Chizg‘ich oling va o‘rtasiga kichkina tayanchni qo‘yib,
muvo zanatga keltiring. O‘ng tomonidan 5 sm uzoqlikka bitta tangani
qo‘ying. Chap tomoniga shunday tangadan ikkitasini shunday nuqtasini
topib qo‘yingki, natijada chizg‘ich muvozanatda qolsin.
2. Uyingizda turmushda ishlatiladigan omburlar, qaychilar, kir
qistirgich tuzilishini ko‘rib chiqing. Ulardagi aylanish o‘qi, yelkalarini
toping. Bu asboblarning kuchdan qancha yutuq berishini hisoblang.
93
1. Siz yana qanday oddiy mexanizmlarni bilasiz? 2. Lebyodkani qanday maqsadlarda ishlatsa bo‘ladi? 3. Uyingizda, maktabingizda qanday oddiy mexanizmlardan foyda- la nishadi? 4. Mexanizmlardan foydalanib kuchni oshirishning chegarasi bormi? 5. Ko‘char va ko‘chmas bloklarni richaglar deb qarash mumkinmi?