Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə233/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Sinf: 3
Mavzu: “Tuhfa”. (Oygul Suyundiqova)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Tuhfa” she’ri bilan tanishtirish. O‘zbekiston sportchilar haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarning ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni yurtimiz sportchilari bilan faxrlanishga, ularning qilgan ishlaridan o‘rnak olishga o‘rgatish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, muammoli izlanish, “Kim hozirjavob?, “ Basketbol” o‘yini
Dars jihozi: darslik, ko‘rgazma va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa – Tursunboy Adashboyevning “Ona tilim ” she’rini yoddan so‘rab baholash.
Kim hozirjavob?” o‘yini
O‘quvchilar savollarga javob beradilar.

  1. . Bizga ona tili kimdan meros bo‘lib qolgan?

2. Ikkinchi to‘rtlikda Bobur Mirzo haqida nima deyilgan?
3. She’rda yana qaysi ulug‘ ajdodlarimiz haqida aytilgan ?
4. Nima uchun shoir she’rda “Ona tilim –jon-u dilim” deb aytgan?
5. She’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aytib bering.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
– O‘quvchilar bugun biz sizlar bilan Oygul Suyundiqovaning “Tuhfa” she’ri bilan tanishamiz. (Matn muallifi haqida ma’lumot beriladi.)
She’r mazmuniga mos O‘zbekiston sportchilari haqidagi videolavhalar namoyish etilib, kadr ortidan she’r o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket she’rni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. She’r matni ustida ishlanadi, notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin