangdagilari kiyiladi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: