Ilmiy yangilikning mohiyati: tajribada ilk bor meʼda shilliq qavati shikastlanishlarida lesboxol taʼsirida meʼda shilliq qavatining eroziv nekrotik o‘choqlarda epiteliy hujayralarining keskin proliferativ faolligini oshishi, o‘choqlar yuzasida shilliq modda sintezining ko‘payishi, auto proteolitik fermentlarning shilliq qavati epiteliylariga shikastlovchi taʼsirini keskin kamaytirishi bilan isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada indometasin taʼsirida meʼda shilliq qavati qoplovchi epiteliylar sitoplazmasining xiralashishi va gidropik distrofiyaga uchraganligi, prizmatik epiteliylarning fokal ko‘chishi (deskvamatsiyasi) natijasida so‘rg‘ichlar yuzasining ochilib qolishi eroziv o‘zgarishlarning va qon tomir devorlari kengayganligi, fundal bezlar, silindrik qoplovchi epiteliy, bosh hujayralar, pariyetal hujayralar, mukotsitlarning shikastlanishi oqibatida o‘tkir eroziv nekrotik yaralar hosil bo‘lganligi kuzatildi. Lesboxol dori vositasi bilan davolanilganda, samaraliroq natijalar olindi. Lesboxol me’da shilliq qavati fundal sohasi va meʼda tanasi shilliq qavatlari yuzasida makroskopik jihatdan shilliq qavati relfining bir xilligi, nuqtali qon quyilish va eroziv o‘choqlarning juda kamligi bilan namoyon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar mikroskopik jihatdan, shilliq qavati so‘rg‘ichlarida qon tomirlarining kam sonli to‘laqonligi, shilliq qavati yuzalarida eroziv jarayonlarning juda kam uchraganligi bilan namoyon bo‘lishi aniqlandi.
Ilmiy yangilikningamaliyotga joriy qilinishi: Sogʻliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan 22.08.2022-yil №8n-r/884-son bilan tasdiqlangan.Tajribada ilmiy tadqiqot natijalari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi amaliy faoliyati bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 270-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutining Farmakologiya va toksikologiya bo‘limi bo‘yicha 01.06.2023 yildagi 04/02-27-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.