9
Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Birinchi mav
zuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan sohasi keng
qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan
yangi qonuniyatlari jamiyat
rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsa tadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda
ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fan
lar akademiyasiga
tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari
laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining
Ulug‘ bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A.
Azimov
nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi
Fizika-texnika instituti
va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov
nomidagi Seysmologiya
instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida
mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush
hodisalariga doir ilmiy
izlanishlar olib borilmoqda.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: