123
elementlar kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Galvani elementlardan
ma’lum muddat ishlatilganidan so‘ng
tashlab yuboriladiganlarini
batareyalar (91-rasm), qayta zaryadlab ishlatiladiganlarini
akkumulya-
tor lar (92-rasm) deyiladi.
90-rasm. 91-rasm.
92-rasm.
Tok manbalari
elektr kuchlanishi deb
ataluvchi parametr
bilan farqlanadi.
Elektr kuchlanishi maxsus asbob
voltmetr yordamida
o‘lchanadi. Uning tashqi ko‘rinishi va ulanishi 93-rasmda keltirilgan.
Voltmetr iste’molchiga parallel ulanadi. Elektr
kuchlanishining birligi
sifatida bir
volt qabul qilingan (1 V).
a)
b)
93-rasm.
94-rasm.
Katta quvvatga ega bo‘lgan elektr tokini ishlab chiqaradigan
qurilmaga
elektr tokining generatori deyiladi (94-rasm).
1. Elektr toki hosil bo‘lishi shartlarini aytib bering.
2.
Volta ustunida zaryadlarning ajralishi qanday hodisa tufayli
ro‘y beradi?
3. Kundalik turmushda ishlatiladigan batareya va akkumu
lyator-
larga misollar keltiring.
124
Amaliy topshiriq
Oqish va qizg‘ish rangdagi bir nechta tanga,
tuzli suv
shimdirilgan qog‘oz yordamida volta ustuniga o‘xshash batareya
yasang.
1. Bitta galvani element hosil qilgan kuchlanish odatda 1–2 V
atrofida bo‘ladi, momaqaldiroq
paytida bulutlar orasidagi
kuchlanish esa 100 million voltga boradi.
2. Katta quvvatli generatorlar kuchlanishi 15–20 kV ga teng
bo‘lgan elektr
energiyasini ishlab chiqib, foydali ish koeffitsiyenti
97–98% ga boradi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: