«TASDIQLAYMAN»
TATU Samarqand
filiali direktori
Z.A.Karshiyev
___________________
«___» ___________ 2022 y.
|
|
«Kelishilgan»
O’quv ishlar bo’yicha
direktor o’rinbosari
D.K.Yakubjanova
_______________________
«___» ______________ 2022 y.
| TATU Samarqand filiali «Linux server boshqaruvi» oʼquv laboratoriyasining NIZOMI
UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu nizom Oʼzbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar, taʼlim toʼgʼrisidagi qonundan kelib chiqqan holda, Linux server boshqaruvi fanini oʼqitish samaradorligini oshirish maqsad va vazifalarini belgilaydi.
1.2. “Linux server boshqaruvi” oʼquv laboratoriyasi TATU Samarqand filialining oʼquv boʼlinmasi hisoblanadi. Laboratoriyaning maqsadi TATU Samarqand filialada boʼlajak mutaxassislarning tarmoq texnologiyalari, serverlarni boshqarishda operatsion tizimlarning imkoniyatlari va turli server ilovlarini boshqarish ko’nikmalariga qaratiladi.
1.3. “Linux server boshqaruvi” oʼquv laboratoriyasi (bundan keyin “Laboratoriya” deb ataluvchi) oʼz faoliyatini amaldagi qonunlar, TATU Samarqand filialining nizomi va ushbu nizomga muvofiq ravishda hamda oliy oʼquv yurtlarida oʼquv laboratoriyalari ishini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiradi.
1.4. Laboratoriyada tasdiqlangan mavzuviy reja asosida oʼquv mashgulotlari olib boriladi.
LABORATORIYaNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1.Laboratoriyaning maqsadi – o‘quv jarayonini oliy ta’lim tizimining zamonaviy talablariga javob beradigan tarzda tashkil etish va talabalarning fanni chuqur o‘rganishlari xamda uzlashtirishlari uchun sharoit yaratishdan iborat.
2.2. Laboratoriyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) Linux server boshqaruvi fani dan utiladigan laboratoriya mashgulotlarini tasdiklangan ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida tashkil kilish;
b) laboratoriyadagi tajriba kurilmalarini tulik yangilash, laboratoriya ishlarini bajarish uslublarini kayta kurib chikish, laboratoriya ishlarini bajarish buyicha yangi uslubiy kullanmalar ishlab chikish;
v) serverlarni boshqarishda amalga oshiriladigan tajribalarning rolini nazariy bilimlarning isboti va amaliy aprobatsiyasi sifatida karagan xolda faollashtirish va kuchaytirish;
d) talabalarda texnika oliy o‘quv yurtlari talabasiga xos bulgan bazaviy va maxsus kasbiy kompetentlik darajasidagi tajriba va laboratoriya tekshiruvlari buyicha bilim,kunikma va malakalar tizimini shakllantirish;
2.3. Laboratoriya strategiyasi:
Kursatib o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- «Linux server boshqaruvi» o‘quv laboratoriyasini texnik jixozlash uchun qurilmalar olib kelish;
- Operatsion tizimlarga oid fanlardan laboratoriya ishlarini tashkil qilish va o‘tkazishning rejasini ishlab chiqish;
- laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish,
- Linux server boshqaruvi va shunga bog‘liq fanlardan mustaqil ishlarni o‘tkazish;
- linux server boshqaruvi fanidan prezentatsiyalar va ilmiy seminarlar tashkil qilish;
2.4. Talabalarda quyidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish:
- turli tarmoq qurilmalaridan foydalana olish;
- tarmoq qurilmalarini sozlash;
- boshqariladigan tarmoq qurilmalarni sozlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- tarmoq operatsion tizimlarini o‘rnatish va boshlang‘ich sozlanmalarni amalga oshira olish;
- Linux serverida buyruqlar qatorida ishlay olish;
- serverda ruxsatlarni sozlay olish;
- tizimni boshqarish;
- ma’lumotlarni saqlashni tashkil etish;
- tarmoqda ishlash;
- xavfsizlikni ta’minlash
LABORATORIYaNING BOShQARUVI
3.1.Laboratoriya TATU Samarqand filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri tomonidan boshqariladi.
3.2. Kafedra mudiri quyidagi vakolatlarga ega:
-laboratoriyada o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tilish sifatini nazorat qilish;
- laboratoriyadagi texnik vositalarning saqlanishi va ulardan samarali foydalanishni laboratoriya mudiriga yuklash;
4. NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR
KIRITISh TARTIBI
4.1.Laboratoriyaning asosiy me’yoriy hujjati uning Nizomi hisoblanadi. Nizom TATU Samarqand filiali direktori tomonidan tasdiqlanadi.
4.2.Filial direktori laboratoriya maqsadi bilan bog‘liq holda Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
4.3.Laboratoriya Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda, agar u belgilangan tartibda rasmiylashtirilmasa, nizom haqiqiy (qonuniy) hisoblanmaydi.
Nizom loyihasini kirituvchi
«Axborot texnologiyalari»
kafedrasi mudiri I.Sh.Xujayarov
|
|
KELIShILGAN:
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
____________A.Kurbaniyazov
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
_____________X.Z.Shakarova
|
Dostları ilə paylaş: |