Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamla ridan juda katta bo‘lgan hollarda jismnimoddiy nuqta deb qaraladi. Masalan,
Toshkent dan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb
qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdni moddiy nuqta
deb qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyi
lishiga sabab o‘lchamlari hisobga
olinmasa-da, uning massasi, tezligi va boshqa fizik kattaliklari
mavjud ligicha qoladi.
1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi? 2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz? 3. Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda bo‘ladi? 4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan hollar uchun misollar keltiring.