86
Jismni muvozanat holatidan chetga chiqarilganda uning holatini
o‘zgartiradi gan hech qanday kuch hosil bo‘lmasa, farqsiz muvozanat
deyiladi (52-
d rasm).
Shunday tajriba o‘tkazaylik.
Fizika darsligini olib, uning tagiga
chizg‘ichni qo‘yaylik. Chizg‘ichni bir uchidan sekin ko‘tara
boshlaylik (53-
a, b rasm). Shunda chizg‘ich stol bilan ma’lum
bir burchak hosil qilganda kitob ag‘darilib tushadi. Demak,
jismning
muvozanatda bo‘lishi tayanch holatiga ham bog‘liq ekan.
a)
b)
d)
53-rasm.
Tayanch yuzasiga ega bo‘lgan jismning og‘irlik markazidan o‘t
kazilgan
vertikal chiziq tayanch yuzasidan chiqib ketsa, jism ag‘da riladi (53-
d
rasm).
Demak, tayanch yuzasi qancha katta bo‘l
sa, muvozanati shunchalik
barqaror bo‘ladi.
1. Massa markazi deganda nima tushuniladi?
2. Jismlarning massa markazi amalda qanday aniqlanadi?
3. Ikkita bir xil to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan jismdan birining
massa markazi tayanchdan hisoblanganda balandroq bo‘ldi. Bu
jismlardan qaysi birining muvozanati turg‘unroq bo‘ladi?
4. Devorga o‘ng tomoningiz bilan suyanmasdan qapishib turing.
Endi chap oyog‘ingizni ko‘taring. Bu holatda qola olasizmi?
Nega?
5. Nima sababdan ko‘pchilik yurganda qo‘lini silkitadi?