11
teza aytilganda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini eksperiment o‘tkazib
aniqlay miz.
Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan
ketma-ketlikda baja-
rilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan:
kuzatishlar
→ gipoteza → eksperiment → xulosa.
Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishla-
rini bajarish uchun
o‘lchov asboblaridan foydalaniladi (2- rasm). Ular-
dan ayrimlari juda sodda tuzilgan. 2-rasmda
keltirilgan asboblardan
biri shtangensirkul bo‘lib, jismlarning qalinligini yoki tirqishlarning
kengligini o‘lchashda foydalaniladi.
O‘lchov
tasmasi
Shtangensirkul
Tarozi
Chizg‘ich
Menzurka
Sekundomer
2- rasm.
Juda aniq va murakkab o‘lchashlarda murakkab asboblar ishlatiladi.
Masalan, vaqtni, tezlikni, havo bosimini o‘lchaydigan asboblar.
1. Gipoteza deganda nima tushuniladi?
2. Kuzatish eksperimentdan nimasi bilan farq qiladi?
3. O‘lchov asboblari qanday maqsadlarda ishlatiladi?
4. Siz yana qanday o‘lchov asboblarini bilasiz?