Kelishilgan



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə236/261
tarix18.09.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#144931
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261
1-kurs o\'zbek mutaxassislikka kirish majmua 2022-2023

Sinf: 2
Mavzu: Toshkent – O‘zbekiston poytaxti.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O‘quvchilarga Toshkent – O‘zbekiston poytaxti haqida ma’lumot berish. O‘quvchilarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarda Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, lug‘at ustida ishlash, qayta hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish .
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: Suhbat, tushuntirish, “Klaster” metodlari, “Alifbo bilog‘oni”, “Davomini top” o‘yini.
Dars jihozi: darslik, videoroliklar, ko‘rgazmalar, konvert va gulchalar rasmi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O‘quvchilarni darsga hozirlash. Fasl haqida suhbat.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni takrorlash.
Uyga vazifa “Vatan” matni so‘raladi.
Dars boshida guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqatiladi. Agar guruhingiz 3 ta bo‘lsa, konvertlar 3 xil rangda va ichidagi gullar ham shu rangda bo‘ladi. Konvert ichida rangli qog‘ozdan qirqilgan turli shakldagi gullar solingan. Gullar soni 10-20 ta bo‘lishi lozim. Doskaning 3 ta qismi guruh maydoni deb e’lon qilinadi va har bir guruh o‘z hududini gulzorga aylantiradi.
Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘z guruhidagi konvert ichidagi gulni doskadagi o‘z maydoniga magnit yoki skotch yordamida ilib qo‘yishi mumkin.
Savollar:

  1. Alisher Navoiy “Vatan” tushunchasini qanday ma’nolarda ishlatgan?

  2. Yurtimizdan kimlar yetishib chiqqan?

  3. Qanday inson Vatanpatvar deb ataladi?

Har bir guruh a’zolari o‘z fikrlarini bildiradilar.
Savol-javobdan so‘ng, matn mazmuni so‘raladi. Har bir fikr bildirgan o‘quvchi gulni olib, hududini obodonlashtirishga hissasini qo‘shadi.

Alifbo bilag‘oni” o‘yini.
Guruhlarga jadval tarqatiladi. Guruh a’zolari jadvalda berilgan raqamlarga mos Alifbo tartibi bo‘yicha harflarni joylashtirib, shahar nomini topadilar.



19

14

27

10

4

13

19

























19

14

27

10

4

13

19

T

O

SH

K

E

N

T




Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin