“Kelishilgan” Nam MTI ilmiy ishlar
va innovatsiyalar bo’yicha prorektor
prof. O. Ergashev _____________
“_____”_______________2022 y
“Tasdiqlayman” UZMMI nnamangan fillialai rahbari :
X.Nishonov _______________
“____”________________2022y
Dalolatnoma Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Muhandislik-texnologiya” fakulteti “Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” kafedrasi 7M-20 guruh magistranti Alinazarov Ozod Alisherovichning “Ishlab chiqarish labaratoriyasining belgilangan iqlim sharoitlarini nazorat qilish asosida, uning mo’tadilligini ta’minlash.” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining asosiy maqsadi:
- laboratoriya binolarining mikroiqlim sharoitlari bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlarning tahlil qilish
- Ishlab chiqarish laboratoriya binolarining issiqlik yo’qotilishlarini va izolyatsiya qilishda energiya sarfini nazariy xisoblash
-Quyosh suv isitish kollektorlari va issiqlik nasoslarini birgalikdagi kombinatsiyalashgan tizimini qo’llashning iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat.
XX asr oxiri va XXI asr boshida binolar va inshootlarni mo’tadilligini ta’minlash orqali mehnat unumdorligi va maxsulot sifatini oshirish, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ishlab chiqarish hamda sanoat ilmiy-texnika siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bu ilmiy ishning ilmiy yangiligi:
- labaratoriya binolarning barcha to’siq konstruktsiyalari uchun mos izolyatsiyatsiya materiallarini tanlash va izolyatsiyatsiya qatlamlarining ketma-ketligini aniqlash;
- izolyatsiya qatlamining qalinligini belgilashda “shudring nuqtasi”ni e’tiborga olgan xolda tanlash;
- ishlab chiqarish laboratoriya binolarida mikroiqlim sharoitlarini yaratishda quyosh energiyasidan hamda kombinatsiyalashgan isitish tizimlaridan foydalanish bo’yicha nazariy tadqiqot natijalari asosida baxolash ;
- laboratoriya binolarida kombinatsiyalashgan isitish tizimlarini o’rnatish va ulardan foydalanishni takomillashtirish bo’yicha loyihalash tashkilotlari uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
Zamonaviy jihozlar tahlili asosida ishlab chiqarish labaratoriyasining belgilangan iqlim sharoitlarini nazorat qilish asosida, uning mo’tadilligini ta’minlash, UZMMI Namangan fillialaida ilmiy amalyot davrida reja asosida bajarildi.
Korxona rahbari: X.Nishonov
Ilmiy maslahatchi: M.Mirxojayev
7M-20 guruh talabasi: O.Alinazarov