Kelishilgan


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars. Dars metodlari



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə232/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Klaster” metodlari, “Qofiyadosh so‘zni top”, “Berkingan so‘z” o‘yinlari.
Dars jihozi: Darslik, obod mahalla tasvirlangan rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash.
O‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
Fasl haqida suhbat o‘tkazish.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar Muhabbat Hamidovaning “Ona-Vatan” matnini o‘qib, so‘zlab beradilar. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar “Krossvord” yoki test topshiriqlarini yechadilar.
Krossvord”

  1. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil nomi.

  2. Eng aziz inson.

  3. Poytaxtimizning qadimiy nomi.

  4. Bilim dargohi.

  5. Yerosti temiryo‘li.

  6. Mikroavtobuslar ishlab chiqariladigan SamAvto zavodi joylashgan shahar nomi.

  7. Poytaxtimizning asosiy maydoni nomi.













1









































2





































3





































4





































5


















6








































7














Test topshiriqlari:

  1. O‘zbekistonning poytaxti qayer?

  1. Buxoro ; B) Xiva ; D) Toshkent; E) Samarqand;

  1. Toshkent ko‘chalaridan nimalar qatnaydi?

  1. mikroavtobus, samolyot ; B) avtobus, taksi ;

D) Poyezd, paroxod; E) kema, vertolyot;
3.Yerosti temiryo‘li nima deb ataladi?

  1. metro; B) avtobus ; D) taksi ; E) mikroavtobus

4. Asaka shahrida nima ishga tushgan?

  1. qog‘oz zavodi ; B) temir zavodi ;

D) paxta zavodi ; E) avtomobil zavodi;

  1. Samarqanddagi SamAvto zavodida nimalar ishlab chiqarilmoqda?

  1. mikroavtobuslar ; B) avtomobillar ; D) vagonlar ; E) mebellar;

III. Yangi mavzuni tushuntirish.
Berkingan so‘z” o‘yini
Berilgan so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidan so‘zlar hosil qilinib, yangi mavzuning nomi hamda she’rning muallifi aniqlanadi.
So‘zlar: Olim, bodring, matonat, halqa, lagan, bo‘yra, labbay. (Obod mahalla bo‘ylab)
Kavla, sarpo. (Kavsar)
Turmush, divan, yelim, vazifa. (Turdiyeva)
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Obod mahalla bo‘ylab”. (Kavsar Turdiyeva)
Shoira haqida ma’lumot beriladi.
She’r mazmuniga mos videolavhalar namoyish etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi.
She’rni ifodali o‘qib beradi She’r mazmunini tushuntiradi. She’r matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
ko‘y – ko‘cha, yo‘l; qishloq, mahalla
guzar – qishloq yoki mahallalarning chorrahalarida joylashgan, choyxonalari, qassoblik, baqqollik kabi do‘konlari bo‘lgan obod, gavjum joy
rasta – bozorlarda bir turdagi mol bilan savdo qiladigan do‘konlar qatori, va ular o‘rtasidagi bozor, ko‘cha, yo‘lak
soqqa – bolalar o‘yinlarida: tikilgan danakni urish uchun belgilangan oshiq, yong‘oq va shu kabilar
ajib – hayron qolarli, hayratga solib, qiziqish uyg‘otadigan
Suhbat uchun savollar:

  1. Mahalla bolalari nimalar bilan shug‘ullanadilar?

  2. Mahallani Vatan desa bo‘ladimi?

She’r mazmuniga mos videolavha namoyish etiladi. O‘qituvchi uni izohlaydi. O‘quvchilar lavha yuzasidan o‘z fikrlarini bildiradilar.
O‘qituvchi MFY (Mahalla fuqarolar yig‘ini), a’zolari va vazifalari haqida ma’lumot beradi, suratlar namoyish etiladi.
Harakatli dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilar birgalikda bajaradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Obod mahalla bo‘ylab” she’rini o‘quvchilar navbat bilan o‘qiydilar.
Qofiyadosh so‘zni top” o‘yini
Bu o‘yinda o‘quvchilar she’r matnida berilgan so‘zlarga qofiyadosh so‘zlarni aniqlaydilar.

ko‘y

uy

to‘lmoqda

bo‘lmoqda

guzar

go‘zal

rasta

guldasta

ish

o‘zgarish

o‘chog‘i

dargohi

yoqqa

soqqa

ko‘rkam

o‘lkam

Klaster” metodi


Har bir qator o‘quvchilariga savol beriladi. O‘quvchilar bu savollarga “Klaster” usulida javob berishadi.
1-qator uchun topshiriq:
O‘zingiz biladigan mahallalar nomini yozing.
2-qator uchun topshiriq:
Mahalla obodligi va tinchligi uchun qo‘shgan hissangizni yozing.
3-qator uchun topshiriq:
Mahallada o‘ynaydigan o‘yinlaringiz nomini yozing.
O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash .
O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat etiladi:
1. Mahallangizning nomi nima?
2. Sizning mahallangiz obodmi?
3. Mahallangiz bolalari inoqmi?
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
“Obod mahalla bo‘ylab” she’rini ifodali o‘qish, o‘zlari yashayotgan mahalla haqida kichik hikoya tuzib kelish.
3-guruh uchun savollar:
1.To‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi shartlarni sanang.
2.Tez o‘qish nima? unga erishishning metodik usullarini ayting.
3.O‘quvchilarning o‘sish sur’atiga qo‘yiladigan dastur talablarini ayting.
4.Ongli o‘qish xaqida gapirib bering.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini kuzatish yuzasidan ko‘rsatmalar.
1. Dars turi (Yangi mavzu o‘rganiladigan, takrorlash, umumlashtirish darslari)
2. O‘rganiladigan mavzuning aniq belgilanganligi
3. Darsningta’limny vatarbiyaviy maksadning aniq belgilanganligi.
4. Darsning tashkil etilishi
5. Uy vazifasini so‘rash va unda qo‘llaniladigan ish turlari
6. Yangi mavzu bilan tanishtirish metodi, uning samaradorligi
7. Yangi mavzu mustahkamlash va unda o‘quvchilarning yaxshi o‘qish
malakalarini takomillashtirish yuzasidan kilingan ishlar:
A) tez o‘qish malakasi yuzasidan;
B) tug‘ri o‘qish malakasi yuzasidan;
D) ongli o‘qish malakasi yuzasidan;
E) ifodali o‘qish malakasi yuzasidan;
8. Darsni xulosalash va o‘quvchilarning baholanishi.
9. Mavzuni o‘rganishda qo‘llanilgan ko‘rgazmalar, texnik vositalar, mustaqil ish va ta’limiy uyinlarning maksadga muvofikligi va samaradorligi
10. Darsda qo‘llanilgan metod va ish turlarining dars oldiga qo‘yilgan
maksadga muvofiqligi
11.O‘quv materialarining taksimlanishi va o‘quvchilar yoshi, saviyasiga
muvofiqligi
12. Dars yuzasidan shaxsiy xulosalar

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin